Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОКОЗ: 1.
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
13-Mavzu: Parfyumer kosmetik tovarlarni sotish. Reja: Attorlik-pardoz tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hayvon va o‘simliklarni sotish xususiyatlari Attorlik-pardoz tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda muayyan tovar xususiyatlarini hisobga olgan holda uning maqsadda ishlatilishi, buyum tarkibiga kiruvchi ingredientlar, ta’siri va samarasi, qo‘llanish uchun cheklashlar (ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlar), qo‘llanish usullari va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Attorlik-pardoz tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha ochiladi va ko‘rikdan o‘tkaziladi, har qaysi tovarning (tashqi belgilari bo‘yicha) sifati hamda uning to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi. Xaridorga atirlar, odekolonlar, pardoz suvining hidi bilan tanishish imkoniyati, buning uchun xushbuy suyuqlik shimdirilgan lakmus qog‘ozchalari, tovarlarni tayyorlovchilar tomonidan beriladigan hidlash uchun namunalar, shuningdek sotuvga qo‘yilgan tovarlarning boshqa xossalari va tavsiflari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Tovarlar sellofan yoki firma lentasi bilan o‘ralgan holda berilgan taqdirda xaridorga o‘ramdagi buyumni sellofan yoki firma lentasini echish yo‘li bilan tekshirib ko‘rish tavsiya qilinishi kerak. Tovarning aerozol idishining soz holatdaligi tovar sotuvchi tomonidan xaridor ishtirokida tekshiriladi. [ОКОЗ: 1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.10.00 Алоҳида турдаги маҳсулотлар бўйича савдо] Hayvon va o‘simliklarni sotish xususiyatlari Sotuvga qo‘yiladigan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda ular turining nomi, saqlash va ko‘paytirish xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Sotuvchi, shuningdek quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak: yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni qidirib topishga (tayyorlashga) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnoma (litsenziya) tartib raqami va sanasi; yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning muayyan turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirishga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ruxsatnomaning tartib raqami va sanasi; sotuvga qo‘yiladigan yovvoyi hayvon uning bir qismi hisoblanadigan zoologiya kolleksiyasiga, davlat hisobiga qo‘yilgan zoologiya kolleksiyalari reestriga kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan guvohnomaning tartib raqami va sanasi (noerkin holda ko‘paytirilgan va zoologiya kolleksiyasining bir qismi hisoblanadigan yovvoyi hayvonlar uchun). Sotuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarda, hayvonlarga muruvvatli munosabatda bo‘lishning umumiy qabul qilingan normalariga muvofiq ravishda saqlanishi kerak. Tovar bilan birgalikda xaridorga sotishni bevosita amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan tovar cheki beriladi, unda hayvon yoki o‘simliklar turining nomi va soni, sotuvchining nomi, sotish sanasi, narxi; ushbu Qoidalarning 190-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan birining tartib raqami va sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yovvoyi hayvon yoki yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlikni sotishda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hayvonning sog‘ligini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasi (veterinariya ma’lumotnomasi) ko‘rsatiladi. Nazorat savollari Attorlik-pardoz tovarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Hayvon va o‘simliklarni sotish xususiyatlari Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling