Chakana tovar aylanishi Reja: Chakana tovar aylanishi tushunchasi va uning tarkibi. Chakana tovar aylanishi tasnifi
Chakana tovar aylanishi ko‘satkichlari va ularni balans bog‘liqligi
Download 28.3 Kb.
|
Документ Microsoft Word (7)
3.2 Chakana tovar aylanishi ko‘satkichlari va ularni balans bog‘liqligi.
Chakana tovar aylanishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tig‘iz balansli bog‘liqlikda namoyon bo‘lib turadi. Ularga: Birinchidan, tovarlani sotilish hajmi, bu ko‘rsatkich chakana tovar aylanishi deb yuritiladi chakana savdo va ommaviy ovqatlanish shaxobchalaridan sotilgan tovarlar hajmidan iborat bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkich savdo va ommaviy ovqatlanish uning tuman, viloyat, respublika miqyosida ishlatiladi. Alohida olingan savdo shaxobchasida ushbu ko‘rsatkich uning chakana Tovar aylanishi ko‘rsatkichiga teng bo‘ladi; Ikkinchidan, tovar zahiralari, ular davr boshiga va davr oxiriga hisobga olinadi; Uchinchidan, tovarlarni kelishi, ya’ni tovar taklifi; To‘rtinchidan, tovarlarni tabiiy yemirilishi va tovarlarni boshqa savdo shaxobchalariga berib yuborish kabilar kiradi. Ushbu ko‘rsatkichlar tovarlarning umumiy hajmi bo‘yicha va ularni assortimenti bo‘yicha hisob – kitob qilinadi, tahlil qilinadi, prognoz qilinadi va rivojlantiriladi. Bu ko‘rsatkichlar balans bog‘liqlikda bo‘lib, uning bir qismi talab miqdorini, ikkinchi qismi taklif, ya’ni tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasini anglatadi. Ushbu bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: Z1+CHTA+Ty+Xx=Tk+Z2; Bu yerda: Z1 – davr boshidagi tovar zahiralari; CHTA – chakana tovar aylanishi; Ty – tovarlarni tabiiy yemirilishi; Xx – hujjatlashtirilgan harajatlar; Tk – tovarlarni kelishi; Z2 - davr oxiridagi tovar zahiralari. Chakana tovar aylanishining hajmiga oilalari soni va 1 oilagacha to‘g‘ri keladigan chakana tovar aylanishi ham ta’sir qiladi. Oila xo‘jalik sub’ekti sifatida o‘z a’zolarining daromadlari va iste’mol qilish miqdorini umumlashtiradi. Masalan, ovqat tayyorlash, ayrim tovarlarni sotib olishni oilaning har bir a’zosi alohida amalga oshirganiga nisbatan oila bo‘yicha qilinsa allaqancha tejamliroq bo‘ladi, yoki katta oila kichik oilaga hamda yakka holdagiga nisbatan tejamliroqdir. Chakana tovar aylanishini tarkibi savdo korxonalarining son va sifat ko‘rsatkichlarini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich savdoning daromadlari, muomala (davr) harajatlari, foydasi, rentabellik darajasiga, resurslarni ishlatish samaradorligiga ta’sir qiladi. Download 28.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling