Chaqaloqlarni va ko'krak yoshidagi bolalarni parvarishlashning o'ziga hos hususiyatlari
Download 325.62 Kb.
|
1 2
Bog'liqChaqaloqlarni va ko\'krak yoshidagi bolalarni parvarishlashning o\'ziga hos hususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: __________________ Angren 2023 Chaqaloqlarni va kokrak yoshidagi bolalarni parvarishlashning oziga hos hususiyatlari Reja
ANGREN UNIVERSITETI Fan: Tibbiyot kasbiga kirish MUSTAQIL ISH Mavzu: “Chaqaloqlarni va ko'krak yoshidagi bolalarni parvarishlashning o'ziga hos hususiyatlari” Bajardi: Bayjanova U. Guruh: __________________ Qabul qildi: __________________ Angren 2023 Chaqaloqlarni va ko'krak yoshidagi bolalarni parvarishlashning o'ziga hos hususiyatlari Reja: AMALIY QISM BOLALARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI, PARVARISH QILISHGA DOIR AMALIY KO‘NIKMALAR Bolaning terisini baholash Nеrv sistеmаsi hоlаtini bаhоlаsh Antropometriya – bolaning jismoniy rivojlanganligini tanasini o‘lchash yo‘li bilan aniqlashdir. Hamshira bo‘y va ko‘krak aylanasini o‘lchaydi. Eng oddiy antropometrik tekshirishlarni ham tibbiyot hamshiralari (statsionarlarda, poliklinikalarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida) o‘tkazadilar. 1.1. Bolaning bo‘yini o‘lchash 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: bo‘y o‘lchagich, xlorli ohakning 1% li eritmasi, 96% li spirt. 3. Bolaga oyoq kiyimini yechish taklif qilinadi. 4. Bo‘y o‘lchagichning plankasi shkala bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi. 5. Bolani 4 nuqtasi (tovonlari, dumbalari, kuraklari, ensasi) bilan tegadigan qilib qo‘yiladi. 6. Plankani ohista bemor boshigacha tushiriladi va shkalada belgi qoldiriladi. 7. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. 8. Bo‘y o‘lchagichga ishlov beriladi. Yoshiga yetmagan bolalar uchun gorizontal rostometr (bo‘y o‘lchagich) qo‘llaniladi. Bola boshi rostometrning bosh tomoniga zich taqalib turadigan qilib yotqiziladi, bolaning boshini onasi yoki xodimlardan biror kishi shu holda ushlab turadi. Tibbiyot hamshirasi bolaning tizzalarini ohista bosib, oyoqlarini rostlaydi va shu vaqtda surma tagligini oyoq panjasiga surib keladi. Rostometrning shu tagligi bilan bosh tomoni orasidagi masofa bolaning bo‘yini ko‘rsatib beradi (biriktirib qo‘yilgan santimetr lentasiga qarab aniqlanadi) (9-rasm). 296 9-rasm. Bolaning bo‘yini o‘lchash: а – gorizontal boy o‘ichagichda; b – vertikal bo‘y o‘lchagichda. 1.2. Tana og‘irligini o‘lchash 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: tarozi, xlorli ohakning 1% li eritmasi, 96 % li spirt. 3. Tarozidagi ilgak ochib qo‘yiladi. 4. Tarozi sozlanadi. 5. Bolaga tarozi maydonchasi o‘rtasiga turishni taklif qilinadi. 6. Tarozi sozlanadi. 7. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. 8. Tarozi maydonchasiga ishlov beriladi. Go‘dak bolalarni maxsus bolalar tarozisida, yaxshisi, emizishdan avvalgi ertalabki soatlarda tortiladi (10-rasm). Bolani tortilayotgan mahalda tagiga iliq yo‘rgak solish, tarozining pallasini har kuni sovunlab yuvib qo‘yish va tarozining holati hamda ko‘rsatishlarining to‘g‘riligini sinchiklab kuzatib borish kerak. 10-rasm. Bolaning vaznini aniqlash: a – gorizontal (pallali) tarozida; b – tibbiy tarozida. a b a b 297 1.3. Ko‘krak aylanasini o‘lchash 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli lenta, xlorli ohakning 1% li eritmasi, 96% li spirt. 3. Bolaga ust kiyimini yechish taklif qilinadi. 4. Santimetrli lentani olib orqadan kurak suyaklari ostidan, oldindan ko‘krak bezining so‘rg‘ichlari orqali aylantiriladi. 5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. 6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi (11-rasm). 11-rasm. Ko‘krak aylanasini o‘lchash: a – katta yoshli bolalarda; b – emizikli bolalarda. 1.4. Bosh aylanasini o‘lchash 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: santimetrli lenta, xlorli ohakning 1% li eritmasi, 96% li spirt. 3. Bolaning bosh kiyimi yechiladi. 4. Santimetrli lenta bilan bola bosh aylanasi o‘lchanadi: orqadan ensa do‘ngliklari, oldindan qosh usti do‘ngliklari qamrab olinadi (12-rasm). 5. Olingan natija kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. 6. Santimetrli lentaga ishlov beriladi. 12-rasm. Bоsh аylаnаsini o‘lchаsh. a b 298 1.5. O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash 1. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 2. Tayyorlab qo‘yiladi: spirometr, 96% li spirt. 3. Spirometr mundshtugiga 96% li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi. 4. Bolaga chuqur nafas olishdan keyin nafasni spirometrga chiqarish taklif qilinadi. 5. Spirometr ko‘rsatkichi qayd qilinadi va kasallik tarixiga yozib qo‘yiladi. 6. Spirometr mundshtugiga 96% li spirt eritmasi bilan ishlov beriladi. 1.6. Muskul kuchini o‘lchash Muskul kuchi – dinamometr asbobida, ko‘pincha katta yoshdagi bolalarda qo‘l va oyoqlarda alohida o‘lchanadi (13- rasm). 13-rasm. Dinamometrlar: a – oyoqlar uchun; b – qo‘llar uchun. 1.7. Download 325.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling