Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Savdo assortimenti haqida tushuncha


Download 0.49 Mb.
bet6/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

2. Savdo assortimenti haqida tushuncha.
Tovarlarning anvoyi navlari — assortimentlari bir yoki bir necha
belgilari bilan namoyon bo`ladigan, ishlab chiqarishi yoki iste’moli
bir yo'nalishda bo`lganligi bilan farq qiladi.
Tovarlar assortimentining ikki ko`rinishi bor: sanoat va savdo.
Sanoat tovarlari assortimenti alohida sanoat sohasida ishlab chiqari-
ladi, masalan, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi yetishtiradigan tovarlar.
Savdo assortimeti savdo tarmoqlarida sotish uchun mo'ljallangan
tovarlar. Bular savdo assortimentiga qaraganda kengroq bo'ladi.
Tovarlar guruhlari, ko'rinislilari, navi, modeli, fasoni, o'lchovi va
boshqa belgilar bilan farqlahadi.
Tovar assortimenti asosida tovarlar guruhi yotadi, bular turli ishlab
chiqaruvchilar tomopidan yaratiladigan oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat
tovarlaridir. Tovarlar guruhi turdosh, talablarga javob beradigan, iste’mol
xususiyati va belgilari bir-biriga yaqin bo'lgan tovarlardir;
Masalan, ustki kiyimlar, poyabzallar, sut mahsulotlari va boshqalar
Tovarlarning ayrim guruhlar birligi deb atalishi va nima maqsadda
isle’mol qilinishiga qarab tovar ko'rinishi belgilanadi. Masalan, kos-
tyum, ko'ylak, etik, televizor, tvorog va hokazo. Tovaring har bir
ko'rinishida uning ayrim xusiisiyatlarini belgilovchi turli tomonlar
bo`ladi.Tovarlarning turlicha ko!rinishi ularning aniq markalari, model-
lari , navlari orqali nomoyon bo'ladi. Bu yuqoridagi belgilar assortimenti haqida to`liq tushuncha beradi. Tovarlar belgilar miqdoriga qarab tasnif (klassifikatsiya) qilinadi. Assortiment oddiy va murakkab bo'ladi.
Oddiy assortiment — uchdan ortiq bo'lgan belgilari bilan farq- lanadigan mollar. Bularga ko‘proq oziq-ovqat mollari kiradi. Murakkab assortimentga uchta belgidan ortiq tomonlari e’tiborga olinib baholanadigan tovarlar kiradi, misol uchun, tovarning nomi, sorti, rangi, o‘lchami, vaqti.
Deyarli hamma nooziq-ovqat mollari va ayrim oziq-ovqat mollari: konservalar, kolbasa va qandolat mahsulotlari.
Savdoda tezroq ketishi va xaridorlar talab xarakteriga qarab tovarlar bir necha guruhlarga bo`linadi:

  1. Kundalik ehtiyoj tug'iladigan tovar, bularga talab har kun yoki bir kunda bir necha marta bo'lishi mumkin.

  2. Vaqt-vaqti bilan ehtiyoj tug'iladigan mollar. Xaridorning talablari uzluksiz bo’ladi, ammo bir davr o‘tgandan so‘ng, oy yoki yiliga bir necha martagina bo'lishi mumkin;

  3. Ehtiyoj kam bo‘lgan mollar. Bir necha yillar xizmat qiladigan tovarlar. Texnik ahamiyatga ega buyumlar, mebel, gilam va uy-ro‘zg‘or anjomlari.

  4. Mavsumiy mollar. Ishlab chiqarishda fasllarga moslab tayyor- lanadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining issiq ob-havo sha­roitiga

xos kiyim-kechaklar.

  1. Yo'ldosh buyumlar — oyoq kiyimlar, ip, moy sotib olish, ustki kiyimlar, tugma va hokazo.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling