Chet til nazariy aspektlari fanining ishchi o‘quv dasturi
Download 359.5 Kb.
|
121842 Last 3 kurs Ishchi dastur Chet tili Nazariy Aspektlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHET TIL NAZARIY ASPEKTLARI FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (3-kurslar uchun)
- Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestr 4-5-6
- Tuzuvchilar: M.X. Alimova TDPU «Xorijiy tillar nazariyasi va o‘qitish metodikasi» kafedrasi dotsenti N.R. Kadirova
- Taqrizchilar : K.N. Nabieva
- OʻQUV FANI OʻQITILISHI BOʻYICHA USLUBIY KOʻRSATMALAR Fanning mazmuni
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI _____________________________________________________________________________
CHET TIL NAZARIY ASPEKTLARI FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (3-kurslar uchun) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Bakalavriat yo‘nalishi: 5111400 – Xorijiy tillar (ingliz tili va adabiyoti)
Toshkent – 2021 Fanning ishchi o‘quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi 2021__ yil “__” ____dagi ___-sonli buyrug’i bilan (buyruqning ___-ilovasi) tasdiqlangan “Chet til nazariy aspektlari” fan dasturi asosida tayyorlangan.
TDPU Xorijiy tillar fakulteti dekani v.v.b.: 2021 yil “___” _________________________________ Y.V.Zemlina Xorijiy til nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v.b: 2021 yil “___” _____________________________ K.T.Mo’minov Fanning ishchi dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 202__ yil “___” _______dagi “___”-sonli bayoni bilan tasdiqlangan. OʻQUV FANI OʻQITILISHI BOʻYICHA USLUBIY KOʻRSATMALAR Fanning mazmuni Fаnni o‘qitishdаn mаqsаdi: mazkur sohada ta’lim oluvchilarni boʻlajak kasbiy faoloyatlarida zarur boʻlgan nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish talabalarning chet til tovush sistemasi, leksikasi va til qurilishini mukammal oʻrganishlarini talab etadi. Fаnning vаzifаlari: ta’lim oluvchilarga tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallshga imkoniyat yaratish, ulardan tilning ichki tuzilmasi, til qatlamlari, va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish koʻnikmalarini shakllantirish xamda til yaruslarining oʻzaro munosabatlari toʻgrisidagi tushunchalariga ega boʻlishni ta’minlashdan iborat boʻlib, chet tilning tovush sistemasi, soʻz ma’nosi xususiyatlari, til lugʻat tarkibining asosiy birliklari, soʻzning morfologik, sintaktik, leksik, semantic tuzilishi, soʻz yasalishi, frazeologik birikmalar, soʻzlarni kelib chiqishini oʻrgatish kiradi xamda talabalarni zamonaviy ingliz tilining fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va matn sathiga bagʻishlangan zamonaviy tadqiqotlar bilan tanishtirib, ularga mazkur sohada mustaqil fikr yuritishlarini oʻrgatadi. “Chet til nazariy aspektlari” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavriyat talabasi quyidagilarni bilishi kerak: nazariy va amaliy grammatika, normativ grammatika va til kompetensiyasi orasidagi bog‘liqlik xususiyatlari; nazariy va amaliy fonetika, til kompetensiysi orasidagi bog‘liqlik xususiyatlari so‘z ma‘nosi xususiyarlari, til lug‘at tarkibining asosiy birliklari, so’zning morphologic, leksik, semantic tuzilishi so‘zlarning yasalishi, frazeologik birikmalari, so‘zlarning kelib chiqishini o‘rgatish kiradi ingliz tili nazariy grammatikasining rivojlanish bosqichlari; morfema turlari va so‘zning morfemik tuzilishi, so‘z turkumlari va ularning morfologik kategoriyalari; gap turlari va uning tuzilishi, gap bo‘laklari va so‘z tartibi; ingliz va o‘zbek tilining grammatik tizimidagi farqlar va o‘xshash hodisalarini qiyoslay olish. leksikologiya modulini boshqa fanlar bilan bog’liqligini; til etimologiyasini; tarihi davomida rivojlanishini; tilni semantikasini va semantic jihatdan klassifikatsiyasini; so’z tuzilishi turlari, so’z birkmalar tuzilishi hususiyatlari; leksilografiya va lug’at tuzilishi muammolari. Download 359.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling