Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
bet10/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
5-Mavzu: Go‘sht va go‘sht maxsulotlarini sotish. Baliq va baliq maxsulotlarini sotish.


Reja:

  1. Go‘sht, go‘shtning oziqlilik qiymati, go‘sht turlari, go‘sht kategoriyasi, go‘sht sifatiga qo‘yiladigan talablar

  2. Kolbasa mahsulotlari. Kolbasa mahsulotlari assortimenti.

  3. Go‘sht konservalari. Go‘sht konservalari assortimenti. Go‘sht konservalari sifatiga qo‘yiladigan talablar

  4. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini joylash va saqlash



Go‘sht turli to‘qimalardan: muskul to‘qimalari, yog‘ to‘qimalari, biriktiruvchi to‘qimalar (parda, pay, kemirchak) va suyak to‘qimalaridan iborat. Go‘shtning oziqlik qiymati uning kimyoviy tarkibiga, ya’ni ushbu to‘qimalardagi oqsil, yog‘, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar (A, B, D)ning miqdori va sifatiga bog‘liq.
Go‘shtda uglevodlar nihoyatda kam (0,5% ga yaqin). Ammo ular go‘shtning etilishida muhim rol o‘ynaydi. CHunki, fermentlar ta’siri ostida uglevodlar sut kislotasiga aylanib achiydi, natijada go‘shtning mazalilik xususiyatlari yaxshilanadi. Go‘shtdagi mineral moddalardan kalsiy, natriy, fosfor, temir birikmalarini aytib o‘tish kerak. Ularning miqdori 0,7 dan 1,2% gacha o‘zgarib turadi. Go‘sht tarkibida suv ham ko‘p (60—73%), shuning uchun ham u tez buziluvchan mahsulotlarga kiradi.


Kolbasa mahsulotlari. kolbasa mahsulotlari assortimenti.
Kolbasa mahsulotlari. Qoratovar, cho‘chqa, kamdan-kam qo‘y, ot, uy parrandalarining go‘shti, quyon, shuningdek, cho‘chqa yog‘i, ba’zan boshqa turdagi hayvon yog‘lari kolbasa ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. CHo‘chqaning yog‘siz, kam yog‘li va yog‘li qo‘shtidan foydalaniladi. YOg‘siz cho‘chqa go‘shti — faqat muskul to‘qimalaridan iborat go‘shtdir; kam yog‘liligida 30—35% i yog‘liligida esa uning 50% dan ko‘prog‘i yog‘dan iboratdir.
Barcha kolbasa mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qaynatilgan kolbasalar, sosiskalar va sardelkalar; qiymali va liver kolbasalar; go‘sht nonlari; pashtetlar; zelslar; studen; chala dudlangan va dudlangan kolbasalar. Bu mahsulotlar xom ashyosi, tayyorlash usuli va tashqi bezalishlariga qarab bir-biridan farq qiladi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling