Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi


-Mavzu: Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari


Download 0.49 Mb.
bet25/31
Sana11.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1676024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
CHAKA SAVDO MARUZA

15-Mavzu: Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish xususiyatlari


Reja:

  1. Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish tushunchasi

  2. Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalarni rasmiylashtirish

  3. Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishdagi majburiyatlari

Tarmoqli tashkilot tomonidan tovarlarni sotuvchi agentlar orqali sotish ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma (oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq va boshqalar) asosida naqd bo‘lmagan hisob-kitob bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda tarmoqli tashkilot ulgurji savdo qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak.


Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish sotuvchi agentlar tomonidan turg‘un savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.

Sotuvchi agentlar turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida uyga buyurtmalar qabul qilish, muassasalar, tashkilotlar, korxonalarda, transport yoki ko‘chada savdo qilish orqali potensial xaridorlar bilan ishlaydilar. Sotuvchi agentlar tovarlarni xarid qilishga qiziqmaydigan iste’tovarchilarga tovarlarni zo‘rlab tiqishtirmasliklari, shuningdek ularning birinchi talabi bilan tovarlarni taklif qilishni to‘xtatishlari kerak.


Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalar bevosita muloqot qilish asosida xaridorlarning tovarning u yoki bu turini xarid qilishi uchun qabul qilinadi.


Buyurtma ikki nusxadagi blankalarda rasmiylashtiriladi, blankada:

  • buyurtmaning tartib raqami;

  • sotuvchi agentning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • sotuvchi agent va tarmoqli tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;

  • sotiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori va umumiy qiymati, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilsa, ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar qiymati;

  • sotib olinadigan tovarga haq to‘lash usuli;

  • buyurtma qabul qilingan va u bajariladigan sana;

  • xaridorning familiyasi (ismi, otasining ismi) va imzosi ko‘rsatiladi.

Buyurtma blankasining birinchi nusxasi xaridorga beriladi, ikkinchi nusxasi sotuvchi agentda saqlanadi.


Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishda ularni ishlab chiqaruvchilar, kelib chiqish mamlakatlari, sifat tavsiflari, biror-bir cheklashlar bor-yo‘qligi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni potensial xaridorga to‘liq ma’lum qilishga majburdir.


Xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qo‘shimchalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yo‘li bilan sotuvchi agentlar orqali sotish taqiqlanadi.


Nazorat savollari

  1. Tarmoqli marketing yo‘li bilan chakana savdo qilish tushunchasi

  2. Sotuvchi agentlar tomonidan buyurtmalarni rasmiylashtirish

  3. Sotuvchi agent tovarlarni taklif qilishdagi majburiyatlari



Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling