Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish
CHet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari
Download 267.5 Kb.
|
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.
CHet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari
FPKning 386-391-moddalarida belgilanganidek, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi, ammo fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va respublika fuqarolari bilan bir qatorda fuqarolik protsessual huquqlardan foydalanadilar. CHet el korxonalari va tashkilotlari ham O‘zbekiston Respublikasi sudlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar va o‘zlarining manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessual huquqlaridan foydalanadilar. CHet davlatlarda O‘zbekiston fuqarolarining protsessual huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini e’tiborga olib, fuqarolik sud ishlarini yuritish fuqarolarning, korxona yoki tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquqlarini maxsus cheklagan davlatlarga javoban qonun ularning fuqarolariga, korxona va tashilotlariga nisbatan ham shunday cheklashlarni belgilashi mumkin. Bu qonunga muvofiq chet el davlatlariga da’vo qo‘zg‘atishga, da’voni ta’minlashga va chet davlatning Respublikadagi mulkidan haq undirishga faqat tegishli davlatning vakolatli organlari ruhsati bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin. CHet davlatlarining Respublikadagi diplomatik vakillarini hamda tegishli qonunlar va bitimlarda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarni fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sudiga chaqirishga faqat xalqaro huquq normalarida yoki tegishli davlatlar bilan birga bo‘lgan bitimlarda belgilangan doiralardagina yo‘l qo‘yiladi. Diplomatlar sud ishlari bo‘yicha guvohlik berishga majbur emaslar. Xorijiy davlatlarining va ularning vakillarining yuqorida ko‘rsatilgan huquqlari va imtiyozlari Respublikada bakamtilik shartlari bilangina, ya’ni huddi shunday huquq va imtiyozlar o‘sha davlatlarda O‘zbekiston davlatiga va uning vakillariga berilganidagina ta’minlanadi. Aks holda Respublika Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan o‘sha davlatga, uning mulkiga yoki o‘sha davlat vakiliga nisbatan shunday javob choralari ko‘rishi mumkin. CHet el sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining chet el sudlariga topshiriq bilan murojaat qilish tartibi FPKning 390-moddasida belgilangan. Bu qonunda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasi sudlari chet el sudlarining ayrim protsessual harakatlarni (chaqirik xatlari va boshqa hujjatlarni topshirish, taraflar va guvohlarni so‘roq qilish, ekspertiza o‘tkazish, joyiga borib ko‘rish va boshqalarni) bajarish to‘g‘risida belgilangan tartibda bergan topshiriqlarini ijro qiladilar. Bunday topshiriqlarni ijro etish O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga zid keladigan yoki O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga taxdid soladigan; topshiriqni ijro etish sudning huquq doirasiga kirmaydigan holatlar mustasnodir ya’ni ijro etilmaydi. CHet el sudlarining ayrim protsessual harakatlarni ijro etish to‘g‘risidagi topshiriqlari O‘zbekiston qonunlari asosida bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi sudlari chet el sudlariga ayrim protsessual harakatlarni ijro etish to‘g‘risida topshiriq bilan murojaat qilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining sudlari chet el sudlari bilan munosabatda bo‘lish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan belgilanadi. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling