Chet tilini o'qitishda o'qishning didaktik mundarija: Kirish. I. Bob. Chet tilini o'qitishning asosiy sabablari


I.Bob.Chet tilini o'qitishning asosiy sabablari


Download 36.66 Kb.
bet2/8
Sana04.02.2023
Hajmi36.66 Kb.
#1164957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Chet tilini o\'qitishda o\'qishning didaktik

I.Bob.Chet tilini o'qitishning asosiy sabablari.
1.1.Chet tilini o’qitishning dolzarbligi.
Chet til o‘qitish tarixida Chet til — bu xorijiy mamlakat tili. Respublikamizda G ‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, fransuz) tillari va Sharq (arab, turk, urdu, fors, xitoy, hind) tillari o‘qitilmoqda. Ular ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olgan. Uchala tilni o‘qitish jarayoni turlicha kechadi: birinchidan, ona tilida tafakkur shakllanadi, o‘zga tillami o‘rganish ulardagi fonetika, leksika va grammatikaga xos xususiyatlami his etish bilan bog‘liqdir; ikkinchidan, o ‘rganish tartibi ona tilidan boshlanib, undan keyin ikkinchi til va, nihoyat, chet tilga o‘tiladi; uchinchidan, ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o ‘rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Qayd etilgan m uhokam adan ay on boMadiki, uchala til orasida chet tilni o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan keskin farqlanadi. Bu esa, o ‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qoMlaslini taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchining to'plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Til tajribasi termini Yevropa tillarida chop etilgan metodik adabiyotlarda deyarli uchramaydi, chunki rus, ingliz, nemis, fransuz maktablarida yagona ona tili chet til o‘rganishda hisobga olinadi. 0 ‘zbekiston maktablarida esa ona tili va ikkinchi tildan hamda o‘iganilayotgan chet tilning o‘zidan to‘plangan yaxlit til tajribasi xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quvchilarning til tajribasi uch tildan yig‘ilgani bilim, ko‘nikma va malakalar (kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo‘lib, uning hajmi, qo‘llanish ko‘lami, o ‘zaro bog‘liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha o‘zbek, rus, chet til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko‘nikma va malakasining hozir o‘rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta’siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi ,,artikl“ atalmish grammatik hodisani o ‘rgatish chog‘ida, uning o ‘zbek tilida mavjud emasligi tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid ,,artikl“ tushunchasi shakllantiriladi. Oqibatda o‘quvchi til tajribasi endi chet tildagi ,,yangilik“ bilan boyiydi. Grammatikadan hozirgi, o ‘tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente de Indicativo, Prasens, Present)ni o ‘rganishda ularning qo‘llanilishi (funksiyasi), yasalishi (shakli) va ma’nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi. Fe’l zamonining funksiyaviy tarafi o ‘quvchilar uchun deyarli qiyinchilik tug£dirm aydi, chunki gram m atik hodisaning „takrorlanib turadigan ish-harakatni ifodalashi“ o ‘zbek tilidan m a’lum. Bunday holat o ‘quvchilar ona tilisi tajribasidan olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug‘diradi. Ushbu fe’l zamonining yasalishi (formasi) esa o‘zbek va chet tilda butunlay farq qiladi. Chet tildagi ikki so‘z (yordamchi va yetakchi fe’llar)dan tuziladigan zam on shakli (mas. Future Indefinite, Future Simple, Futurum I, Futur simple)ni o‘rganishda o ‘quvchilar til tajribasi tarkibida mavjud ruscha (ikkinchi til)dan foydalanish ma’qul. Zero, o‘quvchiga ona tilida fe’l zamoni yasalishi chet til hodisasi (kelasi zamon)ni o‘rgatishda usluban maqbul emas, bu o‘rinda, ona tili tajribasi to ‘sqinlik qilishi (interferensiya) muqarrar. Demak, o‘quvchilarning til tajribasi chet til o‘rganishda g‘ov bo‘lishi (salbiy ta’sir — interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta’sir — transpozitsiya) kuzatiladi. Binobarin, chet til muallimi o‘quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va o‘rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog‘i darkor. Shuningdek, o‘qituvchining o‘qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo‘lishi talab qilinadi. 5 Qo‘lingizdagi kitob chet ellar va mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan darslik va qo‘llanmalar hamda o ‘zbek maktablari tajribasini yoritadigan metodik manbalarga asoslanib yozildi. Dasturiy1 talablarga ko‘ra, undagi barcha boblar uch qismga ajratildi. Birinchi qism (I—VII boblar)da „Chet til o‘qitish metodikasining nazariy asoslari“, ya’ni unda umumiy metodikaning ilmiy yutuqlari aks ettirildi. 0 ‘zbek maktablarida chet til o‘qitish sohasidagi nazariy-uslubiy xulosalar bilan to‘ldirildi. Ikkinchi qism gapirish, tinglab tushunish, o ‘qish va yozuv hamda til materiali (leksika, grammatika, talafFuz)ni o‘rgatish, nutqiy ko‘nikma va malakalami nazorat qilish singari (VIII— XV) boblardan iborat. Chet til o‘rgatishni tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari (XVI—XX boblar)ni uchinchi qism o ‘z ichiga oladi. Metodikada ilk bor „Turli o ‘quv yurtlarida chet til o ‘qitish“ metodik masalalari (XX bob) ishlab chiqildi va mazkur qismda bayon qilindi. Kitobning ,,M uqaddim a“sidan keyin „Chet til o ‘qitish metodikasiga kirish“ nomli alohida mavzu bayon etildi. Chet tillam i o'qitish metodikasining asosiy masalalarini qamrab olgan mavzular izchil joylashtirildi. Metodik bilimlar sodda tilda, munozarabop ilmiy qarashlardan xoli, barcha chet tillami hisobga olgan holda ifodalandi. Har bir bobning boshqalari bilan mazmunan uzviy bog‘- langanligini alohida uqtirib, takror eslatib o‘tish joizki, kitobni boshidan oxirigacha berilgan tartibda o‘qish tavsiya etiladi. Oldin o‘rganilgan bob yoki mavzu keyingisini o‘qiganda qo‘l keladi, ya’ni ketma-ketlikka jiddiy rioya qilindi. Bob yoki uning ichidagi mavzuni o‘qishdan oldin matnning boshlanishida quyuq bo‘yoq bilan yaqqollashtirib ko‘rsatilgan kichik sarlavhalami ko‘zdan kechirib chiqilsa, ushbu bob yoki mavzuning mazmunini osonroq ilg‘ab olish, o‘qiganda, ularga albatta e’tiborni jalb etishga odatlanib boriladi. Chunki 1 0 ‘rta maktabda chet tillar o‘qitish metodikasi kursi bo'yicha pedagogika institutlari programmasi
Chet til qoidasi. Ona tili va ikkinchi til ta’limidagi qoidalar sistemali (uzviy) lingvistik mazmun kasb etadi. Chunki tilni tabiiy muhitda amaliy o ‘rganish va unga ajratiladigan vaqt (soatlar) miqdori mukammal qoidalar berish imkoniyatini yaratadi. Chet til o‘rgatish sharoiti (sun’iy muhit va ajratilgan 11 kam soatlar) qoidalami oddiylashtirish va sonini ozaytirish muammosini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Til birligi, bir tomondan, sezgilar yordamida idrok etilsa, ikkinchi tomondan, faqat tafakkur hosilasi, mantiqiy jarayon natijasi bo‘lib ro‘yobga chiqadi. Nutq faoliyati nazariyasidan m a’lumki, faoliyat mazmunini harakatlar tashkil etadi (akademik Aleksey Nikolayevich Leontyev). Subyekt harakati oriyentir (yo‘llovchi) va ijro qism laridan iborat. Mas. gram m atik harakatlarni egallash nutqning grammatik shakUanishida avtomatlashgan malakaning hosil bo‘lishi demakdir (prof. Valentina Samoylovna Setlin ilmiy kashfiyoti). Harakat, o‘z navbatida, operatsiyalardan tuziladi. Operatsiya harakatning ro ‘yobga chiqish vositasidir. Operatsiyalar sistemasi — harakat modeli, uni bajarish algoritmidir. Til o‘rgatish metodikasida algoritm bilan qoidani chalkashtirish yaramaydi. Algoritm deganda, oddiy operatsiyalarni muayyan izchillikda bajarish haqidagi aniq ko‘rsatmani tushunamiz. Har qanday algoritm — bu qoidadir, lekin har qanday qoida algoritm emas. Qoida nomi bilan odatda nutqiy grammatik ko‘nikma hosil qilish jarayonida qoilaniladigan ko‘rsatmalar yoki umumlashmalar majmuasini atash m a’quldir. Chet til qoidasi nutq faoliyatini egallashni osonlashtiruvchi vositadir, qoida nutq materialini o‘zlashtirish nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi: Qoida — umumlashma (material nutqda o‘rganilgandan so‘ng) va qoida — ko‘rsatma (material o'rganilishi oldidan beriladi). Qo‘llanilishi jihatidan qoidani uch guruhga ajratish maqsadga muvoflq: 1) verbal qoidalar (so‘z yordamida ta’riflanadi): a) darslikda yozilgan (verbal-grafik qoida) va b) muallim yoki o‘quvchilar chiqaradigan qoidalar. Bularni verbal ta’riflanadigan qoidalar deb nomlash mumkin; 2) vizual qoidalar (so‘z ishtirokisiz, ta ’riflamay beriladigan qoidalar): sxema, jadval va simvol (mas. S + P + O) kabilar; 3) qoida — analogiya (so‘z yoki biron belgi yordam isiz o ‘quvchilar tomonidan ixtiyorsiz holda yoki o‘zlarining til tajribasiga ko‘ra, ma’lum lisoniy tushuncha va qonuniyatni bildiruvchi „qoidalar“, mas. ot, sifat, gap, ega, kesim singari terminlarda ifodalangan tushunchalar yoki gapda so‘z tartibi, so‘z yasalishi hodisalarini bildiruvchi chet til qonuniyatlari va h.k.). 12 Qoida mazmuniga ko‘ra uch darajada bo‘ladi: 1) dastlabki yoki birlamchi qoida (til hodisasining biron fakti, mas. hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birlik shaklda yasalishi); 2) ikkilamchi yoki qiyosiy qoida — (a) bir tomonlama solishtirish, mas. inglizcha hozirgi zamon fe’lining 3-shaxs birligi va boshqa shaxslar shakllarining yasalishi, (b) ikki tom onlam a solishtirish; 3) yakuniy qoida — sistemalashtirish, (a) biron hodisaning barcha shakllarini umumlashtirish — qisman sistemalashtirish, mas. hoziigi zamon fe’lining barcha shakllarda tuslanishi, (b) ushbu bosqichda hodisalaming barchasini umumlashtirish — dasturiy sistemalashtirish, mas. fe’llar uch zam onda q o ‘llanadi va (d) chet til o‘qitish kursida o‘iganilgan til hodisalarining barchasini umumlashtirish — nisbatan to ‘liq sistemalashtirish. Uchala darajadagi qoidalar ham faqat maktab til materiali yuzasidan beriladi, ular tilni sistemaga solishdek lingvistik maqsadni ko‘zlamaydi. Chet til hodisalari haqidagi qoidalam ing ona tili yoki ikkinchi tildagidan farqlari yana shundaki, ular o ‘quvchilar o‘rganayotgan chet tilda emas, ona tilida beriladi, yod olinmaydi, daftarlarga yozilmaydi, alohida so‘ralmaydi. Mashqlar sistemasi. Chet til o‘rganishni mashqlar bajarishdan iborat jarayondir deyilsa, mubolag‘a yoki xato bo‘lmaydi. Bu — mashqning dinamika (harakat) tarafi. Uning statika (holat) jihati — darslikda o ‘quv m ateriali tarzida tashkil etilganligidadir. Statikadagi mashq deganda, chet til darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko‘rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o ‘quv-m etodik kategoriya tushuniladi. M ashqning qismlari metodik adabiyotlarda „mashq talabi (sarlavhasi)“ va „mashq materiali" deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so‘z, jumla, grafik matn) yoki o‘quvchi nutqining mahsuli (tovush, so‘z, jumla, og‘zaki matn) boMishi mumkin. Dinamikadagi mashq — chet tilda o ‘quvchi bajaradigan, harf yozish yoki tovushni talaffuz etishdan tortib, to matnni idrok etib tushunish yoki o‘z fikrini bemalol bayon etishgacha bo‘lgan o‘quv amalidir. M ashqlam ing statikadagi ko‘rinishi darslik muallifming ijod mahsulidir, dinamikada esa nutq ko‘nikma va malakalari hosil qilish yo‘lidagi amaliy xatti-harakatlar va urinishlardir. 13 ,,Mashq“ tushunchasining qisqacha ta’rif-tavsifidan so‘ng „m ashqlar sistem asi“ term inini ko‘rib chiqam iz. M azkur mavzu chet til metodistlari orasida to‘xtovsiz munozaralarga sabab bo‘Iib keladi. Prof. Igor Vladimirovich Raxmanov barcha mashqlarni til va nutq mashqlari nomlari bilan ajratib yuritgan. Ayrim metodistlar asarlarida ikkala termin orasida „nutqqacha bo‘lgan mashqlar“ nomini ham qo‘llashadi. Prof. Vulf Abramovich Buxbinder informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar haqida tadqiqot olib boigan. Sodda qilib, ularni bilim, ko‘nikma va malaka berish mashqlari, deyish joizdir. I. V. Raxmanov tasnifi shVeysariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sossyur til va nutq dixotomiyasi ta’limoti ta’siri natijasi, deb qaralmog‘i m a’qul. V. A. Buxbinder mashqlar nazariyasi psixolingvistika m a’lumotlariga asoslangan bo‘lib, maktabda chet til o‘qitish voqeligini aniqroq aks ettiradi. kichik sarlavhalar mazmunni mujassamlashtiruvchi tayanch nuqtalar vazifasini o‘taydi. Yaxlit mavzu yoki bob yakunida talabalar uchun uning inazm unini tushunganlikni m ustaqil nazorat qilib borish maqsadida muammoli ,,o ‘quv-metodik topshiriqlar“ni bajarish tavsiya qilindi. Sahifaning quyi hoshiyasidan joy olgan adabiyot shu yerda muhokama etilayotgan masalaga bevosita daxldor ilmiy manbani ko‘rsatadi. Darslik oxirida tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati, bir tomondan, mazkur darslik vujudga kelishida inobatga olinganligidan darak bersa, ikkinchidan, talabalarga qo‘shimcha o‘qish uchun mo’ljallangan ishoradir.


Download 36.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling