Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Download 267.5 Kb.
|
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘linmalarida (barcha quyi tarmoq tizimida) fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qonuni talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 martdagi “Sudlar faoliyati ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120-sonli Qarori, 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni“, Adliya vazirining 2001 yil 29 dekabrdagi 209-mh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2006 yil 31 avgustda PQ-458 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Xo‘jalik protsessual kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2007 yil 1 noyabrda PQ-722 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud Departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida ko‘rsatilgan Qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2007 yil 24 noyabrda 1741-son bilan ro‘yxatga olingan “Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, Ijro ishi yuritish sohasini yanada isloh etish maqsadida 2008 yil 4 dekabrda Senat tomonidan ma’kullanib, 14 yanvar 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.talablari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni shahsan qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash Departamenti va uning hududiy bo‘limlari tomonidan reja asosida, jadval bilan, oy , hafta kunlari va soatlari belgilab qo‘yilgan tarzda amalga oshiriladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida mustahkamlangan fuqarolarning murojaat etish hukuqining ixtiyoriyligi, bu huquqdan foydalanayotganida kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqishning majburiyligi hamda fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlarini ta’minlaydilar. Sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash Departamenti va uning hududiy bo‘limlari barcha xodimlari fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, holisona va qonuniy hal etilishiga, ularning poymol etilgan huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini faqat qonunda belgilangan huquqiy vositalar bilan himoya qilinishiga, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda fuqaroga etkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘rishga javobgardirlar. Fuqarolarning shaxsiy qabulini tashkil etish va amalga oshirish, murojaatlarni belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib chiqish va qonuniy hal qilishga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan “Sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash Departamenti va uning hududiy bo‘limlari” xodimlari intizomiy javobgarlikka tortiladilar. SHu erda, murojaat, ariza, taklif, shikoyat, murojaatning dublikati, takroriy murojaat degan tushunchalarni bilib olish zarur. Download 267.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling