Chaqaloqlik davri xaqida umumiy tushuncha


Download 20.17 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1079405
  1   2   3
Bog'liq
Chaqaloqlik davri xaqida umumiy tushuncha





  1. Chaqaloqlik davri xaqida umumiy tushuncha.



Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Yangi tug‘ilgan bola organizmining 75 % suvdan, 25 % qattiq moddalardan iborat bo‘ladi uning bo‘yi 48-52 sm, vazni 2800-3500 gr bo‘ladi. uning suyaklari tog‘aysimon moddadan iborat bo‘lib, u bolaning o‘sishi bilan rivojlanadi.Yangi tug‘ilgan bolaning og‘irligi yarim yilgacha 600-700 gr dan, ikkinchi yarim yilda 400-500 gr dan qo‘shiladi. Bo‘yiga har oyda 2-3 smdan qo‘shiladi. Bir yoshli bolaning og‘irligi 10-10,5 kg ga yetadi, bo‘yi esa 74-75, 5 sm ga yetadi. Yangi tug‘ilgan bola hatto o‘zidan bir hafta oldin tug‘ilgan boladan farq qiladi, shuning uchun ham har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ular bilan munosabatda bo‘lishi kerak. 
Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilan ovqatlanadi, u xali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Yangi tug‘ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan katta, bo‘yni deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun oyoq – qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Chaqaloq bola 1 minutda 50-60 marta nafas oladi. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay xolatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq xavoga olib chiqilmasa, nafas olishida qiyinchiliklar bo‘ladi.
Chaqaloq bolaning yuragi 1 minutda 120 marta uradi. Bundan tashqari chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida moddalar almashinuvi intensivligi bilan ham bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarning har odatlari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bular bolaning ortiqcha harakati, ovqat yeyishi ham har odatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun kun tartibining ahamiyati kattadir. Chaqaloqning ovqat hazm qilish a’zolari juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir.
Yangi tug‘ilgan bolaning suyaklari deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni 1 yoshga to‘lguncha skeleti suyakka aylana boshlaydi. Unda bolaning terisi ham yumshoq bo‘ladi. Agar qattiqroq joyga yotqizilsa yoki ta’sir o‘tkazilsa muskul yumshoqligi va o‘ta nozikligi uchun terida iz qoladi. Shuning uchun yangi tug‘ilgan go‘dak ehtiyotkorlik bilan yuvintiriladi va ehtiyotkorlik bilan ushlanadi. Chaqaloqning 20 kun o‘tgach terisi taranglasha boshlaydi. Go‘dakning yashash sharoitiga qarab suyak va muskullari o‘sib boradi. Agar go‘dak ko‘p yotsa, bosh suyagi hamshunga mos ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun go‘dak uxlaganda bir maromda uxlashi kerak. Agar go‘dak ovqatlanish jarayonida noto‘g‘ri ushlansa yoki yotsa suyak sistemasi noto‘g‘ri rivojlanib qolishi mumkin. Chunki go‘dak suyagida mineral moddalar unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Bolaning suyak va muskullari bilan uning suyak sistemasi uning uxlash jarayoniga bog‘liq. Bola yurishni o‘rganayotganda ham goh o‘ng, goh chap qo‘lidan ushlab unga yordam berish kerak. Shundagina suyak sistemasini nuqsonlardan saqlash mumkin. Bolaning suyak va muskullari uning barcha organlari, shu jumladan bolaning og‘irligi 2800 gr dan 3500 gr gacha, uning bo‘yi 48 sm dan 52 sm gacha bo‘ladi, bu xususiyatlar faqat yaxshi tug‘ilgan bolalarga xosdir. Yangi tug‘ilgan bolaning suyagini ohak va boshqa tuzlar kam bo‘lib, u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iborat bo‘ladi, bosh suyaklar 2-3 oylik bo‘lgandagina tutashadi. Yangi tug‘ilgan bolani kalla suyagi ham yaxshi qotmagan bo‘lib, u asosan tog‘aydan iborat bo‘ladi, uning oldingi qismida peshona liqildog‘i va orqa qismida ensa liqildog‘i bo‘ladi. Liqildoqlarning biri 2-3 oy mobaynida, 2 –si 12-14 oylik bo‘lganda tutashib bitib ketadi.


  1. Go`dakning muloqotga kirishishi.


Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak Yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida ta­raqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ilk Yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi.
Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu Yoshdagi bolalarning asosiy etakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.

Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.


3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir Yoshga etgan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.

Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling