Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Go‘sht konservalari. go‘sht konservalari assortimenti. go‘sht konservalari sifatiga


Download 0.49 Mb.
bet11/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Go‘sht konservalari. go‘sht konservalari assortimenti. go‘sht konservalari sifatiga qo‘yiladigan talablar
Go‘sht konservalari qoratovar, cho‘chqa, qo‘y va uy parrandalari go‘shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek, boshqa mahsulotlardan tayyorlanadi. To‘yimliligini oshirish va ta’mini yaxshilash uchun konservalarga yog‘ va dorivorlar qo‘shiladi. Go‘sht konservalari quyidagi asosiy belgilariga ko‘ra turkumlanadi: xom ashyo turi jihatidan go‘shtdan tayyorlangan konservalar, go‘sht-o‘simlikli konservalar, kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar, o‘simlik va tovar (hayvon) yog‘idan tayyorlangan konservalar; idish turi jihatidan — metall bankali konservalar va shisha bankali konservalar; issiq ishlov berilishi jihatidan sterilizatsiya qilingan va pasterizatsiyalangan konservalar; ishlatilishiga qarab — gazak konservalari, ovqatbop konservalar va yarim fabrikat konservalarga bo‘linadi.


Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini joylash va saqlash
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari muzlatkichlarda va muzxonalarda yoki quruq, toza, sovuq va yaxshi shatovarlatiladigan qorong‘i binolarda saqlanadi. Saqlashda havoning namligi, harorat, shatovarlatish va binoning sanitariya holati go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binodagi havoning haddan tashqari quruq bo‘lishi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qurishiga sabab bo‘ladi va ularning tashqi ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning mog‘orlashi va chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va iliq binolarda go‘sht va go‘sht mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniqsa, chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi.
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda harorat -1 dan -2°C gacha, havoning nisbiy namligi 75—85% bo‘lishi lozim. Muzlatilgan go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo korxonalarida toza yog‘och va ruxlangan stellajlarga zich qilib taxlanadi va usti brezent yoki boshqa material bilan yopiladi. Ular -2°C dan —6°C gacha haroratda va havoning namligi 85—90% qilib saqlanadi.
Yil fasli va joyiga qarab, go‘shtlarga tabiiy kamayish me’yori belgilangan. Masalan, sovitilgan qoratovar va qo‘y go‘shtining kamayish me’yori 0,85 dan to 1,00% gacha; muzlatilgan qoratovar va qo‘y go‘shtiniki — 0,55 dan to 0,90% gachadir. Parranda go‘shtlari magazinlarda 0 o dan past haroratda ko‘pi bilan 5 sutka, 0° dan to 6° gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi.

Go‘sht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.


YOvvoyi hayvonlarni, ularning nimtalangan go‘shtini, sotish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ovlash (tayyorlash) qonuniyligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi


Nazorat savollari

  1. Go‘shtning oziqlik qiymati qanday aniqlanadi?

  2. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qanday joylanadi va saqlanadi?

  3. Go‘sht konservalari sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Kolbasa mahsulotlari turlarini sanab o‘ting.



Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling