Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


-Mavzu: Don va un maxsulotlarini sifatini aniqlash va sotish


Download 0.49 Mb.
bet12/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

6-Mavzu: Don va un maxsulotlarini sifatini aniqlash va sotish.


Reja:

  1. Un, un tortish usullari, assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablar

  2. Non va bulka mahsulotlari, ularning assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablar

  3. Non maxsulotlarini sotish tartibi

Un, un tortish usullari, assortimenti va sifatiga qo‘yiladigan talablar
Un, asosan, bug‘doy va javdardan, ba’zan arpa, makkajo‘xori, suli, no‘xat, soya va ba’zi boshqa ekinlardan tortiladi. Un tur va navlarga bo‘linadi. Uning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, uning turlari (nonbop, makaronbop va boshqalarga) sifatiga qarab, tovar navlariga bo‘linadi.
YUqori navli un sarg‘imtir tiniq oq rangli, past navlari esa kul rang bo‘ladi. YAxshi sifatli un asta chaynalsa, ta’mi shirinroq bo‘ladi. Noqulay sharoitda uzoq saqlangan unning ta’mi yomonlashadi: kislotaliligi ortadi, achimtir, dimiqqan va boshqa yoqimsiz ta’mlar paydo bo‘ladi. Unga xos hid sal kelib turishi lozim. Achimtir burqsigan va boshqa yot hidlar unning sifatsizligidan dalolat beradi. Tortish usuliga qarab, un oliy darajada tortilgan, mayin va dag‘al tortilgan bo‘lishi mumkin. Unning eng yaxshi navlari mayin tortilgan unlardir, chunki juda mayda va bir xil o‘lchamdagi zarralar bir vaqtda va ko‘proq ko‘pchiydi, natijada yaxshi sifatli hamir hosil bo‘ladi.
Unli qoplar tovar qo‘ygichlarda saqlanishi lozim. SHtabel (tax) larning balandligi, yil fasliga qarab, 8—14 qopdan oshmasligi kerak. SHtabellar orasi bilan tashqi devorlar orasidagi masofa kamida 0,75 m keladigan qilib joylashtiriladi, shtabellar orasidagi yo‘l esa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim. Un 0 dan 10°C haroratda ham, minus haroratda ham saqlanishi mumkin. Un uzoq saqlanadigan binodagi havoning nisbiy namligi 50— 60%, qisqa muddat saqlansa, 65—75 % bo‘lishi lozim. Un uchun tabiiy kamayish rayonning qaerda joylashganligi va yil fasliga qarab 0,25—30% ni tashkil etadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling