Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish
Download 267.5 Kb.
|
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. CHet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari 3. Huquqiy yordamlar 4. Xalqaro shartnoma
- CHet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish
CHet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi. Reja: CHet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish 2. CHet el fuqarolarining va tashkilotlarining fuqarolik protsessual huquqlari 3. Huquqiy yordamlar 4. Xalqaro shartnoma 5. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. CHet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish O‘zbekiston Respublikasida chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan tuzgan tegishli bitimlari bilan belgilanadi. CHet el sudi yoki arbitrajining hal qiluv qarori shu hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil ichida majburiy ijroga topshirilishi mumkin. Ijro etiladigan qarorlar protsessual qonunga muvofiq chiqarilgan bo‘lishi kerak (FPKning 391-modddasi). Sud qarorlarining majburiy ravishda ijro etilishini so‘rab berilgan iltimosnomada tubandagilar: 1-dan, haq undiruvchining nomi, agar iltimosnoma vakil tomonidan berilsa-bu vakilning nomi, doimiy yoki vaqtincha turar joyi; 2-dan, qarzdorning nomi va uning doimiy yoki vaqtincha turar joyi; 3-dan, qarorning majburiy ravishda ishro etishga ruhsat berilishi to‘g‘risida haq undiruvchining iltimosi ko‘rsatiladi. Iltimosnomaga tubandagicha hujjatlar: 1-dan, sud qarorining to‘la matni; 2-dan, agar qaror mazmunidan ma’lum bo‘lmasa, qarorning qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjat; 3-dan, protsessda ishtirok etgan javobgarga sudga chaqirish to‘g‘risidagi xatning topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat; 4-dan, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning tasdiqlangan tarjimalari, shuningdek, iltimosnomaning tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, har bir shaxs biron-bir davlatning fuqarosidir. Ma’lum bir davlat fuqarosining huquqiy erkinliklari, burchlari o‘sha davlat nomidan bayon etiladi, bu davlatning tegishli qonunlarida mustahkamlanib qo‘yiladi va zarur siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, va hatto, harbiy vositalar bilan muhofaza qilinadi. Fuqarolik – shaxsning huquqiy maqomi sifatida qator belgilarga ega. U, birinchidan, shaxsning ma’lum bir davlatga mansubligini bildiradi. Ikkinchidan, bu mansublik davlat bilan o‘sha shaxs, fuqaro o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy bog‘liqlikni, aloqani bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun fuqaroviylik munosabatlarini bevosita tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun hisoblanadi. Respublikada fuqarolik bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun-hujjatlar mavjud: A) 1992 yil 20 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq munosabatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqidagi Nizom”; B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom”; V) O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23 dekabrdagi Farmoni bilan qabul qilingan “Xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizom”; G) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olishni hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999 yil 27 fevralda qabul qilingan Qarori. YUqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirliklarining fuqaroviylik munosabatlardagi ayrim juz’iy masalalar bo‘yicha tushuntirishlari, qo‘llanmalari ham mavjud. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling