Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Do`konda tovarlar ssortimentini shakllantirish


Download 0.49 Mb.
bet7/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

3. Do`konda tovarlar ssortimentini shakllantirish.
Assortimentni shakllantirish murakkab va uzluksiz jarayon. Uning asosiy maqsadi aholining savdo mahsuiotlariga bo‘lgan talabini, chtiyojini mumkin qadar to`la qondirish. Bundan tashqari, assorlimentni to`g`ri shakllantirish savdo tashkilotlarining foyda olishiga imkon yaratadi.
Chakana savdo assortiment tuzilishi asosida ayrim guruh tovar­lari munosabati maqsadga muvofiqligi quyidagilarga bog'liq:

  1. do'konda savdoning unumli bo'lishi;

  2. savdo maydonining hajmi;

3) texnika bilan iihozlanishi;



  1. tovarlar bilan ta’minlanish shartlari;

Assortimentni shakllantirishda quyidagilami hisobga olish kerak

  1. xizmat qilinadigan aholining soni;

  2. aholi yashaydigan qishloqlar orasida transport aloqalarning mavjudligi;

  3. boshqa savdo tashkilotlariga nisbatan do`konlaming joylashishi.

Mol assortimentini shakllantirish jarayonida aholining ehtiyoji
belgilovchi quyidagi holatlar kuchli ta’sir qiladi:

  • ijtimoiy omillar (xizmat qilinayotgan aholining ijtimoiy tizilishi ma’lumoti, madaniy darajasi, ish faoliyatining xarakteri);

  • iqtisodiy omiliar (ishlab-chiqarish taraqqiyoti, aholining daromadi va ijtimoiy ta’minlanish darajasi, chakana savdo tovarlariga qo‘yiladigan narx darajasi);

  • demografik omil (aholining soni va tarkibi, oilalaming soni va tarkibi);

  • ob-havo — klimatik sharoit (aholining jug‘roflk joylashgan o‘rni, joyning ob-havosi);

  • milliy-maishiy omil (aholining milliy tizimi, an’analari, urf| odatlari).

Moda va ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari xalqning tovarlarga bo‘lgan ehtiyojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun tovar assortimentlari shakllantirilganda bularga ham e’tibor bermaslik mumkin emas.
Do'konlarda tovarlarning assortimentini shakllantirish jarayoni- savdoga chiqariladigan tovarlar assortimentining ko‘pligi, mol gu- ruhlarining miqdorini belgilashdan boshlanadi, so‘nggi tovarlar guruhi ichidagi assortimentning turli miqdorlari aniqlanadi.
Odatda universal do`konlarda ixtisoslashtirilgan do‘konlarga qaraganda tovarlar assortimenti yuqori va ko‘p bo‘ladi. Biroq ixtisoslashtirilgan do'konda tovar assortimentining har xil ko`rinishdagi tovarlar bilan ta’minlanishi yaxshi bo'ladi.
Ayrim assortimentdagi tovarlarni sotishning amaldagi qoidasiga ko'ra,sotishga tavsiya etiladigan tovarlar savdoning maqsadiga muvofiq chakana savdo tashkilotlari tomonidan erkin amalga oshiriladi.
Do'kon xodimlari assortiment ro‘yxatini ishlab chiqadi, undan savdoda doimo bo'ladigan tovarlar o‘rin olishi kerak. Bunday ro`yxatning bo‘lishi do'konda tegishli do`konlarning uzluksiz turishi, xaridorlarga yaxshi xizmat qilish imkoniyatini yaratadi.
Assortimentning lo`la-to‘kisligi deganda, tovarlarning har xilini xaridorga tavsiya qila olish tushuniladi. Barqarorlik deganda, tegishli mollaming hamma vaqt bo'lishi va savdoga chiqarilib turilishi tushuniladi. Bu ko'rsatkichlarning ifodasi assortimenti to‘la- to`kisligi va barqarorligi hisoblanadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling