Chigʻatoy ulusining tashkil topishi
Chig‘atoy ulusining tashkil topishi
Download 139.03 Kb.
|
Chigʻatoy ulusining tashkil topishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHINGIZXONNING O’G’LI O’QTOY VA XOTINI TASVIRI. XIV ASR MINIATYURASI
Chig‘atoy ulusining tashkil topishi
Chingizxon bosib olingan yerlarni o‘z o‘g‘illari o‘rtasida alohida mulk - uluslarga ajratdi. Movarounnahr Chig‘atoy mulki tarkibiga kirdi. Mo‘g‘ullar bosib olingan yerlarni o‘zlari boshqara olmasdilar, shu boisdan ular mahalliy savdogarlarning yordamiga tayandilar. 1225-yili Movarounnahr savdogar Mahmud Yalavoch hukmronligiga topshirildi. U Xo‘jandga keldi va o‘sha yerdan turib mamlakatni boshqardi. Shu tariqa Mahmud Yalavoch mo‘g‘ullarning Movarounnahrdagi noibiga aylandi. Dorug‘ayoki bosqoqlar boshchilik qiluvchi harbiy otryadlar ham uning ixtiyorida edi. Ushbu atamalar «harbiy hukmdor» ma’nosini anglatadi. Bosqoqlar aholidan soliq va tushumlarning yig‘ilishini nazorat qilardilar. Soliq to‘lashdan bosh tortganligi yoki mehnat majburiyatini o‘tamaganlik uchun bosqoqlar dehqon va hunarmandlarni shafqatsiz jazolardilar. CHINGIZXONNING O’G’LI O’QTOY VA XOTINI TASVIRI. XIV ASR MINIATYURASI Chig‘atoy Movarounnahrdan olisda yashar va ulusdan keladigan daromadning ma’lum qismini olib turardi. U amalda noibning ishlariga aralashmasdi. Chig‘atoy ulusi tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Yettisuv va Qoshg‘ar ham kirardi. Mahmud Yalavoch ruhoniylarni va ayrim tuman va viloyat hukmdorlarining mo‘g‘ullar istilosidan omon qolgan oilalarini qo‘llab-quvvatladi. Noib ularning yordamida xalq ongiga mo‘g‘ullarga tobelikni singdirmoqchi bo‘ldi.
Dehqon va hunarmandlar bosqinchilarni ovqatlantirar va kiyintirar, ularni barcha zarur narsalar bilan ta’minlardilar. Bosqoq istagan xonadonga kirish va yem-xashak, oziq-ovqat mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlarini bepul tortib olish huquqiga ega edi. Xalqning ahvoli o‘ta og‘ir edi. Siz Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloniga nima sabab bo‘lganligini endi yaxshi bilasiz. Movarounnahrdan Mo‘g‘ulistonga olib ketilgan hunarmandlarning ahvoli ham og‘ir edi. Ular o‘z mehnatlari uchun mo‘g‘ullardan arzimagan oziq-ovqat olardilar. O‘sha olis voqealarning guvohi shunday yozadi: «Mo‘g‘ullar har bir hunarmandga kundalik nonni o‘lchab beradilar, ammo juda kam beradilar, shuningdek, haftasiga uch marta ozginadan go‘sht, uni ham faqat shaharlarda yashaydigan hunarmandlarga beradilar va boshqa hech narsa ajratmaydilar».
Download 139.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling