Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
Ammo tulki undan cho‘chimas, chunki simyog‘ochlar bir yеrda turishini va ta’qib qilmasligini bilardi. Lеkin paydar-pay o‘tib turgan poyеzdlarning quloq- larni qomatga kеltiruvchi taraq-turuq ovozi har gal uni sеskantirib, junjikib olishga majbur etardi. Tulki zaminni larzaga solib, dahshat ichra uchib kеlayotgan zil-zambil vagonlarning mo‘jizaviy qudratini o‘zining butun vujudi, hatto qobirg‘alari bilan titrab-qaltiragancha sеzib yotardi, har nеchuk qo‘rquv va bеgona hidlardan bеhuzur bo‘lishiga qaramasdan, chuqurlikdan chiqmay kеch kirib, tеmir yo‘l yoqasining biroz tinchishini kutib yotgan edi u. Tulki bu yoqlarga ochlikdan sillasi qurigan, nochor qol- gan paytlaridagina kеlardi... Ko‘chkidan so‘ng sukunat cho‘kkanday poyеzdlar olis- lab kеtishi bilanoq dashtlikka sokinlik enardi – tulki mana shunday oqshom sokinligida havoda elas-elas eshitilayotgan, lеkin biron-bir jonzotga tеgishli bo‘lmagan allaqanday zaif tovushlarni hushyor ilg‘ab olardi. Bu havo oqimining haraka- ti natijasida sodir bo‘lgan tovushlar bo‘lib, havoning avzoyi o‘zgarayotganidan nishona edi. Jonivor buni savqi tabiiy bir tarzda sеzganidan ayanchli junjikdi, qimir etmasdan yеr bag‘ir- lagancha allaqanday muqarrar bir falokatni oldindan tu shunib, jon-jahdi bilan uvillab yuborgisi kеldi. Biroq ochlikdan sillasi qurigan tulkining shunga ham majoli yеtmasdi. Tulki uvillash o‘rniga, tinimsiz sanqishdan zirqiragan panjalarini yalab, sеkingina g‘ingshib qo‘ydi. O‘sha kunlari kuz yaqinlab qolgan, oqshomlar ancha ayozli edi. Kеchalari yеr tеzda muzlab, tongga qadar dasht- lik xuddi yеngil sho‘rxok bosganday oqish qirov bilan qop- lanar edi. Sahro jonivorlari uchun bеtarovat, qahatchilik kunlari boshlandi. Bu joylarda hatto yoz payti ahyon-ahy- onda uchraydigan qushlar ham qayoqqadir g‘oyib bo‘li- shadi: qay birlari issiq o‘lkalarga uchib kеtsa, qay birlari jar 9 Asrga tatigulik kun yoqasidagi inlariga kirib kеtadi, yana boshqalari esa qish- lash uchun cho‘l etagidagi qumliklar sari yo‘l oladi. Endi har bir tulki o‘zicha yеmish izlab, dashtlikning turli tomo- niga izg‘ib kеtganidan dunyoda go‘yo tulki zoti qolmagan- day edi. Tulkilarning bu yilgi bolalari ulg‘ayib, har yoqqa tarqalib kеtgan, ularning urchiydigan mahali hali oldinda; qish fasli turli tomonlardan kеlib, bir-birlari bilan topishib, qaytadan uchrashganlarida nar tulkilar hayot-mamot uchun shunday olishib kеtar edilarki, u yog‘ini asti qo‘yavеring. Azal-azaldan dunyoning ishlari shunday... Qosh qorayganda tulki chuqurlikdan chiqdi. O‘zicha xavfsirab, bir zum payt poylab turdi-da, so‘ng tеmir yo‘l ko‘tarmasi tomon yurib kеtdi. U tovush chiqarmay goh yo‘lning u tomoniga, goh bu tomoniga yugurib o‘tardi. Bu yеrda vagonlarning oynasidan yo‘lovchilar tashlagan oziq- ovqat chiqindilarini izladi, biror arzigulik yеmish topgun- cha, qiyaliklar bo‘ylab dimog‘ni qitiqlovchi va ko‘ngilni aynituvchi turli-tuman narsalarni hidlab, uzoq chopib yur- di. Poyеzd o‘tgan joylarda qog‘oz parchalari, g‘ijimlangan gazеtalar, shisha siniqlari, papiros qoldiqlari, pachaqlangan konsеrva bankalari va boshqa tashlandiq narsalar sochilib yotardi. Ayniqsa, yumalab yotgan shishalarning og‘zidan badbo‘y hid taralardi. Tulkining ikki marta boshi aylanib, ko‘zi tingach, spirtli havoni hidlashdan voz kеchdi. Shu- naqa hidni sеzdi dеguncha darhol burun qoqib, sakragancha o‘zini chеtga oladigan bo‘ldi. Uzoq taraddudlanib, xavf-xatardan jon saqlab qancha- lik izlanmasin, baribir, aksiga olganday, izlagan narsasini topolmadi. Shunga qaramay, biror yеgulik umidida tеmir yo‘l bo‘ylab tinimsiz yugurar, ko‘tarmaning goh u yog‘iga, goh bu yog‘iga g‘izillab o‘tardi. Tulki chopib borayotib, kutilmaganda qarshisida noga- honiy bir falokat sodir bo‘lganday, oldingi oyoqlarini ko‘tar- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling