Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi


partugallarga ularning dushmani bo’lgan Angliya yordami bilan zarba


Download 215.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.01.2023
Hajmi215.64 Kb.
#1135199
1   2   3   4

partugallarga ularning dushmani bo’lgan Angliya yordami bilan zarba 
bermoqchi edi. Partugallar Angliya qirolining qaroqchilariga jumxuriyat 
savdo kemalarini talash uchun yordam bergandi. Shu jihatdan Angliya bilan 
Partutaliya o’rtasida katta nizo paydo bo’lgandi. 
Anglo-fransuz munosabatlari bu davrga kelib buzila boshlandi. Xali 
qirol Karl 1 qatl qilinishiga qadar Lyulovik XIV Angliya va ichki kurashlari 
bilan band deb o’ylab, inglizlarning jun va shoxi matolarini (1648 y) 


Fransiyaga kiritishni qat’iyatlik bilan man qildi. Bunga javoban Angliya 
parlamenti fransuz vinolarini o’z bozoriga kiritishga qarshilik ko’rsatdi. 
Kardinal Mazarini hokimiyat gepasida turganligidan foydalanib, bu 
masalada Angliyadan yon bosishini so’ragan edi. O’sha vaqtda Fransiyaning 
Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili Krullening ishi ungidan kelmadi. 
Inglizlar unga "qirolga bo’lgan avvalgi ishonchga qaramasdan u siz 
ham yashay olamiz, shuningdek fransuzlarning xushbo’y vinolarisiz ham 
kunimiz o’tadi" deb javob qaytardilar
3
. Shundan so’ng savdo urushi boshlanib 
ketdi. Rasmiy holatda urush e’lon qilinmasdan ikki davlat bir-birini savdo 
kemalarini taladilar, kemalarni mahsulotlari bilan qo’lga kirita boshladilar, 
ya’ni qaroqchilik bilan shug’ullandilar. 
Ispaniya elchisi don Alonso Kardenya uddoburorlik bilan Angliya va 
Fransiya mojoralaridan foydalanib, zudlik bilan Madrid saroyidan (1650 y.) 
ishonchli yorliq berishini so’rab, o’z qirolini agar biz Jumxuriyatni tan olsak 
undan katta foyda ko’ramiz deb ishontirdi va yorliqni olishga muvaffaq 
bo’ldi. Juda katta yutuq bo’lmasa ham, xarxolda elchi o’zlarining raqibi va 
dushmani bo’lgan Fransiya ustidan g’alaba qozondi va uni kamsitib qo’ydi. 
1650 yilning dekabrida Kardenya tantanali ravishda parlament 
tomonidan qabul qilindi va u parlamentga o’zining ishonchli yorlig’ini 
topshirdi. Xuddi shu kuni Fransiyaning Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili 
Krulle qamoqqa olingan edi. Parlament tomonidan ispan elchisini tantanali 
qabul qilish marosimlarining yozuvi va Krullening Mazariniga ishi o’ngidan 
kelmaganligi va xibsga olinganligi haqidagi xati ham parlament arxivida 
saqlanib qolingan edi, u quyidagicha: 
Kardenyani parlamentga olib kelish uchun graf Solsberi boshchiligida 
parlamentning uchta komissari hukumat izvoshida borgan edilar. 30 yoki 40 ta 
izvoshda ispan va ingliz dvoryanlari o’tirib, Kardenyani parlamentga kuzatib 
keldilar. Kardenya kelayotgan yo’lda otliq askarlarning ikki polki saf tortib 
turgan edi. Piyoda askarlarning bir polki uni qo’riqlab bordi. 
3
История дипломатии.т.1. c.284 


Parlamentga kelgach Kardenyaga maxsus o’rindiq (kreslo) tayyorlanib 
qo’yilgan edi. Unda o’tirgan elchi parlament raisiga o’zining ishonchli 
yorlig’ini taqdim qiladi. Bu yorliq Lotin tilida yozilgan edi. Shundan so’ng 
Kardenya ispan tilida katta nutq so’zlab, mamlakatning oliy hokimiyati 
bo’lgan palatani buyuk xristian davlatpanoxi nomidan birinchi bo’lib tan 
olinganligi uchun o’zini baxtiyor deb hisoblaydi, degandi. 
Xuddi shu soatda, ya’ni parlament Ispaniya elchisiga katta ehtirom 
ko’rsatib, uni elchi sifatida qabul qilayotgan vaqtda Fransuz elchisi Krullening 
qarorgohiga askarlar bostirib kirib, tintuv o’tkazadilar, Krullen xibsga olib, 
uni tezda Londondan xaydab yuboradilar. 
Fransiya uchun bunday noxush ahvol ularni sarosimaga solmadi, 
aksincha (Lazarini va uning noibi Kolber fransuz burjuaziyasining manfaatini 
ko’zlab ish tutdilar. Ularning tazyiqi ostida savdoni rivojlantirish uchun 
Angliya bilan aloqani yaxshilashni talab qildilar. Ingliz savdo kemalarini 
talagan 
qaroqchilari 
hukumatni 
inglizlar 
bilan 
kelishuvini 
Fransuz 
kommersantlari 
(boylari)ni 
ingliz 
dengizchi 
qaroqchilari 
tomonidan 
talanishiga qaramasdan, ular o’z hukumatlaridan inglizlar bilan kelishishni 
talab qildilar. 
Kolber Fransiya savdosnning qiyinchiliklari xaqida 1650 yil qirolga 
yozgan xatida shunday deydi: "...inglizlar biz bilan savdo urushi olib 
borayapti... savdoni yo’lga qo’yish qiyin, chunki inglizlarning bunday uch 
olishida biz, o’zimizni ung’arib ololmaymiz. Savdoni o’nglab olish uchun ikki 
yo’l bor: xavfsizlik va erkinlik, buning uchun albatta Angliya bilan yaxshi 
qo’shnichilik munosabatlarini tiklash zarur. Inglizlarning bizdan talab 
qilayotgan narsasi shuki, biz ularning respublikasini tan olishimiz kerak. Bu 
sohada ispanlar bizni quvib o’tdi, deydi Kolber. Biz majburan bo’lsa ham 
Angliyani tanishimiz kerak. Buning uchun bizni xudo va bandalar ham 
kechirishi mumkin. Ispanlar bizga nisbatan dushmanlik mavqeida turib, 
inglizlar orqali ko’p ishlar qilishi mumkin, deb tugatadi o’z xatini Kolber
4

4
История дипломатии.т.1. c.284 


Kardinal Mazarining o’zi Respublikani tan olish uchun har qanday 
pastkashlikka borishi mumkin edi, nima ketsa ham ispanlarga qarshi inglizlar 
bilan ittifoqda bo’lish edi. Shuning uchun ham har qanday shartlarni 
bajarishga tayyor edi. Shu maqsadda tashqi siyosatning 1652 yildan boshlab 
parlament ixtiyoridan Kromvel qo’liga o’tganligidan foydalanib. vositachilar 
orqali hukmdor bilan bog’lanib, tezda undan javob oladi. Kromvelning 
talabiga ko’ra fransuz qiroli Angliya respublikasini tezda tan olib, o’z 
elchisini Londonga yuborish aytilgandi. Shuning bilan birga dengiz 
xarakatlari vaqtida Respublika fuqarolariga yetkazilgan moddiy zarar 
qoplanishi zarur edi. Bundan tashqari, Mazarining Fronda bilan olib 
borayotgan kurashi Fronda foydasiga hal bo’lsa, u vaqtda Mazarini uchun 
boshpana Angliyadan berilishi ma’lum qilingan edi. 
Natija Mazarini kutganidek bo’lib chiqmadi. Ahvolni o’zgartish qiyin 
edi Mazarini va saroyning ahvoli borgan sari qiyinlashib bordi. Oronda 
tarafdori bo’lgan shaxzodalar Fransiyaning janubida. Bordo shahrida 
to’planib, u yerdagi inqilobiy harakat bilan birgalikda Angliya respublikasini 
tan olish va o’zlarining avvalgi erkinliklarini qo’lga kiritish edi. Ispanlar ham 
inglizlarni shaxzodalar bilan ittifoqda bo’lishiga undar edi. Shunday ekan, 
Mazarini uchun inglizlarning talabini bajarishdan boshqa iloji yo’q edi. 
1652 yilning dekabrida Angliyaga fransuz intendanti Pikardii de Bor, 
Bordo qirolning Angliya parlamentiga yozgan xati bilan yuboriladi. Elchiga 
berilgan ko’rsatmaga muvofiq, inglizlarning sha’niga tegadigan gaplar 
aytilmasligi kerak deyiladi. Lekin inglizlarni bunday maktub qoniqtirmadi 
ular boshqacha mazmundagi xat talab qildilar. Shundan so’ng yangicha 
mazmunda yozilgan maktub yuborilib. unda Angliya ulugvor davlat, inglizlar 
esa katta buyuk millat deb ko’rsatilgandi. Shundan so’ng inglizlar Bordo
vakillarini qabul qilishlarini ma’lum qildilar, lekin qabul na parlamentda. 
na davlat kengashida, u tashqi ishlar bilan shug’ullanuvchi qo’mitada 
o’tkaziladigan bo’ldi. Qabul marosimida fransuz vakili nutq so’zlab, unda ikki 


davlatning tuzumi, har xil bo’lishiga qaramasdan, savdo bir xilda rivojlanishi 
mumkin, bundan na Fransiya, na Angliya zarar ko’radi. Aksincha ikkalasi 
buyuk davlat sifatida manfaatdor bo’lishi mumkin, dedi
5

Birqancha vaqtlar o’tgandan keyingina 1655 yilga kelib ikki o’rtada 
shartnoma tuzildi, fransuz-ispan qarama-qarshiliklaridan Kromvel Fransiyani 
yana bir muncha yon bosishlarga majbur qildi. 
Angliyaning yon qo’shnisi bo’lgan Gollandiya bilan ahvol boshqacha 
edi, chunki bu mamlakat XVII asrda Yevropaning hamma mamlakatlari va 
jahon bilan savdo qiladigan kuchli dengiz davlati hisoblanardi. Gollandiya 
kemalari o’zlarining yukini tashib, kirakashlik qilardi, qayerda bo’lmasin 
ingliz kemalari bilan to’qnash kelardi. Gollandlar kuchli va xavfli raqobatchi 
edi. 
Rus davlatida gollandlarning olib borgan ishlari ingliz savdogarlarining 
tijorat savdo imtiyozlarini bekor qilishga olib keldi. Ingliz jamoasining 
fikricha Gollandiya bilan, ya’ni ikki dengiz davlati o’rtasida mustahkam 
ittifoq tuzish, aks holda dengiz hukmronligi uchun raqib Gollandiyaga qarshi 
ayovsiz qatiy kurash olib borish edi. 
1651 yilning fevralida ingliz parlamentining ikki favqulodda elchisi 
Sen-Djon va Strayklend Gollandiyaga muzokara olib borish uchun 
yuborilgandi. Ingliz elchi-vakillarini 40 janob va 200 yaqin xizmatchilar 
hamrox sifatida kuzatib bordilar. Gaagada ularni General shtatlarning 
deputatlari 27 hukumat izvoshida qarshi oldilar. Ular sharafiga katta qabul 
marosimi o’tkazilib. katta hurmat ko’rsatildi. Lekin mamlakat jamoasining 
elchilarga bo’lgan munosabati sovuqqina bo’ldi. 
General shtatlarning uchrashuv-qabul marosimida respublikaning 7 ta 
komissari ingliz elchilariga shuni ma’lum qildilarki, Birlashgan viloyatlar 
(Gollandiya) Angliya respublikasiga o’zlarining do’stlik munosabatlarini 
izhor qiladi va faqatgina yaxshi qo’shnichilikni tiklash va saqlab qolishgina 
5
История дипломатии.т.1., c.285 


emas, balki ikki respublikaning manfaati uchun turli xildagi traktatlarni 
imzolash lozim deb, aytdilar. 
Ularga javoban ingliz elchilari gollandlarning aytganlaridan foydalanib. 
bizning takliflarimiz yanada chuqurroqqa boradi, dedilar. "Biz shuni taklif 
qilamiz, -dedi ular.- Angliya bilan Birlashgan viloyatlar o’rtasidagi do’stlik 
faqatgina tiklanib va saqlanib qolmasdan, balki ular o’rtasidagi ittifoq tuzish.
bu ittifoq yaqinlik va ehtiromlik bo’lishi kerak. Har ikkala millat manfaatlari 
uchun xizmat qilsin, bu ishlar va manfaatlar xayotiy va aniqroq bo’lishi 
kerak" degandi
6
.
Inglizlarning so’nggi so’zlaridan gangib qolgan gollandlarni 
ko’rib, ularning ahvolini tushunib yetgan inglizlar gollandlarga murojaat qilib
sizlar o’z takliflaringizni aytishingiz mumkin deb, ularni og’ir vaziyatdan 
qutqardilar. 
Inglizlarning orzu-istaklari gollandlarga ochiq-oydin ma’lum edi: 
Gollandiyaga Angliya bilan birlashish. aniqroq qilib aytganda Angliyaga tobi 
bo’lish, bordi-yu rad javobi bo’lsa. unda uning bilan aloqani uzib. unga qarshi 
kurashish edi. 
Oradan ko’p vaqt o’tmasdan dushmanlik mavqei quzg’olib, ikki 
respublika bir-biriga qarshi turdi, inglizlar gollandlarning kemalarini tutib ola 
boshladilar. 
Gollandlarning 
harbiy 
floti 
taniqli 
admiral 
Trompa 
qumondonligida Angliya qirg’oqlarida suzib yurardi. Ingliz elchilari 
parlamentga murojaat qilib, kelgusida nima qilishlarini surab. biron topshiriq 
bormi yoki uyga qaytish kerakmi degan savol qo’ydilar. Shundan so’ng 
parlament ilgarigi qo’yilgan takliflarga Gollandiyaning General shtatlaridan 
javob kutmasdan o’z elchilariga 7 moddadan iborat bo’lgan qat’iy 
talabnomaga o’xshagan do’stlik haqida taklifnomani yubordi. Unda 
aytilishicha Gollandiya bilan Angliya bitta ya’ni yagona davlat sifatida ish 
ko’rib, urush va tinchlik masalasida xalqaro shartnomalar va ittifoq tuzishda 
bir davlat nomidan bo’lishi kerak deyiladi. 
6
История дипломатии.т.1., c.286 


Agar bu shartlar qabul qilinsa. u vaqtda yanada muhimroq, ya’ni "ikki 
davlat manfaatlarini ko’zda tutgan xolda yangi moddalar taklif qilish 
mumkin" degan gaplar elchilar orqali og’zaki ravishda yetkazilgan edi
7

Masalalar ochiq xolda xal bo’lmasdan qolgach elchilar o’z yurtlariga 
qaytadilar. Bu voqealar iyulning oxirlarida bo’lib, 5 avgust kuni parlamentga 
tegishli chora ko’rish topshirildi va shoshma-shosharlik bilan Kromvel taklif 
qilgan "Navigadion akt" (dengizda suzish qonun-qoidalari) e’lon qilindi. Bu 
akt bilan Angliya o’zining Gollandiyaga nisbatan bo’lgan do’stlik 
namunalarini yaqqol ko’rsatdi. Ushbu aktga muvofiq, mahsulotlar faqat 
Angliya kemalarida keltirilishi va chiqarilishi kerak edi. Gollandiya esa bunga 
qarshi edi. Ikki o’rtada urush ( 1652-1654) boshlanib, u Godlandiyaning 
mag’lubiyati bilan tamom bo’lib, gollandlar "Navigasion akt"ni majburan tan 
oladilar. Ikki o’rtada hali urush holati saqlanib qolgan edi. 

Download 215.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling