Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 18.42 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.42 Kb.
#1540330
Bog'liq
qaror


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarori: chet tillarni bilish darajasini aniqlashda pedagogik o‘lchovlar
2016 yil 1-yarmi uchun «Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi»ga ko‘ra Davlat test markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1875-son qarori: chet tillarni bilish darajasini aniqlashda pedagogik o‘lchovlar” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjuman 2016 yil 13 aprel kuni soat 11.00 da Milliy matbuot markazida tashkil etildi. Unda Davlat test markazi tomonidan direktor o‘rinbosari Mirzaev Farxod Isamovich va Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Zuparxodjaeva Sevar Zakirovna ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorida bir qator vazifalar qo‘yilgan:
- chet tillarni birinchi sinfdan boshlab o‘qitish;
- yangi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish, yangi darsliklar va o‘quv-uslubiy komplekslar yaratish va ular bilan o‘qituvchi va o‘quvchilarni ta'minlash;
- oliy ta'limi muassasalarida maxsus fanlarni chet tilida o‘qitish;
- chet tillarni o‘rganishni samarali tashkil qilish uchun ta'lim muassasalarining moddiy texnika bazasini boyitish;
- chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini yaratish.
Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-sonli qarori qabul qilindi.
Bugungi kunda mazkur qarorga muvofiq talabgorlarning chet tilini bilish darajasi aniqlanib, chet tilini bilish darajasiga davlat namunasidagi malaka sertifikatlar berilmoqda.
Talablar:
barcha talabgorlar sertifikat olish uchun test sinovida ishtirok etishi mumkin
sertifikat uch yil muddatga beriladi
eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi
sertifikat har bir darajaga alohida beriladi
test sinovi natijasiga muvofiq eng yuqori ballning 60 foizi va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarga sertifikat beriladi.
Baholanadigan qo‘nikmalar:
Tinglab tushunish
O‘qish
Leksik va grammatik kompetensiyalari
Yozish
Gapirish.
2014-2016 yillar davomida chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini olish maqsadida 878 nafar talabgorlar ariza bilan murojaat qilgan, jumladan 761 nafari ingliz tili talabgorlari. Test sinovlari natijasiga muvofiq talabni bajargan 450 nafar (51,3 foiz), jumladan V1 darajasiga 14 nafar, V2 darajasiga 368 nafar, S1 darajasiga 68 nafar talabgorlarga chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi malaka sertifikat berildi. 
V2 darajasi sertifikati talabgorlari ko‘pchilikni tashkil qilmoqda (616 nafari ariza bergan, shulardan 287 nafari (46,6%) talabni bajargan.
Test sinovlari V1, V2 va S1 darajalariga davlat namunasidagi malaka sertifikat olish uchun 9 ta tildan, ya'ni ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon, turk, arab, ispan, xitoy tillaridan o‘tkazildi.
Test sinovlari uchun SEFR (Chet tillarini o‘zlashtirish umumevropa klassifikatsiyasi - Common European Framework of Reference for Languages) tavsiyalari asosida test topshiriqlarning yangi formati ishlab chiqildi va joriy etildi. 
Test sinovlari uchun yangi formatdagi test topshiriqlar tajribali mutaxassislar jalb etgan, xalqaro tajribaga tayangan holda ishlab chiqiladi. Bu borada Davlat test markazi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlarni olib bormoqda.
Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining sayti (nsfla.uz) tashkil etilgan va unda test sinovlariga oid materiallar yoritilib, talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan saytda test sinovlarini o‘tkazishning me'yoriy-huquqiy asoslari, test topshiriqlari namunalari, ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tavsiyalar, test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma joylashtirilgan. Interaktiv xizmatlar orqali talabgorlar ariza berishi hamda natijasini bilishi mumkin.
Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling