Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish


CHet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish


Download 267.5 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1408836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.

CHet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Xalqaro huquqda barcha yoki ko‘pchilik davlatlar tomonidan tan olingan bir qator prinsiplar va normalar mavjudki, ular xalqaro huquqning umumiy normalari, umumiy, universal prinsiplari va xalqaro huquqning normalari deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi nomidan (davlatlararo shartnomalar), O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan (hukumatlararo shartnomalar), vazirliklar va idoralar nomidan (idoralararo xususiyatga ega bo‘lgan shartnomalar) tuziladi.
Xalqaro shartnoma - bu ikki yoki bir necha davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan bitim (konvensiya, pakt, deklaratsiya, shartnoma va h.k.) bo‘lib, ishtirokchilarning siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlarida o‘zaro majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish va tugatishni nazarda tutadi.
CHet el sudlari va arbitrajlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etishning xususiyati shundan iboratki, bu jarayon nafaqat milliy qonunchilik normalari bilan, balki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalari bilan ham tartibga solinadi. CHet el sudlari va arbitrajlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘g‘ri va aniq ijro etish uchun nafaqat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalarining talablari, balki ishitrokchi mamlakatlarning bir biriga fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ko‘p taraflama, xuddi shuningdek, ikki taraflama xalqaro shartnomalar talablari ham hisobga olinadi.
CHet el sudlarining qarorlari deyilganda, fuqarolik ishlari bo‘yicha qarorlar, jinoyat ishlari bo‘yicha hukmlarning jinoyat oqibatida etkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi qismi, shuningdek agarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, chet davlat boshqa organlarning hujjatlari tushuniladi.
CHet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
CHet el sudining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agarda O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror kuchga kirgandan so‘ng uch yil davomida ijroga topshirilishi mumkin.
Ijro hujjatlarini ijro etishda shuni nazarda tutish kerakki, chet davlatga qarashli bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash va unga nisbatan da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni qo‘llashga, xo‘jalik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
CHet el sudining qarorini ijro etishdan avval, u tan olinishi kerak. CHet el sudining qarorini tan olish va ijro etish tartibi milliy qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamjamiyati a’zosi bo‘lgan davlatlar tomonidan imzolangan “Huquqiy yordam va fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya ishtirokchisidir. Ko‘rsatilgan Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 1994 yil 6 mayda ratifikatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 19 maydan boshlab kuchga kirgan. Konvensiya mazkur Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarning fuqarolari va ularning hududida yashayotgan Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan boshqa davlatlarinng fuqarolariga, xuddi o‘zlarining fuqarolariga berilgani singari, shaxsiy va mulkiy huquqlarini huquqiy himoya qilish kafolatini berish, shuningdek fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha adliya muassasalarining huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi hamkorligini kuchaytirish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Konvensiyaga muvofiq SHartlashayotgan Taraflarning har biri boshqa SHartlashayotgan Tarafning hududida chiqarilgan quyidagi qarorlarni tan oladi va ijro etadi:
- fuqarolik va oila ishlari bo‘yicha adliya muassasalarining (sudlar) qarorlarini, shu jumladan ko‘rsatilgan ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi va pul majburiyatlariga nisbatan notarial aktlar (bundan buyon matnda - qarorlar deb yuritiladi);
- jinoyat ishlari bo‘yicha zararni undirish haqida sud qarorlari.
CHet el sudining yoki arbitrajning qarorini majburiy ijro etishga ruxsat berishlik haqidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi vakolatli sudiga beriladi. Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) qaror yoki uning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxasi, qarorning qonuniy kuchga kirganligi va ijro etilishi kerakligi haqida yoki qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar ijro etilishi kerakligi to‘g‘risida rasmiy hujjat;
b) qaror kimning zarariga chiqarilgan bo‘lsa, agar u ishni ko‘rish protsessida ishtirok etmagan bo‘lsa, u tegishli tartibda va o‘z vaqtida sudga chaqirilganligini tasdiqlovchi hujjat, u protsessual layoqatga ega bo‘lmagan holda uning manfaatlari vakil tomonidan himoya qilinishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
v) agar qaror qisman ijro etilgan bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat;
g) sudga tegishlilik taraflar o‘rtasida kelishuv bilan belgilangan bo‘lsa, taraflar o‘rtasidagi kelishuvni tasdiqlovchi hujjat.
Qarorni majburiy ijro etishga ruxsat berish haqida iltimosnoma va unga ilova qilinayotgan hujjatlar o‘zbek tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinib, tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalar bilan birga yuborilishi kerak.
Ko‘rsatilgan Konvensiyaning 54 - moddasida qarorlarni tan olish va majburiy ijro etish tartibi belgilangan:
1. Qarorlarni tan olish va majburiy ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnoma, qaror SHartlashayotgan Taraflarning qaysi birining hududida majburiy ijro etilishi kerak bo‘lsa, shu tarafning sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2. Qarorni tan olish va majburiy ijro etish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqayotgan sud Konvensiyada nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tekshirish bilan chegaralanadi. Agarda Konvensiya shartlariga rioya etilgan bo‘lsa, sud majburiy ijro etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
3. Majburiy ijro etish tartibi hududida majburiy ijro amalga oshirilishi kerak bo‘lgan SHartlashuvchi Tarafning qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Konvensiyaning 55 - moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qarorni tan olishni va ijro etishini rad etish mumkin.
Quyidagi holatlarda qarorni tan olish va majburiy ijro etishga ruxsat berish rad qilinishi mumkin, agarda:
a) hududida qaror chiqarilgan SHartlashuvchi Tarafning qonunchiligiga ko‘ra, qaror qonuniy kuchga kirmagan va ijro etilmasligi kerak bo‘lsa, bundan qaror qonuniy kuchga kirguncha ijro etilishi kerak bo‘lgan hollar mustasno;
b) javobgar unga yoki uning vakiliga o‘z vaqtida va tegishli tarzda sudga chaqiruv qog‘ozi topshirilmaganligi tufayli, sud protsessida ishtirok etmagan bo‘lsa;
v) qaror tan olinishi va ijro etilishi lozim bo‘lgan SHartlashuvchi Tarafning hududida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki uchinchi davlat sudining tan olingan qarori bo‘lsa, yoxud shu SHartlashuvchi Tarafning muassasasi tomonidan ilgari shu ish bo‘yicha ish yuritish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
g) Konvensiya qoidalariga ko‘ra, unda nazarda tutilmagan hollarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi lozim bo‘lgan SHartlashuvchi Tarafning qonun hujjatlariga ko‘ra ish uning muassasalari mutloq vakolatiga kirsa;
d) kelishilgan sudlovga tegishli ishlar yuzasidan taraflar o‘rtasida bitim mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmasa;
e) majburiy ijro etish muddati, hududida majburiy ijro etish amalga oshiriladigan davlatning qonun hujjatlariga ko‘ra, o‘tib ketgan bo‘lsa.
O‘zbekiston hududida chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish yuqorida ko‘rsatilgan Konvensiyadan tashqari O‘zbekiston Respublikasining boshqa ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalari bilan xam tartibga solinadi.


    1. Download 267.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling