Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshana bo’yiga Tor, eniga keng. Ushbu gapda egalar qaysi?


Download 15.86 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.86 Kb.
#228627
Bog'liq
Hujjat


EGA, KESIM

  1. Chakka suyaklari turtib chiqqan, peshana – bo’yiga

Tor, eniga keng. Ushbu gapda egalar qaysi?

    1. Suyaklari, peshana



    1. Suyaklari, peshana, eniga



    1. Suyaklari



    1. Peshana, bo’yiga, eniga



  1. Ikkala yosh ko’ngil qorong’i muhitning

Kishanlariga bog’liq holda entikar ekan. Ushbu

Gapdagi egani aniqlang.



  1. Yosh ko’ngil



  1. Ikkala yosh ko’ngil



  1. Ko’ngil



  1. Ikkala



  1. Qimorboz zo’r berib sheriklarini so’kmoqda edi.

Ushbu gapning kesimi haqidagi to’g’ri hukmni

Aniqlang.



  1. Sodda ot kesim



  1. Sodda fe’l kesim



  1. Murakkab fe’l kesim



  1. Murakkab ot kesim



  1. Boshida bir savat oq yulduz – chechak, nozik

Salomlari naqadar ma’sum. Ushbu parchadagi

Egalarni ko’rsating.



  1. Yulduz, chechak



  1. Yulduz, chechak, salomlari



  1. Yulduz, salomlari



  1. Chechak, salomlari



  1. Haftaning oxirgi kunlari eng qiyini edi. Ushbu

Gapdagi ega tarkibida nechta sonor bor?

    1. 6



    1. 5



    1. 4



    1. 3



  1. Ega ibora bilan ifodalangan gapni aniqlang.



    1. Munisxonning bu qiliqlari Saidiyga

Yoqmas edi

    1. Idora xizmatchilarining ehtiyotsizligi

Hech kimga sir emas

    1. Aravani quruq olib qochish senga

Yarashmaydi

    1. Hayotning bu qadar tez rivojlanishi

Insonlarni lol qoldirdi

  1. Ko’ngil gulshanini qopladi xazon,

Yo’qoldi shunchalik bebaho sevgi.

Shu bo’ldi bokira, dunyo ko’rmagan

U yoqut lablarning qora taqdiri. Ushbu

Parchada nechta ega qatnashgan?



  1. 1



  1. 2



  1. 3



  1. 4



  1. Och nazarim tushar suratga…

Surat, surat! Nega sen tilsiz?

Termulaman suratda xatga…

Janglarda yor eding-ku, o, qiz!

Surat, surat! Nega sen tilsiz?.. ushbu parchada

Nechta sodda gap mavjud?


  1. 7



  1. 5



  1. 4



  1. 6



  1. Yo’l yurib, cho’llab qolsang, shildiragum buloqday,

Yoki dashtga yo’l solsang, yastangayman o’tloqday.

Ushbu parchadagi kesimlar tarkibida nechta

Shovqinli jarangli undosh bor?


  1. 8



  1. 9



  1. 10



  1. 11



  1. Sodiqning astoydil kuyib-pishib gapirishi

Pushkaryovning diqqatini tortdi. Ushbu gapdagi

Ega tarkibida nechta keng unli bor?



  1. 1



  1. 2



  1. 3



  1. 4



  1. U ayvonga yetolmay hushidan ketib yiqildi. Ushbu

Gapning kesimi haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang.

    1. Sodda ot kesim



    1. Sodda fe’l kesim



    1. Murakkab ot kesim



    1. Murakkab fe’ kesim



  1. Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil

Xabar. Ushbu gapdagi kesim haqidagi to’g’ri

Hukmni aniqlang.



  1. Ikkita sodda kesim



  1. Bitta sodda, bitta murakkab ot kesimlar



  1. Bitta sodda fe’l kesim, bitta murakkab ot

Kesim

  1. Bitta sodda, bitta murakkab fe’l kesimlar



  1. Bepoyon adirlar, yoyilib o’tlayotgan qo’ylar,

Chug’urlayotgan qushlar menga bolaligimni

Eslatadi. Ushbu gapda nechta ega bor?



  1. 1



  1. 2



  1. 3



  1. 4



  1. Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi

Normuhammadning o’rniga minmoqchi. Ushbu

Gapdagi egalar haqida to’g’ri hukmni aniqlang.



  1. Gapda 3ta ega bor



  1. Egalar tarkibida faqat tor unlilar bor



  1. Egalar otlashgan so’z bilan ifodalangan



  1. Egalar tarkibida 1ta munosabat shakli bor



  1. Kelur sel, ko’kda goho bo’lsa chqamoq,

Zarar qilg’ay danakni tishda chaqmoq.

Yomondir ikki o’rtoq o’rtasida

Urishtirmoq uchun bir-biriga chaqmoq. Ushbu

Parchada harakat nomi bilan ifodalangan

Nechta ega bor?


  1. 1



  1. 2



  1. 3



  1. 4



  1. G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, bunchalar

Serishva, bunchalar sernoz. Ushbu gapdagi egani

Aniqlang.



  1. Dilrabo



  1. G’azal



  1. Serishva, sernoz, dilrabo



  1. Ega qatnashmagan



  1. Yaxshi – xunuk libos bilan ham yaxshi. Ushbu

Gapda nima uchun tire qo’llangan?

    1. Kesim sifat bilan ifodalangani uchun



    1. O’xshatish munosabati bo’lgani uchun



    1. Ega ham kesim ham sifat bo’lgani uchun



    1. Tire noto’g’ri qo’llangan

Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling