Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish
murojaat — fuqaro, jamoa, mansabdor va boshqa shaxsning yozma yoki og‘zaki shaklda bayon qilingan arizasi, taklif yoki shikoyati; ariza
Download 267.5 Kb.
|
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.
murojaat — fuqaro, jamoa, mansabdor va boshqa shaxsning yozma yoki og‘zaki shaklda bayon qilingan arizasi, taklif yoki shikoyati;
ariza - fuqaroning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosi bayon etilgan murojaat; taklif - fuqaroning prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat; shikoyat - fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaat; murojaatning dublikati - bir shaxs tomonidan aynan bir masala yuzasidan berilgan murojaatning nusxasi; takroriy murojaat - avvalgi murojaat bo‘yicha qabul qilingan qarordan norozi bo‘lib, bunday qarorni qabul qilib javob bergan prokuratura organiga aynan bir shaxsning aynan bir masala yuzasidan qayta murojaatidir. Surishtiruv organi sifatida sud qarorlarini ijro etish departamenti, surishtiruvchilarning ish yurituvidagi surishtiruv ishlariga oid hamda materiallarni hal qilish bilan bog‘liq harakatlari va qarorlari, shuningdek, sudlarning qarorlari yuzasidan tushgan shikoyatlar tegishlicha jinoyat-protsessual, fuqarolik yoki xo‘jalik protsessual qonunchiligida ko‘zda tutilgan muddat va tartibda hamda vakolatlar doirasida ko‘rib chiqiladi. Fuqaroning familiyasi, manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. Bunday hollarda ariza yoki shikoyatning anonim ekanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzilib, u bo‘yicha ish yuritish tugatiladi. Hal etilishi nazoratga olingan murojaat anonim ekanligi aniqlansa, murojaatni yuborgan organga murojaat O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga asosan ko‘rilmasdan qoldirilganligi haqida xabar beriladi. Agar anonim murojaatlarda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar haqida ma’lumotlar bo‘lsa, ularning ishonchliligini tezkor yo‘llar bilan aniqlash uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Fuqarolarning g‘ayriqonuniy xususiyatdagi murojaatlari yuzasidan qonunda belgilangan choralar ko‘riladi. Murojaatlar belgilangan muddatlarda, to‘liq, har tomonlama va holisona ko‘rib chiqilib, qonuniy hal qilinishi lozim. Murojaatlarni to‘liq va holisona hal etilishini ta’minlash maqsadida zarur hollarda tekshirishlarga tegishli mutaxassislar hamda murojaat mualliflari yoki ularning qonuniy vakillari talab etilishi mumkin. Murojaatlarda bayon qilingan vajlarni tekshirish jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlar, tegishli me’yoriy hujjatlar, harakati ustidan shikoyat qilayotgan mansabdor yoki boshqa shaxslarning tushuntirishlari talab qilib olinadi. Tekshirish natijasiga ko‘ra ma’lumotnoma tuzilib, murojaat etgan shaxsning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarinn to‘la yoki qisman tiklash choralari ko‘rilsa - qanoatlantirish, murojaatda bayon qilingan vajlar tasdiqlanmasa - rad etish yoki huquqiy masalalar bo‘yicha qonun talablarini tushuntirish to‘g‘risida to‘xtamga kelinadi va qonun bilan belgilangan muddatlarda arizachiga ma’lum qilinadi. Murojaatlar, agar ularda bayon qilingan masalalar qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va muallifga yozma shaklda javob berilgan bo‘lsa, hal qilingan deb hisoblanadi. Xulosa. Xorijiy davlatning sudlari tomonidan berilgan topshiriqni bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi sudi, agar bunday topshiriq O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga xilof bo‘lmasagina, mazkur davlatning protsessual huquq normalarini tadbiq etishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha chet davlat fuqarolari yoki xorijiy korxonalar va tashkilotlar fuqarolik ishlarida qatnashganlarida ish yuritishning asosiy masalasini-xorijiy davlatning moddiy huquqiy normasi to‘g‘risida masala bo‘ladi. Xorijiy davlatlarning fuqarolari va tashilotlari ishtirok etgan fuqarolik ishlarini hal qilish uchun chet mamlakatlarning moddiy huquq normalarining tadbiq etilishi asoslari va shartlarini, ularning mazmunini aniqlash tartibini protsessual normalarning tadbiq etilishini, bu normalarning noto‘g‘ri tadbiq etilishining protsessual oqibatlarini bilish zarur. CHet el fuqarolari va tashkilotlari ishtirok etgan fuqarolik ishlarini hal qilishda sud qonunga muvofiq chet el huquq normalarini ham tadbiq etadi. Agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok qilgan xalqaro shartnomada yoki xalqaro bitimda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan qoidalarga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi hududida ham huddi yuqoridagi qoida-xalqaro shartnoma qoidalari tadbiq etiladi. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling