Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
bet23/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.

14-Mavzu: Maishiy kimyo tovarlarini sotish xususiyatlari. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish xususiyatlari


Reja:

  1. Maishiy kimyo tovarlarini sotish xususiyatlari

  2. Pestitsidlar va agroximikatlarni sotish xususiyatlari

Maishiy kimyo tovarlari (xonalar, mebel, idishlar, maishiy anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari, ichki kiyimlar, kiyim-kechaklar, poyafzal, avtomobillarni yuvish, tozalash vositalari va boshqa vositalar; elimlar, laklar, bo‘yoqlar va boshqa lak-bo‘yoq mahsulotlari; dezinfeksiyalash vositalari va maishiy sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan maishiy xasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari; maishiy sharoitlarda ta’mirlash va pardozlash ishlari uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalar, ularning birikmalari va ulardan tayyorlangan buyumlar hamda shunga o‘xshash boshqa tovarlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:



  • maishiy kimyo tovarlari tarkibiga kiruvchi ingredientlar nomi;

  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning sanasi va tartib raqami (dezinfeksiyalovchi vositalar, maishiy hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi kurashish vositalari uchun);

  • texnik guvohnomaning sanasi va tartib raqami (qurilishda qo‘llanish uchun yaroqliligini tasdiqlash bo‘yicha majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun);

  • saqlash shartlari (saqlash sharoitlariga majburiy talablar belgilangan tovarlar uchun).

Maishiy kimyo tovarlari savdo zaliga qo‘yilgungacha (sotish joyiga joylashtirilgungacha) savdooldi tayyorlanishidan o‘tishi kerak, u tashish idishidan bo‘shatish, tovarni sortlarga ajratish, idishining butligini (shu jumladan aerozol idishning ishlashini) va tovar sifatini (tashqi belgilari bo‘yicha), tovar va uning tayyorlovchisi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarning, tovarlarni qo‘llanish bo‘yicha yo‘riqnomalarning mavjudligini, narxlarining to‘g‘riligini tekshirishdan iborat bo‘ladi.
Sotuvga qo‘yilgan maishiy kimyo tovarlari ularni tanlashning qulayligini ta’minlash uchun buyumning qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga ko‘ra turlarga ajratilgan bo‘lishi kerak.
Aerozol idishdagi maishiy kimyo tovarlarini xaridorga berishda savdo binosida idishning ishlashini tekshirish amalga oshirilmaydi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.10.00 Алоҳида турдаги маҳсулотлар бўйича савдо]



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling