Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki
Download 48.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Muddatli depozit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank quyidagi huquqlarga ega
3.
TARAFLARNING HUQUQLARI 3.1. Depozitor quyidagi huquqlarga ega: 3.1.1. Depozitor depozitni toʻliq yoki qisman shartnomada koʻrsatilgan muddatga kadar muddatidan oldin qaytarib olish. Bunda bank depozitorga depozitni amalda joylashtiriligan muddat uchun foizlarni mazkur Shartnomaning 2.2.7. bandida keltirilgan shartlarga asosan toʻlab beradi. 3.1.2. Bankning tashabbusi depozit toʻliq yoki qisman muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda muddatidan avval qaytarilgan summaga mazkur shartnomaning 1.2.-bandida belgilangan foiz miqdorida depozitdan haqiqatdan foydalanilgan kunlar uchun foizlarni olish. 3.1.3. Bank tomonidan depozitorning depozit hisobvaragʻi boʻyicha amaliyot toʻxtatilganida va depozitorning topshirigʻisiz hisobidan mablagʻ chiqarilganida __________________________________________ vositasi orqali xabarnoma olish. 3.2. Bank quyidagi huquqlarga ega: 3.2.1. Mazkur shartnomani shartlarini oʻzgaritirish boʻyicha taklif bilan depozitorga murojaat qilish. Mazkur shartnoma shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlar depozitorning roziligi va shartnomaga qoʻshimcha kelishuv boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. 3.2.2. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarga muvofiq depozitordan lozim darajada tekshirish va operatsiyaga doir tegishli hujjatlarni talab qilib olish. 3.2.3.Mazkur shartnomaning 3.2.2 bandida nazarda tutilgan hollarda mijoz tomonidan Bankka zarur boʻlgan maʼlumotlar/hujjatlarni taqdim etmaslik, bajarmaslik, boʻyin tovlash kabi holatlar yuz berganda bank moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga, voz kechishga va bekor qilishga haqlidir 4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI 4.1. Mazkur shartnomada boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi. 4.2. Mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz muddatida amalga oshirilmagan taqdirda, toʻlovni kechiktirgan taraf toʻlovlar kechiktirilgan har bir kun uchun asosiy qarz summasining 0,05% miqdorida penya toʻlaydi, lekin toʻlanishi lozim boʻlgan summaning 10% foizidan oshmasligi lozim. 4.3. Penyalarni toʻlash taraflarni mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling