Chet til nazariy aspektlari fanining ishchi o‘quv dasturi
Chet til nazariy nazariy aspektlari fanining maqsad va vazifalari
Download 359.5 Kb.
|
121842 Last 3 kurs Ishchi dastur Chet tili Nazariy Aspektlari
Chet til nazariy nazariy aspektlari fanining maqsad va vazifalari
Ingliz tili strukturasini o’rganadigan nazariy grammatika va leksikologiya lingvistik nazariy modullarni ajralmas qismi bo’lib, ingliz filologiyasi bo’limlarida alohida fan sifatida o’qitiladi. Nazariy Grammatikaning asosiy maqsadi talabalarga ingliz tilining grammatik strukturasini o’rgatish, ularni ilmiy maktablar, oqimlar hamda lingvistik konsepsiyalar hamda tilshunoslikning munozarali muammolari bilan tanishtirishdan iborat. Shu bilan birga talabalar ingliz tili morfologiyasi va sintaksisini to’liq egallashlari zarur. Nazariy grammatika fani tilshunoslikka kirish, nazariy fonetika, ingliz tili tarixi, leksikologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq. Leksikologiya maqsadlari ta`lim oluvchilarning bo‘lajak kasbiy faoloyatlari uchun puhta nazariy asos yasash, chet tilni o‘rganishning uslub va yondashuvlari, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni bilan tanishtirish, ularga til sahtlarning asosiy qonuniyatlarini o‘rgatishdan iborat. Leksikologiya modulida lu’gatni tarihiy rivojlanishi, uning etimologiyasi, semantik tuzulishi, so’zlarni yasalishi, so’z birikma turlari, lug’at tuzilisi muammolari bilan tanishishdan iborat. Nazariy grammatika moduli vazifalari: -so’z formasi, so’z yasovchi va so’z ozgartuvchi affiksal morfemalar; -grammatik vositalar klassifikatsiyasi; -sintaktik aloqalar; -so’z tartibi va gap kabi lingvistik hodisalarni nazariy, ilmiy munozaralar asosida o’rganadi va tahlil etadi. Talabalardan ingliz tili morfologiyasi va sintaksisini chuqur egallashni talab etadi. Leksikologiya moduli vazifalari: - ta`lim oluvchilarning tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, - ulardan tilning ichki tuzilmasi, til qatlamalari va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning bir biri bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lishlarini ta`minlashdan iborat. - fanning vazifasiga ta`lim oluvchilarning so‘z ma‘nosi xususiyarlari, til lug‘at tarkibining asosiy birliklari, so’zning morphologic, leksik, semantic tuzilishi, so‘zlarni yasalishi, frazeologik birikmalar, so‘zlarning kelib chiqishini o‘rgatish kiradi. Download 359.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling