Chet tilini o'qitishda didaktik o'yinlardan foydalanish Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani


Download 12 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi12 Kb.
#1081225
Bog'liq
Islambayeva Klara Jo\'raboyevna


Chet tilini o'qitishda didaktik o'yinlardan foydalanish
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani
16- umumta'lim maktabi
Ingliz tili fan o'qituvchisi
Islambayeva Klara Jo'raboyevna
Tel: 998909019185

Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tilini o'qitishda didaktik o'yinlardan foydalanish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kalit so'zlar: chet tili, muloqot, sharoit, ta'lim, AKT, intensiv, ekstensiv, amaliy.

Ta'lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilining farqi bir paytning o'zida, uning, ham ta'lim maqsadi, ham ta'lim vositasi ekanligida namoyon bo'ladi. Chet tilida nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozuv)ni egallash ta'limdan ko'zlanadigan maqsad bo'lishi bilan birga, o'rganilayotgan til yangi va foydali axborot (informatsiya) olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi.


Ta'lim sifatini, samaradorligini oshirish, o`quvchilarni qiziqtiradigan o`yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogic texnologiyalar hamda axborot-kommunikasiya vositalarining roli juda katta.Ularni qo`llash imkoniyatlari ko`lami kundan-kunga kengayib, texnik vositalar o`quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.Yoshlarga chet tilini kompyuter orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi kompyuter texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi kerak.Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish, balki u asosida yangi o’quv dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday darajadagi pedagog bo’lish uchun har bir chet tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida ko’proq ishlashi zarur. Chet tilini kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor. Hozirgi vaqtda rivojlangan dasturlar yordamida buning imkoni bor. Faqat bu usuldagi ta’limga o’quvchini to’g’ri yo’naltira olish kerak. Bundan tashqari kompyuter yordamida chet tillarini o’qitishda o’rgatilayotgan harbir qoida, harbir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanishi isbotlangan.Tabiiyki, kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o’qitishni eng samarali usullardan biriga aylantiradi.Chet tilini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga tavsiya etish olimlar, mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Iste’dodli yoshlarimizning o’z qiziqqan sohalarida yetuk mutaxassislar bo’lishlari uchun, avvalam bor chet tilini mukammal bilishlari zarur. Demak, texnologiyalarni joriy qilish, o’qitish uslublarini davr talabiga javob berishini ta’minlash pedagog-olimlarning kechiktirib bo’lmas asosiy vazifalaridir.Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ham dolzarb hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf-odatlari, tiliga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda.
Keling, ingliz tili darsini mazmunli o‘tkazish uchun didaktik o‘yinlardan bir nechta misollarni ko‘rib chiqamiz.
PICTIONARY? ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganuvchilar biladigan rasm chizish o‘yini. Bu o‘yin uchun oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanamiz. Sinfni ikki gruhga bo‘lib olamiz va har bir jamoa uchun doskaning bir tomoniga jadval chizamiz va jamoalarninig to‘plagan ballarini shu yerga yozib boramiz, guruhlar o‘zlari uchun nom tanlaydilar. So‘ng har bir guruhdan bitta o‘quvchi doskaga chiqib, teskari o‘girilgan so‘zlardan bittasini tanlaydi va uni doskaga chizib ko‘rsatadi, qolganlar uni topadi. So‘zni birinchi topgan jamoaga ball beriladi.
OBJECTS? — bu qiziqarli o‘yin orqali o‘quvchilarning xotirasi va so‘z boyligini tekshiramiz. So‘z boyligimizni qanchalik oshirsak, ingliz tilida so‘zlashuv mahoratimiz shuncha yaxshilanib boraveradi.
O‘yinning shartlari: doska va sinfxonada joylashgan 15 buyumdan foydalanamiz. Buyumlarning hammasini stol ustiga qo‘yib, barcha o‘quvchini chaqirib, stol ustidagi buyumlarni ko‘zdan kechirishlarini aytamiz, so‘ng hamma buyumlarning ustini biror narsa bilan berkitamiz. So‘ng o‘quvchilardan eslab qolgan 15 ta buyumni qog‘ozga yoki daftarlariga ingliz tiliga yozishlarini so‘raymiz. 2-3 daqiqadan so‘ng o‘qituvchi buyumlar nomlarini doskaga yozadi va o‘quvchilar o‘zlari yozgan buyumlar nomlarini tekshirib oladi. Eng ko‘p to‘g‘ri yozgan o‘quvchi g‘olib sanaladi.

BACK TO BACK? — бу o‘yin o‘quvchi xotirasini charxlaydi va eshitish qobiliyatini o‘stiradi. Stolga rang-barang rasmlarni chap tomoni bilan qo‘yib chiqamiz, ikki o‘quvchini doskaga chiqaramiz va ularning birovidan rasmlarni tanlab olishini so‘raymiz, ikkinchi o‘quvchiga ko‘rsatmasdan ular ikkita bir-biriga teskari stulga o‘tiradilar. Rasmni ushlab turgan bola topishmoq usulda unda nima tasvirlanganini aytadi va ikkinchi o‘quvchi eshitgan so‘zlarni qog‘ozga tushiradi. Eshitganlarini yaqqol va aniq tushirsa o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Bu o‘yin yuqori sinflar uchun ham juda qiziqarli.



BINGO? — bu o‘yinni o‘ynash uchun biroz tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ammo u juda qiziqarli. 4x4 shaklda bingo qog‘ozlarini tayyorlang va har bir katagiga so‘zlar yozing hamda o‘quvchilarga tarqating. So‘zlar takrorlanmasligi va siz ularni o‘qib berganingizda o‘quvchilar borlarini belgilashlari kerak. Sahifadagi barcha so‘zlarni birinchi bo‘lib belgilagan o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Ta'lim sharoiti tushunchasi chet tili ta'limida samaradorlikni ta'minlashda tabiiy sharoit, o'rganilayotgan chet tili sohibi bilan kamida 1000 soat muloqotda bo'lish, o'qituvchining pedagogik mahorati, o'quvchining yoshga oid fiziologik, psixologik va bilish faolligi xususiyatlari, o'quv predmetiga ajratilgan vaqt hamda o'quvchilarning o'quv predmetiga nisbatan munosabati va o'rganish layoqati kabi omillarni o'z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Jamol Jalolov ,,Chet til o'qitish metodikasi".
2.Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun ingliz tili o'quv dasturi.
3.Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun uchun darslik
4.www.teacherspayteachers.com
5.www.uzedu.uz
Download 12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling