Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki


Download 48.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi48.87 Kb.
#1441723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muddatli depozit

Bankning majburiyatlari: 
2.2.1. Depozitor nomiga muddatli depozit hisobvarag‘i ochadi. 
2.2.2. Depozitor tarafidan joylashtirilgan depozitni butligini taʼminlaydi. 
2.2.3. Depozitdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan foizlarni hisoblash Oʻzbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 764-moddasi va “Tijorat banklarda foiz hisoblash 
tartibi toʻgʻrisida”gi (A.V. 1306-son 30.01.2004-y.) Nizomga asosan amalga oshiriladi. 
 



2.2.4. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati davomida depozitorga depozit 
boʻyicha foizlarni har oyda, oyning oxirgi kunini hisobga olgan holda hisoblab boradi 
va keyingi oyning 5 (besh) bank ish kuni davomida toʻlab boradi. Agar toʻlovlarni 
oʻtkazish kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan 
holda toʻlab berilishi lozim. 
2.2.5. Bank depozit bo‘yicha hisoblangan foizlardan daromad soligʻini Oʻzbekiston 
Respublikasi amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarda belgilangan miqdorda 
ushlab qolgan holda o‘tkazib boradi. 
2.2.6. Mazkur Shartnomaning 1.1. bandida keltirilgan muddat tugagach depozit 
summasi va qolgan foizlarini depozitorning hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Agar toʻlovlarni 
oʻtkazish kuni dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa keyingi bank ish kunidan 
kechiktirmagan holda oʻtkazib beradi. 
2.2.7. Depozitni toʻliq yoki qisman muddatidan oldin olish boʻyicha depozitordan 
talabnoma olingan taqdirda, bank bunday talabnoma olingan sanadan bir oydan kam 
boʻlmagan muddatda depozitorga depozit summasini toʻliq yoki bir qismini 
talabnomaga muvofiq holda va foizlarni mablagʻdan foydalangan davr uchun yilda 365 
(uch yuz oltmish besh) kun hisobidan kelib chiqadigan yillik 2% (ikki foiz)dan hisoblab 
oʻtkazadi. Bunda depozit uchun avval utkazilgan foizlar qayta hisob-kitob qilinib, 
asosiy depozit summasidan ushlab qolinadi. 
Bank tomonidan kreditlar, mikroqarzlar va lizing boʻyicha qarzdorliklarni soʻndirish 
uchun depozit mablagʻlari toʻlaligacha yoki qisman ushbu shartnomada kelishilgan 
depozitni qaytarish muddati kelgunga qadar depozit hisobraqamidan hisobdan 
chiqarilganda, unga foizlar ushbu shartnomaning mazkur bandiga asosan, muddatidan 
oldin qaytarilayotgan mablagʻlar uchun belgilangan shartlarda toʻlab beriladi. 
Depozitni qisman muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, depozitni qaytarish amaliyoti 
amalga oshirilgan kundan keyingi kunning boshlanishi holatiga, amalda qolgan qismiga 
nisbatan foizlar yilda 365 (uch yuz oltmish besh) kun hisobidan kelib chiqadigan yillik 
_____% (_______________ foiz)dan hisoblanadi. 
2.2.8. Depozit mablagʻi toʻliq yoki qisman muddatidan oldin bankning tashabbusi bilan 
qaytarilgan taqdirda, muddatidan avval qaytarilgan summaga nisbatan mazkur 
shartnomaning 1.2. bandida belgilangan miqdorida haqiqatda foydalangan kunlar uchun 
foizlar hisoblagan holda oʻtkaziladi.
Depozitni qisman muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, depozitni qaytarish amaliyoti 
amalga oshirilgan kundan keyingi kunning boshlanishi holatiga, amalda qolgan qismiga 
nisbatan foizlar yilda 365 (uch yuz oltmish besh) kun hisobidan kelib chiqadigan yillik 
_____% (_______________ foiz) dan hisoblanadi. 
2.2.9. Depozitorning yozma soʻrovnomasiga asosan toʻlov manbaidan ushlab qolingan 
soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani depozitorga taqdim etadi. 
2.2.10. Bank tomonidan depozitorning depozit boʻyicha amaliyotlar toʻxtatib 
qoʻyilganda, bank amaliyot toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan 
kechiktirmagan 
holda 
depozitorga 
uning hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish 
toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma (maʼlumotnoma) yuboradi. 
2.2.11. Bank tomonidan kreditlar, mikroqarzlar va lizing boʻyicha qarzdorliklarni 
soʻndirish uchun depozitdan mablagʻlar depozitorning topshirigʻisiz hisobdan 
chiqarilganda, bank ushbu mablagʻ hisobdan chiqarilgan sanadan boshlab keyingi ish 
kunidan kechiktirmagan holda depozitorga uning hisobvaragʻidan qancha miqdordagi 
mablagʻ qanday sabablarga asosan va kimning foydasiga chiqarilganligini koʻrsatgan 
holda xabarnoma (maʼlumotnoma) yuboradi. 




Download 48.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling