Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi


Download 215.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi215.64 Kb.
#1135199
  1   2   3   4


 
INGLIZ BURJUA INQILOBI DAVRI DIPLOMATIYASI 
REJA 
1. Kirish. 
2. Uzoq muddatli parlament diplomatiyasi. 
3. O.Kromvel diplomatiyasi 
4. Xulosa.
Kirish 
Ingliz burjua inqilobi davridagi diplomatiya xalqaro munosabatlar va 
Yevropa diplomatiyasi tarixida maxsus o’rin tutadi. Chunki XVI asr 
o’rtalarida hamma Yevropa mamlakatlari hali monarxiya tuzumida edi. U 
davrning diplomatiyasi o’ziga xos ish tutardi ya’ni davlat manfaati emas, balki 
saroy va sulola manfaati nuqtai nazaridan ish olib borardi. Ularning ish uslubi 
fitna-ixtilofga moyillik, maxfiylik va murakkab-makkorlik asosda olib 
borilardi. Ingliz inqilobi diplomatiyasi esa o’zining sodda fikrlik, maqsadga 
muvofiqligi va ijro etishda o’zining mohirligi bilan tubdan farq qilardi. Bu esa 
inqilobda g’alaba qilgan ijtimoiy sinf manfaati va o’sha davrdagi siyosiy 
hayot hamda tushunchasiga to’gri kelib davr talabiga javob berardi. 
Inqilob xokimiyat tepasiga shunday kishilarni keltirdiki, ular Angliyada 
burjuaziya taraqqiyoti tarafdori edilar. Ular nima istashlarini va nima
qilishlarini aniq va ravshan bilardilar va kelgusida qanday yashash va 
qanday qarakat qilishlarini belgilab olgan edilar.
Angliyaning o’sha davrdagi diplomatlari XVI asrdagi feodal 
Angliyaning yerdorlari. Dengizchilari (qaroqchilar) va savdogarlari nima bilan 
shug’ullangan bo’lsalar, shuni takrorladilar, ya’ni mustamlakachilik, tashqi 
bozorni egallash. dengiz ustivorligi uchun hukumatdan mustasno tariqas ida 
kurash olib bordilar. chunki endilikda ularning o’zi hokimiyat tepasida turib. 
parlament orqali hokimiyatni boshqarayotgan edilar, parlament zo’r berib 


ularning 
manfaatini 
himoya 
qilardi, 
keyinchalik 
ularning 
hukmdori 
O.Kromvel bo’lib. u avvaliga ingliz burjua inqilobining Robespyeri, ya’ni 
inqilob tarafdori edi, keyinchalik, hokimiyat tepasiga kelgach inqilobni 
bug’uvchi Napoleonga aylanadi.
"Uzoq muddatli parlament diplomatisyasi".
Ingliz inqilobining birinchi galdagi siyosati. ya’ni diplomatiyasi Kirol 
bilan parlament o’rtasidagi kurash. feodalizm bilan kapitalizm o’rtasidagi nizo 
tugamaguncha 
Yevropada 
bo’layotgan 
hatti-harakat 
va 
nizolarga 
aralashmaslik mavqeini tutdi. Bu esa mamlakatda yangi, hokimiyatni 
mustahkamlab olish uchun sharoit yaratar edi. 
Angliya floti (harbiy va savdo) burjuaziya va savdo manfaati bilan bog’liq, 
bo’lib, ularni himoya qilish maqsadida inqilob boshlanish davridan boshlab to 
oxirigacha inqilob tarafida turdi. Bu esa inqilobchi ANGLIYaGA Yevropa 
qit’asidagi Feodal davlatlarning harbiy yurish (intervensiya) uyushtirishiga 
to’sqinlik qildi. 
Qirol Karl I ning qo’shni mamlakatlarga, ularning monarxlariga 
murojaat qilib, inqilobni bostirib, hokimiyatni saqlab qolishi uchun yordam 
so’raganda ham bu qo’shnilar unga e’tibor bermadilar. Bu Angliyaning ichki 
ishi deb biladilar. Bundan tashqari ular inqilobning borishini ham. mohiyatini 
ham tushunmas edilar, shuning uchun ham tashvishga tushmadilar. 
Birinchidan, Angliya inqilobi mamlakat ichkarisidagi mojorolarni xal 
qilish uchun Yevropa ishlariga vaqtincha aralashmadi, ikkinchidan qit’a 
mamlakatlari bu vaqtda kuch-quvvatga ega bo’lib, gullab yashnayotgan edi, 
shuning uchun ham inqilobdan qo’rqmadilar va uni inqilob ekanligini 
tushunib yetmadilar. 
Ayniqsa. Karl I ning Fransiyadan umidi katta edi, uning yordamiga 
muxtoj edi. Ammo bu hatti-harakatlar bekor ketdi, aksincha uning Fransiya 
hukumati bilan diplomatik yozishmalari Nezbi yonidagi jangda yengilib, 
butun hujjat-yozishmalari, ya’ni qirol arxivi parlament armiyasi qo’liga 
tushib. uni sharmandalarcha obro’sizlanishga olib keldi. 


G’alaba qilgan sinf, burjuaziya bilan yangi dvoryanlar hokimiyatni o’z 
qo’liga olib, barcha boyliklarni o’z foydalariga hal qilib. taqsimlab oldilar. 
Qat’iy-mustahkam tartib o’rnatishga xarakat qildilar va qit’a mamakatlari 
bilan savdo va diplomatik munosabatlarni tiklashga urindilar.
"Puldor va mulkdor" kishilar Yevropa bozorini qo’lga olishga tayyor 
edilar. uning uchun qanday to’siq bo’lmasin, uni yengishga kuchlari yetar edi. 
Angliyaning dengiz dushmani va savdo raqibi bo’lgan davlatlar Gollandiya, 
Ispaniya va Fransiyaga qarshi kurash dasturi aniqlab olingan edi. 
Puritan hayolparastlari Jumhuriyat (Respublika)ni Gollandiya bilan 
qattiq va qaqshatqich kurashishga chaqirdilar. "Xudo bizga (inglizlarga - M. 
Gollandiyani bergan ekan, u yerga vakillar yuborib, tartib o’rnatish va 
Vavilionlikdan siz to’g’ri yo’ldan adashgan malikani taxtdan ag’darib, qit’ada 
Xudo hukmronligini o’rnatishga asos solish kerak, -degandi ulardan biri
1

Ammo, xokimiyatga kelgan "xudo bandalari" o’zlarini o’ta xudojo’y 
deb atashlariga qaramasdan hayotdagi moddiy manfaatdorliklarini hech 
qachon unitgan emaslar. Ularning bunday xatti-harakatlari to xatto 
inglizlarning Shvetsiyadagi elchisi Uaytlok bilan Shvetsiya qirolichasi 
Uristinaning qabul suxbati vaqtida tilga olinib, qirolicha shunday degandi: 
"Siz inglizlar tovlamachi va ikkiyuzlamachi. Men sizlarning generallaringiz 
(O.Kromvel) va Siz haqingizda emas, menimcha Angliyada shunday shaxslar 
borki: ular ko’p, bu kishilar soxta dindorlar bo’lib, hayotida hech qanday 
maxzamlik yo’q, kerak bo’lsa diniy ulomolikdan ham foyda izlaydi
2

XVII asr 40-yillarining oxiri va 50-yillarining boshlariga kelib ingliz burjua 
inqilobining tashqi siyosati va diplomatiyasi parlament ixtiyorida edi. Ammo 
O.Kromvelning tashqi siyosat bobidagi nojo’ya xarakatlari parlament 
a’zolariga xush kelmadi, ayniqsa Irlandiya masalasida parlament uning 
o’zboshimchalik va huquqlarini cheklashga harakat qilganda, o’rinbosari 
bo’lgan Praydni yuborib. parlamentda tozalash o’tkazib, uni o’ziga 
1
История дипломатии.т.1., М., 1976. c. 282 
2
История дипломатии.т.1.. c.282 


bo’ysundirmoqchi bo’ldi. Lekin bari-bir parlament qaysarlik qila boshladi. 
Shunda Kromvel ozgina qolgan parlament azolarini ham xaydab, butun 
hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 1653 yildan boshlab Respublika tuzumi o’rniga 
Kromvel homiyligi (protektorat) o’rnatildi. 
Bu vaqtda ingliz diplomatiyasining asosiy vazifasi birinchi galda qit’a 
mamlakatlari bilan diplomatiya va savdo munosabatlarini tiklash va 
yaxshilash edi. Qit’a davlatlaridan ko’pchiligining diplomatik (agent) vakillari 
ham Londonda yashab kelayotgan edilar, ammo yangi hokimiyatni tan olish-
tanish uchun shoshilmadilar. Sust xarakat qildilar. Ularning davlat boshliqlari 
Angliyadagi yangilikka e’tibor bermadilar va Respublikani tan olishga 
urinmadilar. O’z vakillariga esa yangi ishonch yorliq berishni ham unutdilar. 
Fransiya xukumati Karl I ning hayoti va faoliyati haqida o’ylab 
ko’rmadi va unga yengillik ham qilmadi. To xatto o’limga maxkum etilganda 
ham qirolning ahvolini surash uchun harakat qilinmadi, Fransiyaning 
Londondagi elchisi Belevr xatto qirolni borib ko’rmadi ham, uning bu 
harakati keyinchalik Fransiya qiroli kengashida ma’qullangan edi. 
Angliya burjua Respublikasini tan olishga va unga moyillik bilan 
harakat qilgan qit’a davlatlaridan biri - bu Ispaniya edi. Ispaniyaning 
Londondagi elchisi don Alonso Kardenya, yangi ishonchli yorliq olmagan 
bo’lsada, lekin Jumxuriyat hukumati bilan maxfiy aloqada bo’lish
uchun 
vakolat olgan edi. Bu masalada u juda ustalik bilan kirishib, ishonchni oqladi. 
Bu harakatni asosiy sababi, Ispaniya o’zining yovuz dushmani bo’lgan 
Fransiyani dog’da qoldirib, yaqinda Ispaniyadan ajralib chiqqan (1640 y.) 

Download 215.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling