“Азиз устозлар”ашуласи ижро этилади
O’quvchi:
Kundaligim varag'ida baholar,
Goho a'lo, goho ikki jazolar.
Yo'l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo'ldi —
Bolalikda to'g'rilandi xatolar.
O’quvchi:
Esdalik daftarimni qo'lga oldim,
O'quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho'xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
O’quvchi:
O'qimasak, takror o'qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O'sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to'g'ri yo'l slogan
Sahna ko`rinishi
(Sahnaga pir-ustozlar, ramziy ma’noda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kirib keladilar . Ular ustozlar va ularni e’zozlash haqidagi fikrlari, o’gitlaridan iz\or etadilar .
Abdurahmon Jomiy:
Bismillohi rohmoniy rohim.Aziz farzandlarim, jigarbandlarim, tinglang , eshiting!
Har bir avlod o’z jamiyatini ustoz muallimsiz tasavvur eta olmaydi.Hayotning go’zalligi , farovonligi, obodligi qolaversa istiqbolingizning ravnaqi muallim mehnati tufaylilidir. Shuning uchun men bugun ham :
“Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar”-deb baralla ayta olaman (ta’zim bajo keltiradi)
Alisher Navoiy :
Ustoz mavlono Abdurahmon Jomiy lutf aylaganligi kabi , olamni ilm yoritadi .Shuning uchun kamina ham, turk nazmida chu tortib man alam , ayladim ul mamlakatni yakqalam deyman.
Ilm odob ustoz-muallimlarning ko’p mashaqqatlar. Fidoiy mehnatlari evaziga in’om etilur .Sizlar ular e’zozini, hurmatini doimo bajo keltirib, ardoklashingiz lozim. Ular mehnati siz uchun behisob xazinadir. Shuning uchun ham men sizlarga bugun ham
Haqi yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila,-diya nasihat qilurman.
O’quvchi:
Ey, inson idroqini charxlovchi zot
Ey, ma’rifat bog’ini gullatgan zaqo
Siz bilan munavvar bu shirin hayot
Siz bilan oboddir bu qo’hna dargoh.
O’qituvchim anbarim mening
Hayot yo’llarida sarvarim mening.
1 boshlovchi
Endi so’z navbati majmuamiz ustuni, ilmimiz poydevoriga mustahkam shart-sharoitlar yaratib berayotgan jonkuyarimiz, majmuamiz rahbariga
2 boshlovchi
Dedilar: dunyoda asli kim aziz
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
1 boshlovchi
Shuning bilan ustozlar va murabbiylar quniga bag’ishlab o’tqazilgan bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr. Omon bo’linglar
2 boshlovchi
Sizga chin yurakdan baxtlar tilaymiz,
Iqboldan tojlar-u taxtlar tilaymiz.
Dunyo guzalligin sizda ko’ramiz,
Sizga chinor umrin bizlar tilaymiz
Hamma:
To dunyo bor ekan, bor bo’ling siz ham,
Siz bilan yorug’dir,ravshandir olam!
|