Chakana savdoni tashkil etish va texnologiyasi
Download 0.49 Mb.
|
CHAKA SAVDO MARUZA
Uyga vazifa. Mavzuni konspektlashtirish. Asosiy tushuncha va iboralarni o‘rganish. Mustaqil o‘qish. Internetdan mavzuga oid materiallarni izlash.
20-Mavzu: Tovar ta’minoti shakllari va chakana savdo tarmog‘iga tovarlarni tashib keltirish sxemalari. Reja: Tovar ta’minoti manbaining tanlanishini omillarga bog‘liqligi Tovarlarni do‘konlarga etkazib berishning tranzit shakli CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotining optimal manbalari va shakllari Tovarlarning ko‘pi ulgurji korxonadan chakana savdo tarmog‘iga tashib keltiriladi. Non va non tovarlari, sut va go‘sht tovarlari singari kundalik talabdagi iste’tovar tovarlari korxonaga bevosita ishlab chiqarish korxonasidan keltiriladi. Yirik maxsuslashtirilgan universal do‘konlarga tranzit asosida sanoat korxonalaridan boshqa tovarlar, jumladan, murakkb assortimentli tovarlar keltirilishi mumkin. Murakkab assortimentdagi (madaniyatga doir tovarlar, kiyim-kechak, poyafzal va h.k.) tovarlarning ko‘pchiligi do‘konga butlovchi korxonalar, shaxsiy tadbirkor yoki fermer xo‘jaliklaridan keladi. Tovar ta’minoti manbaining tanlanishi ko‘p omillarga bog‘liq: — Tovar assortimenti; — Do‘kon tipi va o‘lchamlari; — Tovar aylanish hajmi; — Do‘konlarni doimiy tarzda ta’minlanish imkoniyati; — Tovar harakati zvenolari soni; — Tovar aylanish tezligi; — Transport harajatlari qiymati. Tovarlarning qaerdan kelayotganiga, ya’ni manbayiga qarab chakana savdo tarmog‘ini tovar bilan ta’minlashning tranzit va ombor shakllari qo‘llaniladi. Tovarlarni do‘konlarga etkazib berishning tranzit shakli bevosita sanoat yoki qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish korxonalaridan amalga oshiriladi. Bunday shaklda tovar aylanishi tezlashadi, tovarning ushlanib qolinishi qisqaradi, yo‘qotilishi kamayadi. SHuningdek, tovar ta’minotining bu shakli chakana savdo tarmog‘ining ko‘pligi va yo‘nalganligi tufayli cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Bu shakl asosan oddiy assortimentdagi tovarlar, shuningdek, iste’tovar tumanlarida ishlab chiqarilishi amalga oshiriladigan (non va non mahsulotlari, sut va go‘sht mahsulotlari va h.k.) tovarlar uchun qo‘llaniladi. CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotining optimal manbalari va shakllarini har bir tovar guruhi uchun ishlab chiqilgan tashib keltirish sxemalari yordamida tanlash mumkin. Bu sxemalar tovarning sanoat korxonalari, ulgurji baza va boshqa etkazib beruvchilardan chakana savdo korxonalariga harakat qilish tartibini har bir tovar guruhi, zaruriy holatlarda alohida kichik Tovar guruhi bo‘yicha aniqlanadi. Sxemalar tovarlarni har bir chakana savdo korxonasiga etkazib berilishining aniq tartibini nazarda tutadi. Ularni ishlab chiqish bir qator tamoyillar asosida amalga oshirish tavsiya etiladi. Masalan, iste’tovar kooperatsiyasida sxema quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: — Tovarlarning kerakli va minimal oraliq ombor zvenolaridan o‘tishi: sanoat korxonasi-tumanlararo ulgurji baza-do‘kon; — Murakkab assortimentli tovarlarning ugurji savdosini yirik tumanlararo ulgurji bazalari orqali bir yo‘nalishga qo‘yilishi; — Tovarlarni chakana savdo tarmog‘iga markazlashgan tarzda etkazib berilishining kengayishi; — Tovarlarning harakatlanuvchi omborlar, tovar namunalari zali, tovarshunoslar va pochta operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan keng ulgurji savdosi. Tovarlar tashishning sxemasini ishlab chiqish uchun, eng avvalo, tovar harakatining tumanlararo ulgurji bazasi va tuman kooperativ tashkilotlarining ulgurji korxonalarigacha bo‘lgan yo‘li aniqlanadi. Tovarlarning bu ulgurji zvenolarga sanoat korxonalari, tovar chiquvchi boshqa manbalar va savdo-sotiq bazalaridan tashib kelinishi ko‘rib chiqilishi lozim. Murakkab assortimentli tovarlarning ugurji savdosini yirik tumanlararo ulgurji bazalari orqali bir yo‘nalishga qo‘yish mayda ulgurji korxonalarda bu tovarlarning chang bosib qolishiga to‘sqinlik qiladi va ishlab chiqarish korxonalari bilan ratsional aloqani o‘rnatish imkoniyatini tug‘diradi. Bir qator talablarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan tovarlarning ulgurji korxonalarga olib kirish sxemalari shu tovarlarni chakana savdo tarmog‘iga olib kirishning aniq sxemalarini ishlab chiqishga asoslanadi. Ulgurji bazalar bilan bir qatorda chakana savdo korxonalariga ulgurji korxonalar orqali aylanib o‘tgan holda keltirilishi lozim bo‘lgan tovar sxemalari ishlab chiqiladi. Ularda mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi tovarlarining do‘konlarga tashib keltirish tartibi ko‘rib chiqiladi. Bu, birinchi navbatda, non va non mahsulotlari, sut va go‘sht mahsulotlari va boshqalarni tashib keltirishga tegishli. Tovarlarni ulgurji korxona va chakana savdo tarmog‘iga olib kirish sxemalarini ishlab chiqishda malakali savdo xodimlari ishtirok etishlari kerak. Tovarlarni tashish sxemalari doimiy tarzda ko‘rib chiqilishi, tovar kelishining yangi manbalarini paydo bo‘lishi yoki boshqa holatlar aniqlanishi kerak. Nazorat savollari Tovar ta’minoti manbaining tanlanishini omillarga bog‘liqligi Tovarlarni do‘konlarga etkazib berishning tranzit shakli CHakana savdo korxonalari tovar ta’minotining optimal manbalari va shakllari Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling