CHET TILNI AMALIY O‘RGANISHGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR
O‘quvchilarga nutq faoliyatining turlari – tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuvni hamda til materiali – leksika, grammatika, talaffuzni o‘rgatish natijasida ularning chet tilda kommunikativ (axborot almashish) kompetensiyasi shakllantiriladi.
Davlat ta’lim standartiga asosan maktablarning I-IX sinflarida chet tilni o‘qitish shartli ravishda ikki bosqichga (A1 (A1+), A2 (A2+)) bo‘linadi:
Birinchi bosqich (A1, A1+) – nutq faoliyatini ta’minlaydigan malakalarning asosi chet tillarni o‘qitishning birinchi bosqichi I-IV sinflarda shakllantiriladi.
1-sinfda til o‘rganish turli o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Bunda chet til tinglab tushunish va gapirish (o‘qituvchi nutqi, audio-video moslamalar orqali takrorlash) orqali o‘rgatiladi.
Ta’limning A1 (A1+) darajasida 1-sinfda ingliz tilida tinglab tushunish va gapirish nutq ko‘nikmalari rivojlantiriladi, 2-sinfdan boshlab tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish nutq ko‘nikmasi shakllantiriladi. Talaffuz, ayniqsa, ohangni o‘zlashtirish, urg‘u qo‘yish ustida olib boriladigan mashqlar ikkinchi bosqichda ham davom ettiriladi.
Birinchi (A1, A1+) darajaning har bir sinfi oxirida o‘quvchilar quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
A1/1 (I sinf)
Tinglab tushunish
A1
– qisqa savollarni tushunish va javob qaytarish;
– sodda va qisqa matnlarni tinglab tushunish;
– sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish;
– oila a’zolari, atrof-muhitdagi narsalar haqidagi sodda nutqni tushuna olish;
– o‘qituvchining chet tildagi ko‘rsatmalarini bajara olish;
– mavzuga oid o‘yinlardagi so‘z va iboralarni tinglab tushunish.
Gapirish
A1
– salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash, ismi va yoshini ayta olish;
– 1-20 gasha bo‘lgan sonlarni ayta olish;
– oila haqida gapira olish;
– tanish mavzular bo‘yicha sodda savollar berish va ularga javob bera olish;
– kundalik hayot bilan bog‘liq sodda gaplar ayta olish;
– mavzuga oid o‘yinlarda so‘z va iboralarni nutqda qo‘llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |