Chet tilini o'qitishda o'qishning didaktik mundarija: Kirish. I. Bob. Chet tilini o'qitishning asosiy sabablari


Chet tili o’qitish tarixiy metodlarning ahamiyati va didaktiv yondashuv


Download 36.66 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi36.66 Kb.
#1164957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Chet tilini o\'qitishda o\'qishning didaktik

1.4.Chet tili o’qitish tarixiy metodlarning ahamiyati va didaktiv yondashuv
Chet tillarni o‘rgatish tarixiga oid ma’lumotlar ko‘hna zamonlarga borib taqaladi. Turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlari o‘matilishi bilan bir paytda bir-birining tilini, u orqali urf-odatini, hayot tarzini o‘rgana boshlashgan. Savdo va madaniy aloqalar jonlanishi tufayli chet tillami amaliy va ta’limiy maqsadlarda o‘rganish yo‘lga qo‘yila borgan. Qadimiy Suriya va Misr, Yunoniston va Rumoda madaniyat taraqqiyoti davrlarida o‘zga xalqlar tillarini o‘rganish odatga aylangan. 0 ‘rta asrlar adabiy yodgorliklari va Yevropa tillariga kirib kelgan xorijiy so‘zlar shundan dalolat beradiki, xalqlar o‘zgalar tilini o‘rganish borasida ajoyib tajribalar orttirgan. Ma’lumki, sharq musulmon mamlakatlarida arab, fors, tur1 E. Ergashev. Chet til o ‘qitish jarayonida texnika vositalaridan foydalanish. — Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1984. 108 kiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar ushbu tillarning ikkitasi yoki uchalasidan ham xabardor boMishga intilishgan. To‘g‘ri, birdan ortiq til bilish yoppasiga an’ana tusini olgan emas. Ko‘p tillilik (poliglossiya) hodisasi ziyolilar orasida tarqalgan. Jahon tarixida barchaga ayonki, bobokalonlarimiz Abu Nasr Forobiy (bir necha o‘nlab tillarni bilgan), Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (,,algoritm“ ilmiy termini uning nomidan olingan), Abu Rayhon Beruniy (qadimiy hind tili — sanskritdan arabchaga ilmiy kitoblami erkin taijima qilgan), hazrat Alisher Navoiy (zullisonayn shoir), ulardan keyin yashab, ijod qilgan ko‘plab buyuk yurtdoshlarimiz chet tillarni bilish xosiyatini targ‘ib va tashviq qilishgan. Osiyo va Yevropa qit’alarida xorijiy tillarni o‘rganish masalalari metodika tarixida ко‘rib chiqilgan. Keyingi ikki asr davomida g‘arbiy Yevropa tillarini o‘rganish metodikasi ilmiy manbalarda atroflicha tadqiq qilingan. Afsuski, sharq tillarini o‘rganish tarixiga oid nufuzli ilmiymetodik tadqiqot yaratilgan emas. Mashriqdan mag‘ribgacha, Yevropadan Amerikagacha bo‘lgan hududlarda yashovchi xalqlaming chet til o'rganish tarixi bir necha jildlik metodik asarlar uchun yetgulik va arzigulik ilmiy ummondir. Tadqiqotchilar qalamiga mansub turli tillarda mavjud risola va maqolalardan foydalanib, ushbu bobda chet til o‘qitishning muxtasar tarixi yoritiladi. Yuqorida (V bobda) ta’kidlanganidek, chet til o‘qitish metodikasida talqini berilgan ,,metod“ terminining ikkinchi ma’nosi ,,o‘qitish sistemasi“ ushbu bobning mazmunini tashkil etadi. (Birinchi ma’nosi ,,yo‘nalish“ — taijima, to‘g‘ri, qiyosiy va aralash metodlar va uchinchi ma’nosi — ,,o‘quvchi/ muallim faoliyati usuli“ V bobda ko‘rib chiqildi.) Metodika tarixida, shuningdek, sobiq Ittifoq va respublikada chet til o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. l-§ . Chet til o‘qitish metodlari tarixi Chet til o‘qitish tarixida metodlar (V bob, l-§ ga qaralsin) to‘rt nom bilan ma’lum va mashhur: taijima, to‘g‘ri, aralash va qiyosiy. Ushbu metodlar muayyan metodistlar ilmiy asarlari va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ta’rif-tavsifmi topgan, ya’ni o‘sha davr chet til o‘qitish tajribasi ma’lum darslik asosida ro‘yobga chiqarilgan va yetuk metodist-olim yoki muallim ilmiy qarashlarida nazariy asoslangan. Ushbu paragrafda to‘rtala metod bilan til o‘rgatilganda 109 ko‘zlangan o'qitish maqsadlari, mazmuni va prinsiplari sanab o‘tiladi va har bir metodning ulkan namoyandalari ijodiga qisqacha ta’rif beriladi. Tarjima metodi. Asosan ular ikki ko‘rinishda bo‘lib, grammatika-tarjima va matn-taijima metodlari nomi bilan yuritiladi. G ram m atika-tarjim a m etodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o'rganilgan. Grammatik mashqlar til o‘rganuvchining mantiqiy tafakkurini o‘stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlami bayon etish avjiga chiqqan. Ushbu metod bo‘yicha chet til o‘qitish mazmunida sistemali grammatik nazariya asosiy 'o‘rinni egallagan. qiladigan matnlar grammatikani o‘rganishga mo‘ljallangan. Metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 1. Til o‘rgatish yozma nutqqa asoslangan.
2. o‘rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‘lgan.
3. Awalan, grammatik qoida yod olingan, soniyan, qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan.
4. Grammatik shakl va so‘zlaming ma’nosi so‘zma-so‘z taijima vositasida ochib berilgan.
5. So‘zma-so‘z taijima va quruq yodlash yo‘li bilan til materiali o‘zlashtirilgan.
6. So‘zlami kontekstdan tashqarida, yakka-yakka yodlash bilan chegaralangan. Ko‘rinib turibdiki, mazmun e’tibordan chetda qolgan, til formal jihatdangina o‘rganilgan. Shuning uchun bu metod sintetik metod deb ham yuritilgan. Grammatika-taijima metodi tarafdorlari (mas. angliyalik G. Ollendorf) yaratgan o‘quv qo‘llanmalarida tuzilishi tilga mos, mazmunan esa bir-biriga: qovushmaydigan gaplarga, ya’ni ,,sun’iy“ tilga duch kelinadi. M atn-tarjim a metodining maqsadi ham umumiy ta’lim berishga qaratilgan, lekin e’tibor grammatika-taijima metodidagidek m antiqiy tafakkurni o‘stirish emas, balki til o‘rganuvchining umuman aqliy rivojiga qaratilgan. 0 ‘qitish mazmunida ham tafovut mavjud, chunonchi, bog‘lanma matnlami o‘qish tavsiya etilgan. Matn-taijima metodining prinsiplari quyidagilar:
1. Yozma nutq asosida chet til o‘qitilgan.
2. Bog‘lanma va ko‘pincha asl nusxadagi matn olingan.
3. Matnni o‘rganishda analiz qilishga ko‘p kuch va vaqt sarflangan.
4. So‘z va grammatik shakl ma’nosini ochish usuli — taijima.
5. Til materiali taijima va yod olish orqali o‘rganilgan. Bu metod ayrim adabiyotlarda leksika-taijima metodi termini bilan ham yuritilgan. Ushbu taijima metodining tarafdorlari (mas. fransiyalik Jan Jozef Jakoto (Jacotot, 1770—1840) matnni tarjimasi bilan yodlashni tavsiya qilishgan. Grammatika-taijima metodidagi sxolastik (quruq safsata) tomonlarga nisbatan matn (leksika) taijima metodi birmuncha ilg‘or metodik sistema hisoblanadi. Chunki grammatikani quruq yodlashdan tilni aks ettiradigan matnlami o‘rganishdek hayotiy zaruriyatga keskin burilish yasaldi. Taijima metodlarining ba’zi usullaridan hozirgi chet til: o‘qitish amaliyotida ham foydalaniladi, mas. til hodisalarining ma’nosini ochishda taijimadan va kontekstdan foydalanishga alohida e’tibor berish lozim. Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko‘rinishlari tarixdan ma’lum. Ulami ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va to‘g‘ri metodlar. Tabiiy metodning sobitqadam muxlislari fikricha, chet tilni o‘rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo‘lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilda gapirishni o‘rgatish. Kundalik hayotiy mavzularda gapirishni o‘rganish orqali o‘qish va yozishni o‘rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‘oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi — til muhitini yaratishdir. 01g‘a suiilgan metodik prinsiplami amaida qo‘llash bobida turli yondashuvlar paydo bo‘lgan. Metod namoyandalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. M. Berlis metodi (M. Delphinus Berlitz). M. Berlis — Amerika Qo'shma Shtatlarida 1878- yilda chet til o‘qitish kurslari tashkil etgan va darsliklar tuzgan chet til o‘qitish metodikasi tarixida atoqli metodist olim. M. Berlis Yevropa tillari va ayrim sharq tillari darsliklarini yaratgan, ammo vatani Germaniyada uning ishi yurishmagach, AQShga ко‘chib boradi va o‘zining birinchi maktablarini ochadi. Tilni amaliy maqsadda 0‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi. M. Berlis sistemasining asosiy metodik mulohazalarini uning darsliklari muqaddimasidan o‘qib olish mumkin: 111 1. Til materialini idrok etish immanent tarzda, taijimasiz bo‘lishi kerak. So‘z bilan narsa (hodisa, harakat) fikran bevosita boglanishi, ona tili so‘zlari bilan aloqa o‘rnatilmasligi hamda grammatik tushunchalarni kontekstda, ong ishtirokisiz (induktiv holda) ona tili bilan qiyoslamasdan idrok etish. 2. Muallimga taqlid qilish orqali til materialini mustahkamlash. 3. Chet til o‘rganishda ona tili ishtirok etmasligi. 4. Til hodisalari (leksik va grammatik birliklar)ning ko‘rgazmalilik (narsa, tasvir, xatti-harakat, sharhlash) yordamida ma’nosini ochish. v 5. Yangi materialni awalo og‘zaki taqdim etish. 6. 0 ‘quvchilarni nutq faoliyatiga undovchi muallim va o‘quvchi juftnutqi (suhbati) boshqalaridan maqbul ish uslubi ekanligi. Qayd etilgan ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni M. Berlis o‘quv vositalarida nazariy asoslashga uringan. M. Berlisning quyidagi o‘quv qo‘llanmalari mashhur bo‘lgan: Erstes Buch fur den Unterricht. Riga, 1926; Deutsches Buch fiir den Erwachsene. Zweiter Teil, 13, Aufl., Berlin, 1929; Illustrated Book for Children. English. Riga, 1924. F. Guen metodi (Francois Gouin, 1831—1898). Tabiiy metod vakillaridan fransuz metodisti F. Guen chet tilni ona tili o‘rganishga o‘xshab, amaliyotda egallash tarafdori bo‘lgan. U metodikada birinchi bo‘lib leksikaning mavzular (uydagi hayot, maktab, jamiyat, tabiat) bo‘yicha tasnifmi kashf etgan. Chet til o‘rgatishda quyidagi metodik qonun-qoidalarni taklif qilgan: 1. Odam o‘z ehtiyojidan kelib chiqib til o‘rganadi. 2. 0 ‘rgatish birligi qilib so‘z emas, gap tanlanadi. 3. Til o‘rganishda og‘zaki nutq birlamchi hisoblanadi. F. Guen, xuddi M. Berlisga o‘xshab, ko‘rgazmalilik, ona tiliga tayanmaslik, grammatikaning leksikaga tobeligi kabi shartlami quwatlaydi. F. Guen o‘z sistemasida chet til lug‘at boyligini uchta katta toifaga ajratadi: obyektiv, subyektiv va ifodali tushunchalarni bildiruvchi so‘zlar. Birinchi guruhga obyektiv dunyoga oid tushunchalar, mas. hayot, jamiyat, tabiatga tegishli; ikkinchisida inson ruhiga taalluqli tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar: tushunmoq, xohlamoq.

Download 36.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling