Chet el sudlari va arbitrajlarining hal qiluv qarorini ijro etish


Download 267.5 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi267.5 Kb.
#1408836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chet el sud topshiriqlarini ijro etish, chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolik prostesidagi ishtiroki, ishlarning taalluqliligi va sudlovligigi.

CHet el fuqarosi deyilganda, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan, lekin O‘zbekistonda yashab turuvchi va boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlovchi dalillari bor shaxsga aytiladi. Bunday dalillar milliy pasport va uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deganda, O‘zbekistonda yashovchi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan va o‘zining qaysi davlat fuqaroligiga mansub ekanligini isbotlovchi dalillari bo‘lmagan shaxslar aytiladi.
O‘zbekistonda yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston qonunlari va Xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari teng huquq va majburiyatdan foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
O‘zbekistonda chet el fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro nikoh xuddi O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi nikoh singari tuziladi. CHet el fuqarolarining o‘zaro nikoh tuzish shartlari nikoh tuzuvchilar davlatining qonunlari bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda tuzilgan nikohning shakli, bo‘lajak er-xotin qaysi davlat fuqaroligiga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston qonunlari bilan belgilanadi.
Ayrim hollarda O‘zbekistondagi chet el elchixona va konsulxonalarida chet el fuqarolari o‘rtasida tuzilgan nikoh qanday shartlar asosida tuzilganligidan qat’iy nazar, o‘zaro kelishuv asosida haqiqiy deb tan olinishi mumkin.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, asosan, o‘zlari doimo yashab turgan davlat bilan bog‘liqdirlar. Ularga nisbatan shunday xulosaga kelish xalqaro huquq qoidalariga ham to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida chet davlatning vakolatli organida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek, chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling