Charm buyumlarnikonstruksiyalash fanidan S12 20 guruh talabasi Komilov Abdulxamidning taqdimot slaydi


Poyabzalning ichki o‘lchami va shakli


Download 0.62 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1019963
1   2   3   4
Bog'liq
Charm buyumlarnikonstruksiyalash fanidan S12 20 guruh talabasi Komilov

 

Poyabzalning ichki o‘lchami va shakli

  • Oyoq kiyimlarining qulayligi uning ichki o‘lchamlari va shakli bilan belgilanadi. O‘z navbatida, tayyor poyabzalning ichki o‘lchamlari va shakli u ishlab chiqarilgan qolipning kattaligi va shakli bilan belgilanadi. Agar oyoqdan gipsli nusxa olingan qolipda poyabzal tayyorlansa, unda bunday poyabzal kiyish uchun yaroqsiz bo‘ladi, chunki uning uzunligi juda kichik va ko‘ndalang o‘lchamlari katta bo‘ladi. Qolipning shakli va o‘lchamlariga kiritiladigan o‘zgarishlarning miqdoriga, oyoqning anatomik va fiziologik tuzilishi va yurish paytida uning o‘lchamlarining o‘zgarishi ta`sir qiladi.
  • Agar yurish paytida oyoq uzunligi 10-12 mm ga oshganini hisobga oladigan bo‘lsak, poyabzal uzunligi bo‘yicha oyoq uzunligidan 2P qo‘shimcha miqdorida ko‘proq tanlanishi kerak. Bu qoshimcha yurish paytida oyoq barmoqlarining harakati uchun minimal qo‘shimcha Pmin = 10 mm va poyabzalning tumshuq qismini qisqartirish va uzaytirish uchun moda bilan bog‘liq estetik talablar dekorativ Pdek larning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi (2.1-rasm).
  • Poyabzalning ichki o‘lchamlari uning raqami bilan belgilanadi (uzunligi va hajmi). Poyabzalning razmeri uning uzunligini, to‘lalik esa, uning hajmiy ko‘rsatkichini ko‘rsatadi, ya`ni tutam qismi aylanasi. Oyoq kiyimlarining kattaligi uning raqamlash tizimiga bog‘liq. Bir nechta poyabzal raqamlash tizimlari mavjud. Eng keng tarqalgan: metrik (1961 yildan foydalanishda), shtixmas va dyuym (ingliz va Amerika). Iso 3355 xalqaro standartiga muvofiq, boshqa mamlakatlar ham metrik tizimga o‘tmoqda, chunki u shtihmasga qaraganda bir nechta afzalliklarga ega: qolipning chiziqli va hajmiy o‘lchamlari bir xil o‘lchov birliklariga ega, poyabzal o‘lchamlari va paypoq o‘chamlari moc keladi. Eng muhimi, metrik tizim uzunlik o‘lchamlari oralig‘ini qisqartirish va to‘liqlik o‘lchamlarini kattalashtirish hisobiga poyabzal juftlari bilan aholini yanada koproq qismini ta`minlashga imkon beradi.

Poshna balandligi va qolipning tovon ko‘tarinkilik balandligi to‘g‘risida tushuncha

  • Poyabzal ichki shaklini loyihalash jarayoni, muhandis-loyihachi-texnologlarning faoliyatidagi, yangi mahsulot – biologik va texnik masalalarni hal qilish bilan bog‘liq iste’mol, konstruktiv, texnologik va estetik talablarga javob beradigan poyabzal qolipini yaratishga qaratilgan, turli loyihalash ishlarini o‘z ichiga oladi.
  • Oyoq kiyimlarining ichki shakliga iste’mol va estetik talablar uning vazifasi bilan belgilanadi. Bu talablar oyoqning risoladagidek ishlashini, uning qulayligini ta'minlaydi va bezak elementi sifatida xizmat qiladi.
  • Poyabzal ichki shaklini ishlab chiqishda funktsional xususiyatlardan birinchi navbatda ergonomik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Chunki, poyabzal ichki shakli oyoq panjasi shakli va o‘lchamlariga mos kelishi oyoq kiyimining qulayligini ta`minlaydi. Poyabzalning qulayligi loyihachi tomonidan oyoq panjasi shakli va o‘lchamlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini, oyoq panjasi anatomiyasini, fiziologiyasini, biomexanikasini va qolip tayyorlash ko‘nikmalarini qay darajada qo‘llashiga bog‘liq.
  • Poyabzal qolipi oyoq pahjasining aynan shaklini anglatmaydi, u moda va estetik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladi. Loyihachi esa, oyoq panjasining haqiqiy shakli va o‘lchamlari bilan qolip shakli o‘rtasidagi kompromiss echimni topa bilishi kerak. Poyabzalning shunday shakl va o‘lchamlariga ta`sir etuvchi omillardan biri bu poshnaning balandligi. Poshna balandligi poyabzal shakliga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta`sir etadi.
  • Oyoq konturi (2.2-rasm, punktir chiziqda) izning barmoq qismi tayanchda (tekis HH) joylashgan, tovon qismi esa ko‘tarilgan. Tutamdagi oyoqning egilishi bilan markaz birinchi kaft suyagining boshchasi o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (Xc=0,73L, Zc = 0,09L), shuning uchun uning HH chizig‘idagi proektsiyasi izning tutam qismidagi tayanch markazi uchun qabul qilinadi. Eng yaxshi burilishni ta'minlash uchun poyabzalning oyoq qismi poyabzal turiga va Bp ning tovon qismining balandligiga qarab, tayanch chizig‘idan Bh qiymatiga ko‘tarilishi kerak

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling