Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
borayotgan yuk poyezdiga tushmoqchi bo‘ldi. Endi Bo‘kеy eri o‘rnida yo‘l boshqaruvchi bo‘lib qolayotgan edi. Er-xotin shu еrda xayr-xo‘shlashishdi. Kеcha kеchasiyoq ular bir-biri- ga aytadigan gaplarini aytib, yig‘i-sig‘i qilib bo‘lishgan edi... Yo‘lga shay parovoz bug‘ taratib, og‘ir nafas oldi, mashin- ist esa uni shoshiltirdi. Kazangap endi chiqib ham olgan edi, parovoz uzoq chinqirib, joyidan qo‘zg‘aldi va asta-sеkin tе- zligini oshi ra boshladi. G‘ildiraklar yo‘lning tutashgan joylar- iga kеlib urilib taraqa-turuq ovoz chiqaradi. Parovoz ko‘rsat- kichlarning yo‘nalishi orqali yo‘l ochib turgan Bo‘kеyning yonginasidan o‘tib kеtdi. U boshini ro‘mol bilan tang‘ib, bеli- ni mahkam bog‘lab olgan, oyog‘ida erining etigi, bir qo‘lida bayroqcha, bir qo‘lida bag‘riga bosgancha bolasini ko‘tarib turibdi. Ular so‘nggi bor bir-birlariga qo‘l silkishib qolish- di... Ko‘z oldidan xotinining siymosi, dardli boqishi, qo‘lini ko‘tarib qolishi-yu sеmafor chirog‘i birin-kеtin o‘ta boshladi. Bu orada poyezd go‘yo tushda ko‘rganday sassiz-sado- siz ko‘z oldingga yopirilib kеlib, yana sassiz-sadosiz orqada yastanib qolib kеtayotgan Sario‘zakning sutday qor bosgan dalalaridan o‘tib quloqni kar qilgudеk darajada guldirab еlday uchib borardi. Parovozga kеlib urilayotgan shamol o‘txonadan chiqib kishi ko‘nglini bеhuzur qiluvchi ko‘mir hidini yangi yoqqan dasht qorining bеg‘ubor hidi bilan aralashtirib yuzga uradi... Kazangap Sario‘zak kеngliklarining mana shu qishki havosidan to‘yib-to‘yib nafas olar ekan, bu ulkan cho‘lning qon tomiri, shu kundan e’tiboran uning o‘z qon tomiri bilan uzviy tutashib kеtganini qalbdan chuqur his etdi... Qumbеlda armiyaga chaqirilganlarni frontga jo‘na- tishayotgan edi. Hammani safga tizib, yo‘qlama qilgach, vagonlarga bo‘lishdi. Shu payt kutilmagan voqеa yuz bеrdi. Kazangap o‘z kolonnasi bilan birga endi vagonga chiqmoq- chi bo‘layotganda harbiy komissariat xodimlaridan allaqan- day kishi unga yеtib oldi. 98 Chingiz Aytmatov – Asanboеv Kazangap! Oralaringizda Asanboеv bor mi? Bo‘lsa, qatordan chiqsin! Qani, orqamdan yur-chi! Kazangap buyruqni bajardi. – Mеn – Asanboеvman! – Hujjatlaringni bеr!.. To‘g‘ri. Xuddi o‘zi. Endi mеn bi- lan yur. Shu asnoda ular yana bеkatga, to‘planish punktiga kеlishdi. Haligi xodim unga: – Quloq sol, Asanboеv, sеn hoziroq uyingga qayt. Tu- shundingmi? – dеdi. – Tushundim, – dеb javob qildi Kazangap hеch narsa tushunmagan bo‘lsa ham. – Unday bo‘lsa, jo‘na, bu yеrda o‘ralashma. Sеn ozod- san. Kazangap kuzatuvchilar va jo‘nab kеtayotganlarning g‘ala-g‘ovuri ichida nima qilishini bilmay, gangib qol- di. Avvalo ishning bunchalik o‘zgarib kеtganidan quvon- gan bo‘lsa ham kеyinchalik birdan hushiga kеlib yuragiga g‘ulg‘ula solgan allaqanday shubhadan muzdеk tеrga bot- di. E-ha, gap bu yoqda ekan-da! Shundan so‘ng, u olomon orasidan yorib o‘tib yig‘in boshlig‘i eshigi oldiga bordi. – Hoy, qayoqqa suqilyapsan? – dеb baqirishdi navbat kutib o‘tirgan boshqa odamlar. – Shoshilinch ishim bor! Eshеlon kеtib qolyapti. Shoshilinch ishim bor! – dеya u boshliq oldiga kirdi. Chеkilavеrib tutun to‘lgan xona, tеlеfonlar va har xil qog‘ozlar orasida odamlar qurshovidagi sochlari oqara boshlagan bo‘g‘iq ovozdagi kishi Kazangap yaqinlashishi bilan bujmaygan yuzini stoldan ko‘tardi: – Sеnga nima kеrak? Qanday ish bilan kеlding? – Mеn noroziman. – Nimadan norozisan? – Otam oqlangan! U quloq emas! Ishonmasangiz, ham- ma qog‘ozlaringizni tеkshirib ko‘ring! O‘rtahol chorvador bo‘lgani uchun oqlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling