Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi
CHET TIL O‘QITISH MAZMUNI
Download 36.02 Kb.
|
Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq mavzulari
CHET TIL O‘QITISH MAZMUNI
Chet til o‘qitish sharoiti va maqsadiga ko‘ra, madaniyatlararo muloqotdosh (kommunikant) va axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirish yo‘lida o‘qitish mazmuni maxsus tanlanadi va u chet tilda kommunikativ kompetensiyani egallashda asosiy ta’limiy obyekt hisoblanadi. O‘qitish mazmunida ikki jihat kuzatiladi: nimani o‘rganish va nima qilishni o‘rganish. Birinchisi o‘quv materiali va ikkinchisi o‘quv jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiali dasturdan o‘rin oladi. Ikkinchisi ko‘nikma va malakalarga mansub kommunikativ kompetensiyani hosil qilish jarayoni bo‘lganligi tufayli dasturda ularga tegishli talablar canab o‘tiladi. Nutq faoliyati doirasi dasturiy mavzular bilan belgilanadi. Yaratilgan (gapirish, yozuvda) va o‘zga shaxs sodir etgan (tinglab tushunish va o‘qishda) diskurs dasturdan o‘rin olgan mavzularga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Chet til o‘qitish mazmuni o‘qitish maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, u odatda maqsad mazmunini belgilaydi. Mazmun ta’lim chog‘ida o‘zlashtiriladigan metodik tushuncha yoki kategoriya bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsadni aks ettiradi. O‘qitish mazmuniga nutqiy mavzular, malaka va ko‘nikmalar hamda til materiali kiradi. Ushbu uchta tarkibiy qism chet tilni o‘rganishda yaxlit o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Nutq mavzulari o‘qitish maqsadlariga asoslanib tanlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va «Tili o‘rganiladigan mamlakatlar» kabi mavzular asosiy nutq mavzulari hisoblanadi. O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda sportga oid matnlar tanlanadi. Tanlab olingan mavzu va unga oid matnlar o‘quvchilarning yoshi hamda qiziqishlariga mos kelishi kerak. Mazkur dasturda o‘quvchilar yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular jadvallarda sinflar bo‘yicha alohida berildi. Jadvalda sinflar bo‘yicha taqsimlangan asosiy mavzular miqdori darslikda shu miqdordagi bo‘limlar bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatmaydi. Asosiy mavzular tarkibidagi kichik mavzular ham til materiali hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim bo‘lishi mumkin. Download 36.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling