Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
bet19/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash


10-Mavzu: Avtomototransport vositalarini chakana sotish


Reja:

  1. YAngi import avtomobillarni sotish tartibi

  2. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi tomonidan xaridorga berishi kerak bo‘lgan narsalar

  3. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish

Sotuvga faqat belgilangan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lsa) avtomototransport vositalari (avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan raqamli agregatlar) qo‘yiladi.


YAngi import avtomobillarni sotish faqat yuridik shaxslar — ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalarini sotuvchi do‘konlarning joylashishi avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari va sotish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjudligi hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Avtomototransport vositalari savdo zaliga qo‘yilguniga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgini qayd etmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.
Sotuvchi rasmiylashtirishgacha xaridorga avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.
CHet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qo‘llanma davlat tiliga qo‘shimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.
Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini ta’minlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud bo‘lgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.
Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay bo‘lgan boshqa joylarda xaridor uni erkin ko‘rib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Sotuvchi qo‘shimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qo‘shimcha haq to‘lash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qo‘shimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar o‘rnatish, avtomobillarni saqlash, yonilg‘i quyish va boshqalar) ko‘rsatishi mumkin.
Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak: servis daftarchasi, foydalanish bo‘yicha amaliy qo‘llanma, pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat, avtomototransport vositasi kompleksiga kiruvchi anjomlar to‘plami, agar bunday to‘plam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot.
Nomerli agregat (dvigatel, shasse, kuzov, rama) sotilganda xaridorga quyidagilar beriladi:
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotnoma-schyot.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi avtomototransport vositalarini sotuvchi korxonalarni belgilangan tartibda tegishli himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan ma’lumotnoma-schyot blankalari bilan ta’minlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.
Haqi to‘langan avtomototransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda to‘langan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
Avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.
Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.
Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va ishlab chiqarishdagi yashirin nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi bo‘yicha shunga o‘xshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi, yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari to‘lanishi, yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno).
Kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra (ushbu Qoidalarning 130-bandiga muvofiq) amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar to‘langan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Ko‘rsatib o‘tilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qo‘yiladi.
Istisno hollarda (sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda) kamchiliklarni tekin bartaraf etish yoki bartaraf etish bo‘yicha o‘z xarajatlarini qoplash, boshqa avtomototransport vositasiga almashtirish to‘g‘risidagi talab avtomototransport vositasi egasi tomonidan tovarni ishlab chiqaruvchiga berilishi mumkin. Avtomototransport vositasi egasi ushbu talablarni qo‘yish o‘rniga nosoz avtomototransport vositasini ishlab chiqaruvchiga qaytarishga hamda uning uchun to‘langan summa qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha avtomototransport vositasi egasining talablarini qondirish borasida ularning funksiyasini bajarishga vakil qilingan korxonalar tashkil etishlari, shuningdek ushbu maqsadlarda boshqa korxonalar bilan (keyingi o‘rinlarda matnda «ularning funksiyalarini bajaruvchi korxonalar» deb yuritiladi) shartnomalar tuzishlari mumkin.
Sotuvchi, tayyorlovchi (ularning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan avtomototransport vositasi egasining shaxsiy arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kun ushbu bandda sanab o‘tilgan talablar qo‘yiladigan muddat boshlanadigan kun hisoblanadi.
Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘pi bilan 10 kun — avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;
ko‘pi bilan 20 kun — kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida avtomototransport vositasi egasi tomonidan tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.
Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan boshlab hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom bo‘ladi.
Nuqsonlari bo‘lgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish etti kun muddatda (agar almashtirish to‘g‘risida talab berilgan paytda shunga o‘xshash avtomototransport vositasi bor bo‘lsa), sifatni qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomobillarni almashtirish muddatlari mazkur Qoidalarning 127-bandiga muvofiq ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
SHunga o‘xshash avtomototransport vositasi mavjud bo‘lmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.
Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kamchiliklar (nosozliklar) paydo bo‘lishi masalasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy bo‘yicha ekspert komissiyasi tashkil etadi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi bo‘yicha iste’tovarchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza o‘tkazilishida qatnashish huquqiga egadir.
Komissiya kamchilik (nosozlik):
a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish bo‘yicha zavod yo‘riqnomasi talablariga rioya etmaslik, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan foydalanish materiallarini qo‘llash bo‘yicha talablarga rioya etmaslik;
b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;
v) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida ko‘rsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;
g) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomototransport vositasini tayyorlovchi zavod bilan kelishilgan qo‘l bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil o‘rnatishdan tashqari;
d) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan o‘z tashabbusi bilan yoki o‘z kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;
e) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida;
j) nosozliklar avtomototransport vositasi egasining ehtiyotsizligi (sovuqqonligi), nuqsonlar kelib chiqishining oldini olish uchun zarur xatti-harakatlar ko‘rmaganligi oqibatida kelib chiqqan deyish uchun etarlicha asos bo‘lgan boshqa hollarda avtomototransport vositasi egasining talabini ko‘rib chiqmasligi mumkin.
Mazkur bandda sanab o‘tilgan sabablar tufayli paydo bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
131. Avtomototransport vositalarini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va ularni xaridorga qaytarish sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Ushbu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tovarni keltirish va qaytarish bilan bog‘liq zarur xarajatlarni avtomototransport vositasi egasiga to‘lashga majburdir.
Ekspertiza o‘tkazish, avtomototransport vositasini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni, agar kamchiliklar avtomototransport egasining aybi tufayli yoki engib bo‘lmaydigan kuch oqibatida kelib chiqqanligi isbot qilinmagan bo‘lsa, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) to‘laydi.
Mazkur Qoidalarning 127 va 129-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlar vaqti o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasiga avtomototransport vositasi qiymatining bir foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
Nosoz avtomototransport vositasi ana shunday rusumdagi avtomototransport vositasiga, biroq o‘zgartirilgan narx bilan almashtirilganda qiymati qayta hisoblanmaydi, narx oshgan taqdirda boshqa modelga almashtirishda qiymatni qayta hisoblash almashtirish kunida amalda bo‘lgan narxdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Nosoz avtomototransport vositasi qaytarilganda va shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda avtomototransport vositasi egasi bilan hisob-kitoblar narx oshgan taqdirda — tegishli talab qo‘yilgan kunda ushbu transport vositasining qiymatidan kelib chiqib, narx pasaygan taqdirda esa — xarid kunidagi qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Kafolat muddati tamom bo‘lgan avtomototransport vositasining kamchiliklarini bartaraf etish «Iste’tovarchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.


Nazorat savollari

  1. YAngi import avtomobillarni sotish tartibi

  2. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi tomonidan xaridorga berishi kerak bo‘lgan narsalar

  3. Avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling