Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Non maxsulotlarini sotish tartibi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa.
Non maxsulotlarini sotish tartibi
Non va non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo ob’ektlari maxsus anjomlar (vilkalar, pichoqlar, ajratuvchi taxtalar, stellajlar, polkalarni non ushoqlaridan tozalash uchun cho‘tka va boshqalar) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, non va non-bulka mahsulotlarini elektron tijorat shaklida sotish holatlari bundan mustasno. Non, non-bulka mahsulotlarining tandirdan chiqqandan keyin sotuvda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddatlari faqat mahsulotning har bir turi uchun normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda belgilanadi. Xaridorlar xohishiga ko‘ra og‘irligi 0,4 kg va undan ortiq bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlari (o‘ralganlaridan tashqari) 2—4 ta teng bo‘laklarga kesilishi va tarozida tortilmasdan sotilishi mumkin. Amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek noto‘g‘ri saqlash tufayli buzilganlik belgilari bo‘lgan non, non-bulka mahsulotlarini sotish taqiqlanadi. Non mahsulotlari savdo ob’ektlarida noto‘g‘ri saqlanganligi tufayli buzilgan taqdirda buning uchun savdo ob’ektlari javob beradi.Non texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiq saqlanadi. Xaridorlarga non va non-bulka mahsulotlari, maxsus anjom qo‘llanilmagan taqdirda, maxsus qo‘lqoplar (polietilen qo‘lqoplar yoki boshqa qo‘lqoplar) vositasida berilishi mumkin. Sifatsiz (g‘arch-g‘urch qilgan, kuygan, ichi bo‘sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko‘ra ularni sifatlisiga so‘zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi. Non mahsulotlari zarur sifatga ega bo‘lmagan taqdirda sotish muddatlari doirasida almashtiriladi. Non, non-bulka mahsulotlarini saqlash va sotish jarayonida ularda kartoshka kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda sotuvchi bu haqda mahsulot etkazib beruvchiga darhol xabar berishi kerak. Zararlangan mahsulotlar sotuvdan chiqariladi va amaldagi qoidalarga muvofiq yo‘q qilinadi. Non mahsulotlarida kartoshka kasalligi mavjudligi va ularning yo‘q qilinganligi haqidagi dalolatnoma belgilangan tartibda tuziladi. Kartoshka kasalligi mavjud bo‘lgan mahsulot saqlangan tokchalar, shkaflar, lotoklar, idishlar kartoshka kasalligining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq belgilangan tartibda zararsizlantiriladi. Nazorat savollari YOrmalar qanday turlarga va hillarga bo‘linadi? Unning turi nima bilan belgilanadi? Un navlarini sanab o‘ting. Non va bulka mahsulotlarining qanday turlari mavjud? Qanday non navlarini bilasiz? Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling