Chakana tovar aylanishi Reja: Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi. Chakana tovar aylanishi tasnifi


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan qayta sotish uchun sotilgan tovarlar. 2


Download 28.3 Kb.
bet2/3
Sana24.02.2023
Hajmi28.3 Kb.
#1227168
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)

1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan qayta sotish uchun sotilgan
tovarlar.
2. o‘quv yurtlariga ko‘rgazmali qurollar, maxsus mebel, inventarlar, jihozlar
va h.k.lar.
3. Tovar yetkazib beruvchiga qaytarilgan tovarlar qiymati.
4. Veksellar bo‘yicha tovar sotish.
5. Savdo shaxobchalarida sotilgan transport chiptalari.
6. Bolalar bog‘chalariga, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalarga
meditsina jihozlari, inventarlari, maxsus mebel, medikomentlar.
7. Savdo shaxobchalariga, ommaviy ovqatlanish korxonalariga inventarlar,
choyshablar, idish tovoqlar.
8. Sport muassasalariga sport tovarlari.
9. Ishlab chiqarish korxonalaridan to‘g‘ridan – to‘g‘ri chakana sotish.
2. Chakana tovar aylanishi tasnifi.
Chakana tovar aylanishi quyidagicha tasniflanadi.
I. Mulk shakli bo‘yicha:
1.1. Davlat savdo korxonalari.
1.2. Matlubot korperatsiyasi.
1.3. Xususiy savdo korxonalar.
1.4. qo‘shma mulk korxonalari.
1.5. Yakka tartibdagi xo‘jaliklar.
1.6. Aksioner jamiyatlari.
II. Savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalari turlari bo‘yicha:
2.1. Chakana savdo shaxobchalari.
2.2. Ommaviy ovqatlanish korxonalari.
2.3. Firma magazinlari.
2.4. Dexqon bozori.
2.5. Tashkil qilinmagan bozor.
2.6. Komission savdo.
III. Chakana tovar aylanishi tarkibidagi assortimenttlar bo‘yicha:
3.1. Oziq – ovqatlar.
3.2. Nooziq – ovqatlar.
IV. Oldi sotdi munosabatlari bo‘yicha:
4.1. Naqt pul orqali.
4.2. Pulsiz aloqalar.
4.3. Bank cheklari orqali.
4.4. Kredit yoki elektron kartochkalari orqali.
4.5. Kreditga sotish.
3.1 Chakana tovar aylanishi ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati.
Chakana tovar aylanishi jamiyatining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri. U orqali ishlab chiqarilgan, keltirilgan (mahsulotlar) tovarlar qiymatini va iste’mol qiymatini jamiyat tomonidan tan olinganligi izhor qilinadi. Oldisotdi jarayonida tovar aytiboshlashni oxirgi bosqichi bo‘lib unda butun tovarlarni ishlab chiqarish va ayriboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar pul shaklida qaytariladi. Shu sababli sanoat korxonalari qishloq xo‘jalik sub’ektlari, transport va savdo tashkilotlari o‘z faoliyatini takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, ya’ni takror ishlash jarayoni doimiy jarayonga aylanadi.
Tovarlarni 80-90% savdo korxonalari orqali sotiladi. Chakana tovar aylanishi jamiyatning pul muomalasi jarayoniga ta’sir qiladi. Jamiyatdagi pul tushumining ko‘p qismi chakana savdoda tovarlar oldi sotdi jarayonida qatnashadi.
Chakana tovar aylanishi jamiyatning pul muomalasi jarayoni bilan chambarchas
bog‘liq, naqt pulning 70-80% chakana tovar aylanishida o‘z aksini topdi. Pul emissiyasi chakana tovar aylanishi bilan bog‘liq, chakana tovar aylanishi o‘sishi yoki kamayishi kassalarga pul tushumlariga tegishlicha ta’sir qiladi.
Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi jamiyatdagi ayrim mutonosibliklar (propotsiyalar)ni ta’minlashga ta’sir qiladi. Tovar va pulni ayriboshlash jarayonini normal holda tashkil qilish bir tomondan bozorga chiqarilgan tovarlarning miqdori va tarkibiga, ikkinchidan, aholining harid fondi miqdoriga va talabning tarkibiga bog‘liqdir. Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘p qismi chakana tovar aylanishi orqali ro‘yobga chiqariladi. Chakana tovar aylanish miqdorida ishlab chiqarish va iste’mol, talab va taklifni muvofiqlanishi o‘z aksini topadi.
Chakana tovar aylanishi hajmi savdo korxonalarining daromad va foydasining
miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liq.
Chakana tovar aylanishini yana bir tomoni u aholi yashash darajasini baholashga
imkoniyat yaratadi. Chunki chakana tovar aylanishi aholini shaxsiy iste’molini asosiy qismini tavsiflaydi. Shu bilan bir qatorda chakana tovar aylanishi iqtisodiyotni rivojlanishini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Chakana tovar aylanishi orqali aholining moddiy farovonligiga, ularni alohida
tovarlar bilan ta’minlanishiga baho beriladi. Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichi ish haqi, nafaqa, stipendiya to‘lashni o‘z vaqtida amalga oshirishga ta’sir qiladi.



Download 28.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling