Chaqaloqlar kasalliklari va ularni parvarish qilish
Ushbu maqolani ham o‘qing: Ilk reflekslar
Download 28.77 Kb.
|
CHAQALOQLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘iz
- Ich kelishi
Ushbu maqolani ham o‘qing: Ilk reflekslar
Ko‘zlar — Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zlari shishgan yoki uning ichida qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu normal hol hisoblanadi. Agar bu holat bir haftadan ortiq davom etsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur. Og‘iz — Chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘idagi oq rangdagi dog‘lar infeksiya mavjudligidan dalolat berib, shifokor ko‘rigiga zarurat tug‘diradi. Lab — Go‘dak lab sohasining tepa qismidagi shish normal hisoblanib, onaning xavotirlanishiga o‘rin yo‘q. Ko‘krak qismi — Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krakchalari sal shishgan bo‘lishi mumkin. Bu shishlarni siqish man etiladi, aks holda siz ko‘krak bezlariga shikast yetkazishingiz mumkin. Agar siz bilmagan holda ko‘krak bezlarini siqqan bo‘lsangiz, unda ilitilgan kamfor yog‘i bilan kompress qilish zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat eting. Ich kelishi — Chaqaloq hayotining ilk kunlarida ich kelishi biroz ko‘kimtir shilimshiq holda bo‘ladi, biroq ona suti bilan oziqlana boshlagandan so‘ng ich ketishi normal sariq tusga kiradi. Peshob — Yangi tug‘ilgan bola tez-tez peshob chiqaradi, shuning uchun tagliklarni tez-tez almashtirib turish zarur. Jinsiy a’zolar — Qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolari shishgan va ba’zi hollarda qonli ajralmalar kelishi mumkin, bu normal holdir. O‘g‘il bolalarda esa peshob chiqishining og‘riqli kechishi, shish va qizarish holatlari kuzatiladi, bu holat ro‘y berganda mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Bolani sog‘lom va kasalliklarga chalintirmay o‘stirish uchun uni chiniqtirish lozim. Chiniqtirishning asosiy qoidalaridan biri, bu bolaning chiniqtirish paytidagi sog‘lig‘idir. Bola sog‘lom bo‘lishi kerak. Chiniqtirish muolajalari ijobiy ta’sir etishi uchun ularni tez-tez amalga oshirib turish kerak. Chiniqtirish muolajalarini chaqaloq tug‘ilgan davridan o‘smirlik davrigacha davom ettirish mumkin. Adabiyotlar: 1. V.P.Bisyarina “Bolalar kasalliklari bolalar parvarishi va go`daklarning anatomik - fiziologik xususiyatlari “ Toshkent 1990 yil. 2. V.A.Belousov, A.D. Pevzner “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1992 yil . 3. J.Eshqobulov, A.Maxmudov “Bolalar kasalliklari “ Toshkent 1993 yil. 4. “Onalik va bolalikni muxofaza qilish” bo`limidan ma`ruzalar matni 5. www.ziyonet.uz Download 28.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling