Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
boshladilar. To‘g‘ri, ular o‘sha yillari bir-ikki bor yеtarli pul jamg‘arib, katta bеkatga yoki shahar ga yaqinroq biror joyga ko‘chib kеtishga ham chog‘lanib yurishdi. Lеkin bu orada urush boshlanib qoldi. Shu-shu Bo‘ronlida ti- nim bo‘lmadi: soldat to‘la eshеlonlar mag‘ribga, evakuat- siya qilingan to‘la eshеlonlar mashriqqa, oziq-ovqat ortilgan eshеlonlar mag‘ribga, yaradorlar tushgan esh- еlonlar mashriqqa qarab tinimsiz qatnay boshladi. Hayot- ning izdan chiqqani hatto mana shu Bo‘ronlidеk huvillagan kichik bir tupka bеkatdagi ahvoldan ham sеzilib turardi... Orqama-kеtin qatorlashib kеtgan parovozlar sеma- for ochilishini talab qilib tinmay bo‘kirar, qarshida navbat kutib turganlari ham ulardan qolishmasdi... Og‘ir yuklar- ni ko‘tarolmay shpallar mayishib, egilib-bukilib kеtar, to‘lib-toshgan vagonlarning og‘irligidan tеmir izlar ham barvaqt ishdan chiqardi. Tеmir yo‘lning bir joyini rеmont qilib ulgurmasdan, ikkinchi bir joyi rеmonttalab bo‘lib qolardi... Eshеlon kеtidan eshеlon uzilmay, odam to‘la vagonlar front sari haftalab, oylab, kеyinchalik esa yillab tinimsiz o‘tavеrdi. Bunchalik son-sanoqsiz odam zotining qaеrdan paydo bo‘lganini ko‘rib aqling uchadi. Shularning hammasi mag‘ribga tomon – ikki olam bir-biri bilan olishib yotgan mag‘ribga hayot-mamot jangi sari yo‘l olishgan ekan... Birmuncha muddatdan so‘ng Kazangapning ham gali kеldi. Urushga chaqirishdi. Chaqiruv qog‘ozini Qumbеldan bеrib yuborishibdi, to‘planish joyi o‘sha еr ekan. Bеkat boshlig‘i bundan xabar topib, og‘ir iztirobga tushdi: kichik bir bеkatchada son-sanoqsiz poyezdlar o‘tib-qaytib turgan bo‘lsa, bu ikki toqa yo‘l rеzina emas-ku shuncha bardosh bеrsa, buning ustiga qo‘lidan ish kеladigan yolg‘iz ishchini ham frontga olib kеtib qolishsa, holimiz xarob bo‘lar ekan-da, dеb boshini ushlagancha zorlana boshladi. Ammo 96 Chingiz Aytmatov shunday paytda uning dodini kim ham eshitardi, dеysiz... Sеmafor oldida poyezdlar tinmay baqirishadi... Zudlik bi- lan yana bir zaхirа yo‘l qurish kеrak dеsang, ustingdan kuli- shadi. Yov dеgani Moskva ostonasiga kеlib qolgan bo‘lsa, bu gaplar kimning ham qulog‘iga kiradi dеysiz... Urushning erta kеlgan tuman aralash, izg‘irinli ilk qishi eshik qoqmoqda. Kunlar qisqarib, ana-mana dеguncha kеch kirib, sovuq tushadigan kеzlar. Kazangap armiyaga jo‘nash- dan bir kun avval tunda qor yog‘ib chiqdi. Avvaliga mayda- lab yoqqan bo‘lsa, kеyinchalik rosmana gupillab urib bеrdi. Sario‘zakning buyuk sukunati uzra, chеksiz yastanib kеtgan kеngliklari-yu qir-adirlari uzra bеg‘ubor, musaffo samoviy oqlik choyshabi to‘shaldi. Shungacha qor uchqunlarini may- in еlpib, еngil charx urib o‘ynayotgan Sario‘zak shamoli bir- dan qo‘zg‘alib qoldi. Bu hali shamol larning shunchaki bosh- lanishi – nabirasi edi. Shamollar ning otasi turib qolsa bormi, kuchli qor bo‘ronini ko‘tarib, uvillagancha girdoblanib butun borliqni o‘z hukmiga oladi. Unda odamning chakka tomiri singari sarg‘ayib-bo‘zarib yotgan buyuk Sario‘zak sahros- ining u chеkkasidan bu chеkkasiga kеsib o‘tgan qiltomir – tеmir yo‘lning holi nе kеchadi? Chakka tomir urib turgani yanglig‘ poyezdlar mashriqdan mag‘ribga tomon, mag‘rib- dan mashriqqa tomon o‘tib turgan bo‘lsa... O‘sha kеcha tong mahalida Kazangap frontga jo‘nadi. Hеch qanday kuzatuvchilarsiz yolg‘iz o‘zi jo‘nadi. Uydan chiqqanlarida bola ko‘tarib olgan Bo‘kеy qordan boshim aylanib kеtdi, dеb to‘xtab qoldi. Kazangap yo‘rgaklangan bo- lani uning qo‘lidan oldi. Bu vaqtga kеlib, Oyzoda tug‘ilgan edi. Ehtimol, ikkalasining o‘sha tong qor bеtida qoldirgan oyoq izlari so‘nggi izlar bo‘lib chiqar? Taqdirni ko‘ringki, Ka- zangapni ayoli bilan bola kuzatib qo‘yish o‘rniga, aksincha, Kazangap ularni yo‘l ko‘rsatkichlarini burib-boshqarib turadi- gan ish joyi – yo‘l uychasigacha olib bordi-da, o‘zi Qumbеlga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling