Charm buyumlarnikonstruksiyalash fanidan S12 20 guruh talabasi Komilov Abdulxamidning taqdimot slaydi


Download 0.62 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1019963
  1   2   3   4
Bog'liq
Charm buyumlarnikonstruksiyalash fanidan S12 20 guruh talabasi Komilov

Charm buyumlarni konstruksiyalash fanidan S12 20 guruh talabasi Komilov Abdulxamidning taqdimot slaydi

Reja:

  • Poyabzalning konstruktiv tavsifi
  • Poyabzalning ichki o‘lchami va shakli
  • Poshna balandligi va qolipning tovon ko‘tarinkilik balandligi to‘g‘risida tushuncha
  • Poyabzal o‘lchov assortimenti va o‘lchovlar tizimi

mAvzu:Loyiha asosida qo’njsiz, tufli va etiklar namunasi yoki maketini yaratish

Poyabzalning konstruktiv tavsifi

  • Poyabzal — oyoq kiyimi. Oyoqni issiq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi. Ibtidoiy odamlarni tabiat noqulayliklari (issiq-sovuq, yomgʻir-qor, chang-toʻzon, tikanak kirishi, chagʻir tosh botishi, ilonchayon chaqishi va boshqalar) oyoqlarini biron-bir narsa bilan himoya qilishga majbur qilgan. Ular qayerda (issiq yoki sovuq oʻlkalarda, seryogʻin yoki qurgʻoqchil joylarda, pasttekisliklar va togʻli joylarda) yashashlariga qarab, yalang oyoq yurishgan, chipta kavush, choriq, yogʻoch, kigiz, charm yoki moʻyna poyabzal kiyishgan. Ularni toʻqish, yoʻnish va tikish usullari asta-sekin takomillashtirilib borilgan. Masalan, ilgari Oʻrta Osiyo xalqlari, asosan, etik, maxsi, kavush kiyishgan. Poyabzal, asosan, qoʻlda tikilgan. Keyinchalik (19-asr oʻrtalaridan), botinka, tufli, sandal, shippak, piyma, kalish, sport poyabzallari, tibbiy, harbiy va maxsus ish poyabzallari kiyish rasm boʻldi. Erkaklar poyabzali — mardona, ayollar poyabzali zaifona, bolalar poyabzali — bachkana deb atalgan. Hozir poyabzal tikishga oid deyarli barcha jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan, lekin qoʻlda tikish usullari ham saqlanib qolgan.
  • Poyabzal asosan, ustki va tag-charmdan iborat. Ustki boʻlaklar ipli chok bilan biriktirilsa, tanovar (charm, gazlama, sunʼiy charm zagotovka) hosil boʻladi. Tagcharmga charm, rezina, plastmassacharm, yogʻoch ishlatiladi. Tagcharm boʻlaklari poshna, patak, naboyka va boshqa shaklda qoʻdda (tigʻ bilan) yoki maxsus presslarda kesiladi. Sunʼiy charm boʻlaklari poyabzal korxonasiga tayyor holda keltiriladi.

a
b
d
e
2.2-rasm. Poyabzal ustki tashqi detallari: a – betligi ustidan tikiladigan botinka; b – qayiqcha-tufli; d – etik; e – oyoq panjasiga maxsus mahkamlagichi yo‘q tufli.
Oyoq kiyimlarining tashkil etuvchi detallari ustki va tag qismlarga bo‘linadi. Muayyan ketma-ketlikda bir-biriga bog'langan ustki qismlar poyabzalning tanavor qismini tashkil qiladi va oyoq panjasining orqa yuzasida joylashadi. Tag qismlar poyabzalning tanavoriga muayyan ketma - ketlikda biriktirilib, oyoqning patja izi (plantar) qismi ostida joylashadi. O‘z navbatida, barcha ustki va tag detallarr tashqi, ichki va oraliq detallarga bo‘linadi. Oyoq kiyimlari detallarining shakli va o‘lchamlari turlicha, ammo ular orasida poyabzal turi va tuzilishini aniqlaydigan eng tipiklari mavjud.
Poyabzal ustki detallari. Ustki (tanavor) sirtqi detallarga quyidagilar kiradi (2.2-rasm): 1-tumshuq, 2-betlik, 3-dastak, 4-tilcha, 5-gulchin, 6-tashqi orqa tasma, 7-tikuv tasmasi, 8-qo‘nj, 9-

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling