Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish


Download 267.5 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1408836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.

Huquqiy yordamlar
Har bir davlatning yustitsiya organlari o‘z faoliyatlarini o‘z mamlakatlari doirasidagina to‘la hajmda amalga oshirishlari mumkin. CHet mamlakatlarda protsessual harakatlarning qaysi mamlakat hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lsa, faqat shu mamlakat davlatining roziligi bilangina va uning huquqiy tashkilotlari yordami bilangina amalga oshirishlari mumkin.
CHet davlat fuqarolari va yuridik shaxslari boshqa davlatning sud organlarida harakat qilishlarida shartnoma yoki bitimlar asosida huquqiy yordam oladilar.
Huquqiy yordam deganda shaxsiy va mulkiy huquq, oila va vorislik huquqi normalari, chet davlat fuqarolari yoki korxonalari va tashkilotlari ishtirok etayotgan ishlarning biron-bir tashkilotga yoki sudga taalluqli bo‘lishligi, mulkiy nizolar hamda nomulkiy xarakterdagi ishlar bo‘yicha huquqlarning tan olinishi va sud qarorlarining ijro etilishini tartibga soladigan normalar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa chet davlatlar o‘rtasida huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi o‘z ichiga: birinchidan, fuqarolik, oilaviy ishlar va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tuzilgan shartnomalarni; ikkinchidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro bitimlar tuzmagan davlatlarning sudlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha beriladigan topshiriqlarni; uchinchidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud topshiriqlarini bajarish to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarni oladi.
Fuqarolik, oilaviy ishlar va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordamlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar barcha hamdo‘stlik davlatlar bilan tuzish uchun tadbirlar belgilanmoqda. Hamdo‘stlik davlatlar o‘rtasida tuzilgan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar mamlakatlar, fuqarolar hamda yuridik shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik manba sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu shartnomalar hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida odil sudlovni amalga oshirish, huquqiy tartibotni mustahkamlash va huquq normalarini unifikatsiya (bir xil) qilishda muhim ahamiyatga ega.
Huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar to‘la teng huquqlilik, hududiy daxlsizlik, davlatning suvereniteti va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va manfaatlarining o‘zaro hisobga olinishi prinsiplari asosida tuzilgan bo‘lishi lozim.
Hamdo‘stlik davlatlari bilan huquqiy hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishda bu shartnomalar huquq tartibotni mustahkamlashga, odil sudlovni to‘g‘ri amalga oshirishda katta rol uynaydi.
Fuqarolik, oila va mehnat masalalaridan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha ishlarni hal qilishda, agar o‘zaro kelishilgan davlatlarning fuqarolari yoki korxona va tashkilotlari qatnashsalar, shuningdek, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishda (agar bu faktlarni belgilashning boshqacha tartibi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsa), chet el fuqarolarini bedarak yo‘qolgan deb topish va uni o‘lgan deb e’lon etish, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishda chet mamlakat sudlarining qarorlarini ijro etish bo‘yicha sud topshiriqlarini bajarishda tegishli hamdo‘stlik davlatlarining qonunlari tadbiq etiladi.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling