Chigʻatoy ulusining tashkil topishi


Download 139.03 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi139.03 Kb.
#1245739
1   2   3
Bog'liq
Chigʻatoy ulusining tashkil topishi

Ma’sudbek hukmronligi
Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni bostirilgandan keyin 1238 -yili Mahmud Yalavoch Chig‘atoy tomonidan Movarounnahr noibi lavozimidan chetlashtirildi. Ammo tezda u Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoni O‘qtoy tomonidan Pekin hukmdorligiga tayinlandi. Chig‘atoy ulusini Mahmud Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek boshqara boshladi. U ana shu lavozimda 1289-yilga qadar, ya’ni ellik yildan ortiq turdi.
Ma’sudbek hokimiyati mo‘g‘ul bosqoqlari otryadi hamda mahalliy mayda hokimlarga tayanardi. Ma’sudbek aholidan soliqlar to‘lashni talab qildi va soliqlarni muntazam yig‘ib bordi.
Ma’sudbek davrida Buxoroda qisman jonlanish sodir bo‘ldi. Bu yerda machit va madrasalarning yangi binolari barpo etildi. Ammo ushbu qurilishlar mo‘g‘ullar bosqini vayrona garchiliklarining izini bekita olmadi.
XIII asr o‘rtalaridan boshlab mo‘g‘ullar imperiyasida o‘zaro urushlar va g‘alayonlar boshlandi. Bu hol keyingi o‘n yilliklarda ham davom etdi. 1272-yili Eronning mo‘g‘ul hukmdori Hulaguxon qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirdi. Ular Kesh va Nasafni taladilar. Hulaguxon qo‘shinlari 1273-yilning boshida Buxoroni egalladilar. Shaharda qirg‘in va talonchilik boshlandi. Hulaguxon qo‘shinlari katta o‘lja bilan Buxoroni tark etdilar, ammo shaharga Chig‘atoy mo‘g‘ullarining qo‘shini kirib keldi. Ular talonchilikni davom ettirdilar va yanada ko‘proq insonlarni o‘ldirdilar. Yetti yil mobaynida Buxoroda hayot to‘xtab qoldi. Shahar vayron bo‘lib, huvullab qoldi.

XIVA. SHAYX MUHTOR VALIY MAQBARASI. XIV ASR.
Ma’sudbek davrida pul islohoti o‘tkazildi. Movarounnahrning shahar va viloyatlarida bir xil vazndagi kumush tangalar zarb qilindi. Ushbu tangalar qayerda zarb qilinganligidan qat’iy nazar ular davlat ahamiyatiga molik edi.

Kebekxon islohotlari
Xon Kebek (1318-1326-yy.) o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan birinchi mo‘g‘ul hukmdori bo‘ldi. U Nasaf yaqinida o‘ziga saroy (mo‘g‘ulchada «Qarshi») qurdi. Ushbu saroy atrofida shahar o‘sdi.
Kebekxon tomonidan ma’muriy va pul islohotlari amalga oshirildi. Uning zamonida vazni turlicha bo‘lgan kumush tangalar zarb qilina boshlanadi. Bular yirik kumush tanga - dinorlar va mayda dirhamlardan iborat edi. Mazkur islohot ichki va tashqi savdo uchun ancha qulay sharoit yaratdi.
Kebekxon davrida Movarounnahr hududi alohida ma’muriy birliklar - tumanlarga bo‘lindi. Tumanlarga bo‘lish Kebekxon bilan Movarounnahrga kirgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila vakillarining uluslar hokimligiga tayinlanishi bilan bog‘liq edi. Bular Orlot, qavchin, jaloyir va barlos qabilalari edi. Ular Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari va boshqa viloyatlarga joylashdilar. Shu tariqa mo‘g‘ul zodagonlari ma’muriy boshqaruvdagi o‘rinlarni egalladilar. Ular turli tuman va shaharlarning hokimiga aylandilar. Ko‘chmanchi qabilalar o‘troq madaniyatga oshno bo‘ldilar.

TOSHKENT. SHAYX ZAYNIDDIN BUVA MAQBARASI XIII-XIX ASRLAR.
XIV asr o‘rtalariga kelib Chig‘atoiylar davlati bir-biriga dushman bo‘lgan alohida mulklarga bo‘linib ketdi. Markazi Kesh (SHahrisabz), Xo‘jand, Buxoro, Termiz shaharlaridan iborat mulklar ularning yiriklari edi. Bundan tashqari Chig‘atoy ulusi ikki qismga - Movarounnahr va Mo‘g‘ulistonga (Ettisuv, Qoshg‘ar) bo‘linib ketdi.
Download 139.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling