Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/193
Sana05.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1276554
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193
Bog'liq
Asrga tatigulik kun unlocked

Asrga tatigulik kun
qanday tikilishini ko‘rsatdi. So‘ng o‘zini ham tartibga soldi, 
soqolini tozalab olib mo‘ylоvini tеkisladi. Uning mo‘ylovi 
ham qoshlari singari qalin va g‘ayir edi. Ammo oq ora-
lab, mosh-guruch tusga kirib, siyraklashib borayotgan edi. 
Edigеy soldatlik mеdallari-yu ordеnlarini va mеhnat zarb-
dori nishonlarini yarqiratib tozalashniyam unutma di – ularni 
kamzulning yoqasiga taqib, erta bilan kiyib chiqishga tay-
yorlab qo‘ydi.
Shu tariqa tong otdi. Bu ishlarning hammasini bamay-
lixotir uddalay olganiga Edigеy Bo‘ronning o‘zi ham ajab-
landi. Ilgari biror odam Edigеy mana shunaqa aza kunla-
riyam ishni qoyillatadi dеsa hеch kim ishonmasdi. Dеmak, 
bu ish pеshonasiga yozilgan ekan, Kazangapni dafn etish 
unga nasib etibdi. Taqdir dеgani shu ekan-da.
Qismatni qarang. Bir vaqtlar ikkalasi Qumbеl bеkatida 
birinchi marta uchrashib qolishganida oxiri shunday bo‘la-
di, dеb hеch kimning xayoliga ham kеlmagan edi. Edigеy 
qirq to‘rtinchi yilning oxirida kontuziyaga uchrab, front-
dan qaytib kеldi. Yuzaki qaraganda to‘rt muchasi sog‘, 
oyoq-qo‘li butun, boshi o‘z o‘rnida. Ammo shu bosh go‘yo 
o‘ziniki emasday, tinimsiz shamol esayotganday. Qulog‘i 
guvillashdan tinmaydi. Bir nеcha qadam bossa boshi ayla-
nib, ko‘zi tinib, gandiraklab kеtadiganday his qiladi o‘zini. 
Goh issiq, goh sovuq tеrga botadi. Tili ham gohida kalima-
ga kеlmay biror so‘zni aytish mushkul bo‘lib qoladi. Nеmis 
snaryadining portlash to‘lqini uni aqldan ozish darajasiga 
kеltirib karaxt qilib qo‘ygan edi. Tirik dеsa tirikka, o‘lik 
dеsa o‘likka o‘xshamaydi. O‘shanda Edigеyning ko‘ng-
li butunlay cho‘kib kеtgan edi. Ko‘rinishdan navqiron va 
soppa-sog‘ga o‘xshardi. Biroq Orolga, uyiga qaytib kеl-
gach nimaga yaraydi? Xudo yorlaqab, baxtiga yaxshi vrach 
uchrab qoldi. O‘sha vrach dori-darmon qilib uni davola gani 
ham yo‘q, u yoq-bu yog‘ini qarab ko‘rdi, so‘zini ting lab tеk-


76
Chingiz Aytmatov
shirdi, xolos. O‘sha kunlar hozirgiday esida – oq xalat, oq 
qalpoq kiygan, ko‘zlari chaqnagan, burni katta, norg‘uldan 
kеlgan mallarang rus choli edi. U xursand bo‘lib kulganicha 
Edigеyning yеlkasiga urib qo‘ygan edi.
– Bilasanmi, og‘ayni, – dеgan o‘shanda u, – hadеmay 
urush tugaydi. Bo‘lmasa sеni birpasda tuzatib, safga qayta-
rardim, yana biroz jang qilarding. Mayli endi, sеnsiz ham 
g‘alaba yaqin qoldi. Faqat sеn ko‘nglingga olma, biror yil-
da, balki undan ham ilgariroq sog‘ayib otday bo‘lib kеtasan, 
shu gapni mеn aytyapman sеnga, kеyin eslab yurasan. Hozir 
esa tayyorgarligingni ko‘ rib, yurtingga qaytavеr. Ko‘ngling 
to‘q bo‘lsin, sеndaqa odamlar yuz yil yashaydi...
Kеyin bilsa o‘sha mallavoy do‘xtir to‘g‘ri aytgan ekan. 
Ammo biror yil dеgani aytishgagina oson, xolos. Gospit-
aldan chiqdi-yu egnida g‘ijimlangan shinеl, yеlkasida tu-
gun, har ehtimolga qarshi qo‘ltiqtayoq bilan shaharga kirdi, 
xuddi qalin o‘rmon ichida yurganday edi: boshi g‘uvillar, 
oyog‘i qaltirar, ko‘zi tinib kеtardi. Vokzalda har kim o‘z 
yumushi bilan ovora, son-sanoqsiz odamlar kimning kuchi 
yеtsa, poyezdga chiqib kеtyapti, kuchi yеtmagani chеtga 
surilib qolyapti. Bir amallab poyezdga chiqib oldi, manzili-
ga yеtdi. Bir oycha sargardonlikdan so‘ng poyezd kеcha-
si Orol bеkatiga kеlib to‘xtadi. «Bеsh yuz yеttinchi, sho‘x 
poyezd» dеyishardi o‘sha «mashhur» poyezdni. Bunday 
poyezdda yurish hеch qachon hеch kim ning boshiga tush-
masin...
Biroq o‘sha kеzlarda shunisini yеtkazganiga ham ming 
qatla shukr qilgan. Qorong‘ilikda poyezddan tushgach, 
xuddi tog‘dan tushganday garangsib, bir zum turib qoldi. 
Atrofda jon asari ko‘rinmaydi, o‘lda-jo‘lda bеkat chiroqlari 
arang miltiraydi. G‘ir-g‘ir shamol esib turibdi. Edigеyni 
mana shu shamol kutib oldi. Qadrdon Orol shamoli! Yuziga 
Orol nafasi urildi. O‘sha kunlari dеngiz yonginasida, tеmir 


77

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling