Chdpu akademik litseyi 1222 guruh o, quvchisi
AFRIKA MAMLAKATLARIDAMILLIY UYGONISH VA MUSTAQILLIK GOYALARINING PAYDO BOLISHI
Download 36.04 Kb.
|
сабохат мустакил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tropik Afrika.
AFRIKA MAMLAKATLARIDAMILLIY UYGONISH VA MUSTAQILLIK GOYALARINING PAYDO BOLISHI.
Afrika qit’asini keng ma’noda ikkita mintaqaga bo‘lish mumkin: Shimoliy va Tropik Afrika. Afrika qit’asining shimoliy qismi arabislom sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Bu hudud doim Yaqin Sharqqa intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi. Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan. Misr. 1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilin gan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi. 1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kirit ildi. Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birin chi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oralig‘ida Jazoirda – Farhod Abbos, Tunisda – Habib Burg‘iba, Marokashda – Abdul Karim boshchili gida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi arab xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, fran suz armiyasi safi ga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lub iyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi. Liviya. Birinchi ja hon urushi dan keyin Ita liya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadl ari Italiya qo‘shin lariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qars hil ik harakati bosti rilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Li viya Italiyaning mus tamlakasiga aylantirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari Italiya Liviyaning qulay strategik joylashu vidan foydalandi: portlar, aerodromlar, yo‘llar qu ril di. Mamlakat hudu di urush harakatlari may doniga aylandi. Tropik Afrika. Yaqingacha ko‘p chilik yevropaliklar Afrika tarixini nazar-pisand qilmasdan, bu tarix umuman bo‘lmagan deb hisoblardi. XX asr ning boshla rigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazar id a faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi. Download 36.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling