Chang cho’ktirish kameralarining asosiy kamchiliklari nimalardan iborat?


Silindrli siklonlar konusli siklonlardan qanday fark qiladi?


Download 19.67 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi19.67 Kb.
#1332704
1   2   3   4
Bog'liq
CHang

Silindrli siklonlar konusli siklonlardan qanday fark qiladi? 
 
 
 
Agar siklonning radiusi kichik bo’lsa, uning ish unumdorligi pasayadi. 
Silindrli siklonlar yuqori ish unumdorlikka ega, konusli siklonlar (6-rasm) esa 
yuqori tozalash darajasiga ega. 
 
Siklonlar yordamida changli havoni necha % ga tozalash mumkin? 
 
 
Avvalo, shuni alohida ta’kidlash kerakki, siklonlar xar 1m
3
hajmida 400 g 
qattiq chang zarrachalari mavjud bo’lgan changli havoni tozalash uchun ishlatiladi. 
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan siklonlarning diametri 10 sm dan 2 m gacha 
yetadi. Siklonning diametri kichik bo’lsa, changli havoni tozalash darajasi ham 
past bo’ladi. SHuning uchun, siklonlarning diametriga karab, ular yordamida 
changli havoni 30-85 % ga tozalash mumkin. 
 
Bundan tashqari, changli havo tarkibidagi qattiq chang zarrachalarning 
ulchami kattalashgan sari, tozalash darajasi ortib boradi. Masalan, changli havo 
tarkibidagi qattiq chang zarrachalarning ulchami 5 mkm dan kichik bo’lsa, changli 
havoni tozalash darajasi 60% dan oshmaydi, ulchamlari 5-10 mkm bo’lgan 
zarrachalar 80 %, 20-30 mkm bo’lgan zarrachalar – 90 % va zarrachalarning 
ulchami 30-40 mkm bo’lsa, changli havoni tozalash darajasi 95 % ni tashkil etishi 
mumkin. 
Siklonlarning asosiy afzalliklari va kamchiligi nimalardan iborat? 

Avval, shuni eslatib o’tish kerakki, siklonlar chang cho’ktirish kameralariga 


o’xshagan quruq tozalash usuliga mansub bo’lgan qurilmadir. 

Siklonlarining chang cho’ktirish kameralaridan afzalliklari shundan iboratki, 


ularni yuqori bosim va haroratlarda ishlatish mumkin. Ya’ni, siklonlar yordamida 

136 


kizdirilgan changli havo yoki gazlarni tozalash mumkin. Bundan tashqari, changli 
havo oqimining tezligidan kat’i nazar, siklonlarda cho’ktirilgan chang zarrachalari 
qayta harakatlanmaydi, ya’ni ikkilamchi ifloslanishlar yuz bermaydi. 

Siklonlarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular yordamida ulchami 5 


mkm dan kichik bo’lgan chang zarrachalarni changli havo tarkibidan ajratib olishi 
kiyin. CHang zarrachalarining ulchamlari kichiklashgan sari, siklon yordamida 
changli havoni tozalash darajasi pasayib boradi. 

Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling