Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
17-Mavzu: Vositachilik savdosi xususiyatlari Reja: Vositachilik savdosi faoliyatini rasmiylashtirish Vositachilik bitimi ma’lumotlari Komitent va komissioner o‘rtasidagi bitim ishlari Vositachilik savdosi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ham yuridik, ham jismoniy shaxslar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Vositachalik savdosida hisob va hisobot O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tovarlar vositachilik savdosiga yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilib olinadi. Komitent (tovarni topshiruvchi)da, agar oldi-sotdi shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar sotilgan (berilgan) paytgacha komissioner (sotuvchi) tomonidan vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarga mulk egasi huquqi saqlanib qoladi. Komissioner vositachilik savdosiga qabul qilingan tovarning yo‘qolishi va shikastlanganligi uchun komitent oldida to‘liq javob beradi. Komitentga etkazilgan zarar miqdori va uni qoplash tartibi tomonlarning kelishuviga ko‘ra aniqlanadi. Tovarlarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish komissioner va komitent tomonidan imzolanadigan vositachilik bitimi (vositachilik shartnomasi, kvitansiya, yuk xati va boshqa turlari) tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Vositachilik bitimida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: hujjatning tartib raqami, u tuzilgan sana; tomonlarning (manzili, hisob-kitob raqami, telefoni), komissionerning nomi va rekvizitlari, pasportiga oid ma’lumotlar va komitentning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlar; tovarning nomi; tovarning holatini tavsiflovchi ma’lumotlar: yangi, foydalanilgan, eskirish darajasi, asosiy tovar belgilari, tovarning nuqsonlari; tovarning narxi; vositachilik taqdirlash haqi miqdori va uni to‘lash tartibi; tovarni vositachilik savdosiga qabul qilib olish shartlari; tovarni arzonlashtirish tartibi va arzonlashtirish miqdori; tovar arzonlashtirilgungacha va undan keyin uni sotish muddatlari; komissioner tomonidan sotilmagan tovarni komitentga qaytarish shartlari va tartibi; komissioner va komitent o‘rtasidagi hisob-kitoblar shartlari va tartibi; agar tomonlarning kelishuviga ko‘ra ushbu xarajatlar qoplanishi kerak bo‘lsa, vositachilik savdosiga qabul qilingan tovar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlarini to‘lash miqdori. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra vositachilik bitimiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Agar vositachilik savdosiga bir nechta tovar topshirilsa, ularning nomlari va narxlari vositachilik bitimining ajralmas qismi hisoblangan tovarlar ro‘yxatida ko‘rsatilishi mumkin. Vositachilik bitimi ikki nusxada tuziladi: birinchi nusxasi komitentga topshiriladi, ikkinchi nusxasi komissionerda qoladi. Unga nisbatan tovarning belgilangan talablarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari yoki xizmat ko‘rsatish muddatlari tasdiqlanishi to‘g‘risida axborot taqdim etilishi kerak bo‘lgan tovar faqat ana shunday axborot mavjud bo‘lgan taqdirda vositachilik savdosiga qabul qilinadi va sotiladi. Vositachilik savdosiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida chakana savdoda sotish taqiqlangan tovarlardan boshqa barcha tovarlar qabul qilinadi. Mazkur Qoidalarning 15-bandida sanab o‘tilgan tovarlar vositachilik savdosiga faqat mazkur bandda ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi. Antikvariat buyumlarini vositachilik savdosiga qabul qilib olish va sotish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining antikvariat buyumlarini sotish tartibini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Oziq-ovqat tovarlari bilan vositachilik savdosi mazkur Qoidalarning 49-bandi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Qaytarilmaydigan yoki boshqa o‘lcham, shakl, gabarit, model, rang yoki komplektatsiyadagi ana shunday tovarga almashtirilmaydigan tovarlar; profilaktikaga va kasalliklarni uy sharoitida davolashga mo‘ljallangan tovarlar; shaxsiy gigiena buyumlari, pardoz-andoz tovarlari, tikuv va trikotaj ich kiyimlari, paypoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlatilgan polimer materiallardan yasalgan, shu jumladan bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar va materiallar, foydalanilgan buyumlar va materiallar, maishiy kimyo tovarlari, dori vositalari vositachilik savdosiga qabul qilinmaydi. Vositachilik savdosiga qabul qilinadigan tovarlarning narxi va komissionerning taqdirlash puli komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro ahdlashuvga ko‘ra belgilanadi, bu vositachilik bitimida qayd etiladi (yozib qo‘yiladi) va har ikkala tomonning imzolari bilan tasdiqlanadi. Muayyan vaqt mobaynida sotilmagan tovarni qayta baholash vositachilik bitimi shartlaridan kelib chiqib komissioner tomonidan amalga oshiriladi, unga mazkur hujjatlarni imzolash chog‘ida komitent rozilik bildiradi. Tovarlarni qayta baholash komitentni chaqirmasdan amalga oshirilishi mumkin, komitentning vositachilik bitimidagi imzosi bilan uning bu shartlarga roziligi tasdiqlanadi. Sotilgan tovar puli komitent — jismoniy shaxsga komissioner tomonidan berilgan vositachilik bitimi va fuqarolik pasporti taqdim etilgan holda, xarajat-kassa orderi yoki bank o‘tkazmasi to‘lanadi. Sotilgan tovar uchun pul to‘lash, shuningdek sotilmagan tovarni qaytarish komissioner tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va vositachilik shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach komitent tomonidan vakil qilingan shaxsga berilishi mumkin. Davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan egasiz tovar-mulk meros qilib qoldirish huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan tovar-mulk va xazinani hisobga olish, baholash va sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Foydalanilgan tovarlar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sotilishi kerak bo‘lgan tovarlar (davlat daromadiga o‘tishi kerak bo‘lgan tovar-mulk, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mulk; egasiz tovar-mulk; sudlarning hukmlari va qarorlarini ijro etish yuzasidan etkazilgan zararni qoplash uchun fuqarolardan olib qo‘yilgan tovar-mulk; va hokazolar) faqat bunday vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo ob’ektlari orqali sotiladi. Kafolat muddati tamom bo‘lmagan foydalanilgan tovarlarni sotishda xaridorga komitentdan olingan kafolat taloni, pasport, servis daftarchasi yoki kafolatning qolgan muddatidan sotuvchining foydalanishi huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi. Vositachilik savdosini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan savdo ob’ektlaridan sotib olingan foydalanilgan tovarlar xaridorlardan qaytarib olinmaydi, tovarlarni sotish uchun qabul qilishda aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlar, va agar ular xarid qilingandan keyin 2 ish kunidan kechikmay qaytarilsa bundan mustasno. Qabul qilib olish paytida aniqlanmagan nuqsoni bo‘lgan tovarlarni qaytarishda ular saqlanganligi uchun to‘lov undirilmaydi. Sotish uchun qabul qilib olish paytida aniqlanmagan va xaridorga sotish (berish)gacha aniqlangan yashirin nuqsoni bo‘lgan yangi tovarlar sotishdan olib qo‘yilishi va, agar nuqsonlar komissionerning aybi bilan paydo bo‘lganligi isbot qilinmasa, tovarlar saqlanganligi uchun komissionerning xarajatlariga haq to‘lanmasdan komitentga qaytarilishi kerak. Komitent komissionerga berilgan topshiriqni bekor qilib istalgan paytda vositachilik bitimini bajarishni rad etishga haqlidir. Komissioner topshiriq bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Komitent vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa, darhol o‘zining komissionerning ixtiyoridagi mulkini tasarruf qilishi kerak. Agar komitent ushbu majburiyatni bajarmasa, komissioner tovarni komitentning hisobidan saqlash uchun topshirishga yoxud uni komitent uchun qulayroq narxda sotishga haqlidir. Komitentning vositachilik shartnomasini zarur darajada bajarmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan talablari komissionerga, agar tomonlarning bitishuvida o‘zgacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, sotilgan tovar uchun komitentga pul to‘langan yoxud sotilmagan tovar unga qaytarilmagan kundan boshlab 30 kun mobaynida berilishi kerak. Nazorat savollari Vositachilik savdosi faoliyatini rasmiylashtirish Vositachilik bitimi ma’lumotlari Komitent va komissioner o‘rtasidagi bitim ishlari Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling