Chet elda va mamlakatimizda chiqarilayotgan ishchi mashina va qurilmalar tuzilishini o’rganish Reja
Download 28.42 Kb.
|
aft 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- namligi
Chet elda va mamlakatimizda chiqarilayotgan ishchi mashina va qurilmalar tuzilishini o’rganish Reja. 1.O’zbekiston mashinalari haqida 2. Qishloq xo’jalik mashinalari vazifasi 3.Qurilmalarning vazifalari 4.Xulosas 5.Adabiyotlar Mustaqillikning ilk davrlarida ta’lim jarayonini amaliy saviyasini milliylik asosida oshirishni tashkil qilish va rivojlantirish dolzarb muammolardan biri hisoblangandi. Ta’limning milliylik asosida tashkil qilish uchun yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash, o‘rgatish jarayonini chuqur pedagogik va psixologik tahlil bo‘yicha tashkil qilish va eng asosiysi yosh avlodga o‘rgatish matariallarini milliylik ruhi bilan sug‘orilgan manbalar bilan boyitish kerak bo‘ladi. Jumladan tabiy aniq fanlar va ishlab chiqarish o‘rtasida ko‘prik hisoblanmish va yosh avlodda qishloq xo‘jalik mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida o‘qitilayotgan qishloq xo‘jalik asoslari kurs fanlari bo‘yicha o‘qitish jarayonidagi dars materiallarini milliylik va zamonaviylik asosida boyitilgan o‘quv dastur va darsliklari tuzish zarurdir. Hozirgacha hatto sobiq ittifoq davrdagilarni ham hisoblasak umum o‘rta ta’lim maktablarida qishloq xo‘jalik asoslarini qishloq xo‘jalik texnikasi bo‘yicha mavjud darsliklarda milliylikka asoslangan manbalar kam. Shu boisdan tuzuvchilar ushbu kasb-hunar kollejlariga mo‘lljallangan o‘quv darsligini milliylik asosida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini doimiy xususiyatlarini hisobga olib mavjud darsliklardan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asoslarini bo‘yicha qator olimlar U.S.Nishonaliyev, T.X.Ikromov, U.Xoldorov, I.Husanov va boshqalarning ilmiy ishlaridan qishloq xo‘jalik mehnatiga oidlarini mos holda tahliliy saralash orqali, tarixiy uslubiy-ilmiy va ommabop materiallardan, ensiklopediyalarni barcha tur va tomlaridan foydalangan holda kengaytirilgan darslik tuzishga harakt qilishdi. Ushbu darslik Oliy va O‘rta maxsus ta’limi Vazirlikning 2011 yil 11 maydagi 192-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan, Oliy va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yil 29 martdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Qishloq xo‘jalik mashinalari fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Darslikda asosan qishloq xo‘jalik ekinalarini o‘stirish va shunga mos holda ularga ishlov beruvchi texnikalar hamda texnologiyalarini keltirishga harakat qilingan. Darslikni e’tibor bilan qarab chiqqan va unga nisbatan ko‘rsatilgan barcha xato va kamchiliklar uchun tuzuvchilar barcha mutaxasis jonkuyar kasbdoshlarga oldindan minnatdorchilik bildirishadi.
Qishloq xo’jalik mashinalari vazifasi va ishlatilishiga ko’ra quyidagi xillarga ajratiladi: Tuproqqa asosiy va yuza ishlov berish, o’g'it sepish, ekin va ko’chat o’tkazish, ekinga ishlov berish, o’simliklarni himoya qilish, paxta terish, don va dukkakli ekinlarni yig'ib olish, em-xashak tayyorlash, kartoshka, sabzavot, meva etishtirish va hosilni yig'ib olish ishlatiladigan bir qator qishloq xo’jalik mashinalari mavjud. Bu mashinalarni respublikamizdagi "O’zqishloqxo’jalikmash xoldiog" kompaniyasiga qarashli 17 ta korxona va chet mamlakatlardagi bir qator firma va zavodlar ishlab chiqaradi. Respublikamizning paxtachilik mintaqasi uchun turli modifikasiyadagi traktorlar, paxta terish mashinalari, yarusli tarzda er xaydaydigan va o’simlik qoldiqiarini tuproq ostiga ko’mib ketadigan original pluglar, tukli va tuksiz chigit ekadigan, plyonka ostiga ekishga mo’ljallangan paxta seyalkaiari, qator oralariga ishlov beradigan va o’g'it solib ketadigan kultivatorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda, Bugungi kunlarda qo’shma korxonalardan "o’zKeysmash" korxonasi "Keys-2022" rusumli o’ziyurar gorizontal shpidelli paxta terish mashinalari, "Lemkin" (Olmoniya) firmasining er xaydash va tuproqni ekishga tayyorlash agregatlari, "Deganiya Spreyeres (Isroil) firmasining pnevmoshtangali purkagichlari, "Agrimonda" (Italiya) firmasining o’simlik zararkunandalariga qarshi kurashish qurollarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
a) Tuproqning namligi – tuproq tarkibidagi suvning foizlardagi miqdori; b)Tuproqning qattiqligi – tuproqqa botadigan qattiq jismga uning ko’rsatadigan qarshiligi, n/sm2, mPa; v) Tuproqning solishtirma qarshiligi - Tuproq qatlamining har 1 kvadrat sm kesimiga to'g'ri keladigan piugning tortishda ko’rsatadigan o’rtacha qarshiligi; g) Tuproqning xajmiy massasi – 1 sm3 dagi tuproqning quruq massasi, g/sm3; d) Tuproqning yopishqoqligi – po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati. Optimal namlikning yuqori chegarasi tuproqning po’latga yopishishiga yo'1 qo’ymaslik shartidan aniqlanadi. Xususan, ekish vaqtida tuproqning namligi 0…10 sm qatlamda 20 foiz dan ortiq bo’lmasligi lozim. Shuning uchun ham dala ishlarini tuproqning fizikaviy etilishi bilan qisqa vaqtda bajarilishi zarur. Tuproqning qattiqligi uning mexanikaviy va strukturaviy holatiga, shuningdek, namligiga bog'liq. Tuproqnihg namligi ortishi bilan qattiqligi kamayadi va ish organlarining ish bajarishiga sarflanadigan energiya miqdorini o’zgarishini belgilaydi. Tuproqning qattiqligi, qattiqlik o’lchagich deb ataladigan moslama bilan o’lchanadi. Tuproqning solishtirma qarshlligi 120 kPa gacha bo’lib, uning turi, tuzilishi va holatiga bogliq. Tuproqning namligi ortishi bilan uning solishtirma qarshiligi minimumgacha kamayadi, keyin esa yopishqoqlik va ishqalanish kuchining ortishi tufayli kattalashadi.Tuproqning bu tafsilotidan foydalanib agregatlar tuzishda qurolning qamrash kengligini tanlash, ish bajarish normalarini aniqlash, talab etiladigan texnikalarning turlarini taniab hisoblash imkonini beradi. Solishtirma qarshiligiga qarab tuproqlar quyidagilarga bo’linadi: engil tuproqlar 3 N/sm2 gacha, o’rtacha tuproqlar 3. . . 5 N/sm2 , o’rtacha og'ir tuproqlar 5… 7 'N/sm2, og'ir tuproqlar 7. . . 12 N/sm2 juda og'ir tuproqlar 12 N/sm2 dan yuqori. Tuproqning xajmiy massasi (zichligi) o’simliklarning rivojlanishi uchun muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chigitning unib chiqishi uchun tuproq hajmiy massasi 0…10 sm qatlamda 1,1…1,3 g/sm3 bo’lishi kerak. Tuproqning yopishqoqligi qishloq xo’jalik mashinalarining ish organlari va g'ildiraklariga tuproqni yopishib qolishi bilan xarakterlanadi. Tuproqning yopishqoqligi (n/sm2) po’latga yopishgan tuproqning ko’chirish uchun qo’yilgan kuchning jismga yopishgan yuzaga nisbati bilan o’lchanadi. Tuproqning yopiplqoqligi darajasi uning namligiga bog'liq. Doimiy bostm ostida namlik ortishi bilan yopishqoqiik ortadi, lekin suv qatlamini ortishi bilan yopishqoqlik kamayadi. Strukturasiz tuproqda yopishqoqlik namlik 40. . . 50% oralig'ida sodir bo’ladi, strukturali tuproqda esa - 60. . . 70%da bo’ladi. Shuning uchun tuproqni strukturasi tiklansa, hosildorlik oshiriladi va qurollarga tuproqning yopishishi keskin kamaytiriladi Tuproqning ichki va tashqi ishqalanishlari mavjud. Qishloq xo’jalik mashinalari ishchi organlari yuzasi bilan orasidagi ishqalanish tashqi ishqalanish va tuproq zarrachalari orasidagi ishqalanish - ichk! ishqalanishdir.
Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish texnologiyasida tuproq-'iqlim sharoitiga ko’ra ag'dargichli, ag'dargichsiz va minimal tuproqga ishlov berish sistemasi qo’llaniladi. Download 28.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling