Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
19-Mavzu: CHakana savdo do‘konlarini tovar bilan ta’minlashi. Tovar assortimenti. Reja: CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlash tushunchasi CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotini tashkil etishdagi assosiy talablar CHakana savdo korxonalarining tovar ta’minoti asosiy tamoyillari CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlanishini tashkillashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillar CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlash deganda tovarlarni chakana savdo korxonalariga etkazib berishdagi tijorat va texnologik operasialarning murakkab kompleksini o‘zida aks ettiruvchi tadbirlar tizimi tushuniladi. CHakana savdo korxonalarida ratsional tashkil etilgan tovar ta’minoti tovarlar assortimentining to‘liqligi va barqarorligini, tovar zahiralarining zaruriy darajasini, aholi talabining qondirishni hamda savdo tashkilotlari va korxonalari ishining yuqori tovariyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi, ya’ni kafolatlaydi. CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotini tashkil etishda quyidagi assosiy talablarni hisobga olish kerak: — Ta’minotning manbalari va maqbul shakllari sanoat va boshqa ishlab chiquvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar hajmi, assortimenti, chakana savdo korxonasining ta’minotchi savdo korxonalaridan hududiy uzoqligi bilan aniqlanishi kerak; — Tovarlarni tashib keltirish aholi talabi hamda do‘konlar uchun o‘rnatilgan majburiy assortiment rejasi asosida amalga oshirilishi kerak; — Keltiriladigan tovarlar hajmi korxona tipi, quvvati, Tovar aylanmasini xarakterlovchi hajmi va savdo maydonining o‘lchamlari bilan aniqlanishi kerak. Savdo korxonalarini tegishli savdotexnologik vositalar (sovitish vositalari va h.k.) bilan jihozlanganligi alohida ahamiyatga ega; — Bir vaqtda etkazib beriladigan tovar partiyasi hajmi mavjud tovar zahiralari, kundalik o‘rtacha realizatsiya miqdori va tashib keltirishni o‘rnatilgan vaqt oralig‘i asosida hisoblanishi kerak; — Tovar ta’minotining mukammal ishlab chiqarilgan tizimi tovarlarni tashib keltirish va saqlashdagi xarajatlarni minimallashtirishni ta’minlashi kerak. CHakana savdo korxonalarining tovar ta’minoti quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi kerak: — Rejaga asoslanish; — Ritmlilik; — Tezkorlik; — Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lish; — Markazlashganlik; — Texnologiklik. Rejaga asoslanish chakana savdo korxonalarini tovar bilan ta’minlash jarayonining reja bilan olib borilishini ifodalaydi. Do‘kon va boshqa sotish punktlariga tovarlarni keltirish assortiment turlarni hisobga olgan holda, reja grafiklari asosida olib borilishi kerak. Ta’minotning ritmliligi tovarlarni bir xil vaqt oralig‘ida keltirilishini ko‘zda tutadi. Tovarlarni do‘konlarga etkazib berishdagi ritmlilik tovar aylanmasi tezligini oshirish, chakana savdo korxonalari ishini tovar etkazish muddati buzilgan holatlarda to‘xtatmaslik uchun kerak bo‘lgan ortiqcha tovar zahiralari paydo bo‘lishining oldini oladi. Undan tashqari, chakana savdo korxonasi tovar ta’minotining ritmliligi ombor, ulgurji baza, transport korxonalarining ishlashi uchun optimal sharoitlar yaratadi. U ishchi kuchidan unumli foydolanish imkonini beradi. Tovar ta’minotining barcha bosqichlarida qabul qilinadigan progressiv-texnologik qarorlar asosida tovar bilan ta’minlash amalga oshirilishi kerak. Bu erda chakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlashni sanoatlashtirish (industrializasiya)ning asosi bo‘lgan modulli transport tizimlari katta rol o‘ynaydi. CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlanishini tashkillashtirishga quyidagi muhim omillar ta’sir ko‘rsatadi: — Tovar ta’minoti jarayonining boshqarilish darajasi; — Tovarlarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun ishlatiladigan tijorat axborotlarining haqqoniyligi; — CHakana savdo tarmog‘ining joylashganligi; — Ombor xo‘jaligining joylashganligi va holati; — Transport sharoitlari; — CHakana savdo korxonalarining savdo-texnologik vositalar bilan ta’minlanganligi. Nazorat savollari CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlash tushunchasi CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotini tashkil etishdagi assosiy talablar CHakana savdo korxonalarining tovar ta’minoti asosiy tamoyillari CHakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlanishini tashkillashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillar Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling